1-Mavzu: Mantiq fanining predmeti va vazifalari. Mavzuning tayanch tushunchalari



Download 21,21 Kb.
bet1/4
Sana30.07.2021
Hajmi21,21 Kb.
#132916
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu maruza matni

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sezgi

1-Mavzu: Mantiq fanining predmeti va vazifalari.


Mavzuning tayanch tushunchalari

Mantiq, hissiy bilish, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, to’g’ri tafakkur, chin fikr, formal mantiq, dialetik mantiq, matematik mantiq.


1-savolni bayoni. “Mantiq” arabcha so’z bo’lib, ma’nosi bo’yicha «Logika» so’ziga mos keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so’zidan kelib chiqib «fikr», «so’z», «ta’limot» kabi ma’nolarga ega.

Uning ko’p ma’noligi turli xil narsalarni ifodalashda o’z aksini topadi. Xususan mantiq so’zi, birinchidan ob’yektiv olam qonuniyatlarini (masalan: «ob’yektiv mantiq», «narsalar mantig’i») ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo’lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o’rtasidagi aloqadorlikni harakterlaydigan qonun-qoidalar yig’indisini (masalan: «sub’yektiv mantiq») uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.

Mantiq ilmining o’rganish ob’yekti tafakkur hisoblanib (arabcha so’zdan olingan bo’lib, fikrlashning «aqliy bilish» so’zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi). Tafakkur bilishning uyqori bosqichi bo’lib, uning mohiyatini tushinish uchun bilishning boshqa shakllari bilan bolgan munosabatini aniqlab olish zarur.

Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’yektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog’liq bo’lgan narsalarni tushuntirib yetishga bo’ysindirilgan bo’ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o’z oldilariga ma’lum bir maqsadni qo’yadilar. Ular o’rganilishi lozim bo’lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo’nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.

Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini xissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonidan bevosita namoyon bo’ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar oladi.

Xissiy bilish 3 ta shaklda sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan; rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir.



Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi bo’lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo’ladi. Alohida olingan sezgilardan farqli o’laroq, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masalan, olmani,nokdan va b.) farq qilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok qilingan predmetning obrazini ma’lum bir signallar ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat xissiy bilish shaklidir. (masalan, tanishingizga o’xshagan kishini ko’rsangiz, tanishingizni eslaysiz, yoki qurmoqchi bo’lgan binongizni mavjud binolar obrazlari yordamida yaqqol his etasiz).

Xissiy bilishning barcha shakllariga xos bo’lgan xususiyatlar qatoriga quyidagilar kiradi.

Birinchidan; xissiy bilish ob’yektning sub’yektga bevosita ta’sir etishini ta’qozo etadi. Tasavvur ham bundan mustasno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan predmet emas (yoki yaratilayotgan) u bilan bog’liq bo’lgan boshqa predmet-signal ta’sir etadi.

Ikkinchidan; xissiy bilish shakllari predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.

Uchinchidan; xissiy obraz predmetni yaqqol obrazidan iborat.

To’rtinchidan; xissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham, har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog’liq tarzda o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi.

Beshinchidan; xissiy bilish, bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bo’la olmaydi.CHunki inson tashqi olam bilan o’zining sezgi organlari orqali bog’langan. Bilishning keyingi bosqichi boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi.

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, xissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog’liq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo’li bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning ob’yektini qayd etish orqali asoslanadi. O’z navbatida xissiy bilish aql orqali boshqarilib turiladi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo’naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. (masalan, guvohlarning bergan ko’rsatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi). SHu o’rinda xissiy bilish bilan aql o’rtasidagi munosabatni quyidagicha izohlash mumkin.

Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori ratsional (lotincha - ratio-aql) bilish bosqichi bo’lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog’lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega.

Birinchidan; unda voqelik abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Xissiy bilishdan farqli o’laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan abstraklashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy muhim takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi.

Ikkinchidan; tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojat etmasdan mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisasalar o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning hulq-atvoriga qarab, uning qanday muhitda tarbiya olayotganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati xulosaviy fikr yuritishda aniq namoyon bo’ladi.

Uchinchidan; Tafakkur insoning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo’lmagan narsalar yuqori darajada ideallashgan ob’yektlarni (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi) larni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o’rganish, hodisalarni oldindan ko’rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.

To’rtinchidan; Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to’lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, xis etadigan shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo’lish shaklidir.


Download 21,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish