1-modul. Boshqaruv psixologiyasining ilmiy nazariy asoslari. 1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Download 0,68 Mb.
bet1/21
Sana15.07.2021
Hajmi0,68 Mb.
#119447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-MAVZU. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI


1-MODUL. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.
1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Reja:

1.Boshqaruv psixologiyasi - asli "insoniy munosabatlar" oynasi ekanligi.

2.Boshqaruvda G‘arb va Sharq nuqtai nazaridagi yondashuvlar.

3.Xozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati.

4.Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari.

5.Boshqaruv vazifalarining turkumlari.
1.Boshqaruv psixologiyasi - asli "insoniy munosabatlar" oynasi ekanligi.

Tayanch so’z va iboralar: Boshqaruv psixologiyasi, boshqaruv muammolari, xulq, axloq, moyillik, psixodiagnostik uslublar, konkret metodikalar, rahbar, motivlashtirish, boshqarish funksiyalari, boshqarish usullari, boshqarish strukturasi, superliderlik.

Ko’rib o’tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub’yekti va ob’yekti o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o’zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.

Boshqaruv psixologiyasi - boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko`ra u boshliq darajasiga ko`tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik tapsir ko`rsatish maqsadida u qanday tapsir uslublarini qo`llayapti kabi qator masalalarga qaratadi.

Fanni maqsadi –talabalarga boshqaruv muammosining ijtimoiy-psixologik muammolari, boshqaruvning shaxsga oid turli o‘ziga xos xususiyatlari, boshqaruvga doir mavzulari va munosabatlarining ob’ektiv va sub’ektiv sifatida o‘ziga xos qonuniyatlariga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.

Fanning vazifalari–boshqaruv psixologiysining kelib chiqishi va zarurligi, boshqaruv psixologiysining uslublari, boshqaruv funksiyalarining turkumlari, boshqaruvda ob’ekt bilan sub’ekt munosabatlari,boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari qonunlari,bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni o`rgatishdan iborat.

Jahon psixologiyasi fanida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni boshqarish jarayonida “inson-texnika” tizimidan tashqari “inson- inson” (“inson-tabiat”, “inson-obraz” singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb etishi, uning tahlili ko‘p jihatdan sotsial psixologiyaning empirik ma’lumotlariga asoslanishi muayyan darajada yoritilgan. Amaliy, tatbiqiy xususiyatli ma’lumotlar menejer shaxsiyatining gultojisidir.

Ishlab chiqarish jamoalari va moddiy mahsulot yaratmaydigan muassasalarning hodimlarini sotsial psixologik jihatdan idora qilishning jabhalarini tadqiqot qilishda mazkur fanning metodologiyasi va xalq xo‘jaligini boshqarishning umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda faoliyatni uyushtirish, omilkorona yo‘lga qo‘yish yuksak samaralar beradi. Psixologiya faniga “boshqaruv” “boshqaruv” tushunchasi davlat, jamiyat, jamoat, ishlab chiqarish va texnikani boshqarish tizimidan, ya’ni kibernetikadan kirib kelgan bo‘lib u hozirgi davrda insonning xulqi, xususiyatlari, ruhiy holatlari bilishning jarayonlari, ommaviy, jamoaviy va ruhiy harakatlarni boshqarish ma’nosini bildiradi. U hozirgi davrga kelib: “inson-inson”, “inson-jamoa”, “jamoa-inson”, “jamoa-jamoa” munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirishni taqozo qiluvchi istiqbolli, mustaqil, maxsus sohalarga o‘z predmeti ko‘lamini yanada kengaytiradi. Natijada boshqaruv yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari, ijtimoiy manbalari. shaxslararo munosabat uslublari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, menejer va tobe kishilar yoki hodimlar o‘zaro muomalasining maromi, tekshirishning o‘ziga xosligi, uslubiyatning takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqilona echimini topish, mazkur jarayonda iliq, psixologik muhitning roli, uning ob’ektiv va sub’ektiv ahamiyati, mahsulot samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va nazariy- metodologik materiallar to‘plashning qulay shart-sharoiti yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, boshqaruv psixologiyasi xo‘jalikni yoki muassasani boshqaruvning ijtimoiy-tarixiy prinsip (tamoyil) lariga va qonun (qonuniyat) lariga bevosita asoslanadi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


  1. Demokratik detsentralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi);

  2. Boshqaruvda yakkaboshchilik;

  3. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy rahbarlikda (ma’muriyatda) xo‘jalik yuritishning birligi;

  4. Xo‘jalik hisobining oqilligi;

  5. Boshqaruvning rejaliligi;

  6. Ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi;

  7. Hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish;

  8. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonida psixodiagnostika tizimiga asoslanish.

Boshqaruv psixologiyasining predmeti ta’rifi bo‘yicha bir qancha shakldagi mulohazalar mavjud bo‘lsada, lekin ularning birontasi ham uning tub ma’nodagi xususiyati va mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas.

Bu asnoda XX asrning 60-70 yillarida berilgan ta’riflar xilma-xil bo‘lib, ular sohaning yo‘nalishi mazmunini chuqurroq yoritilishiga qaratilgandir. Ushbu fikrimixni dalillash maqsadida ayrim ma’lumotlarga murojaat qilamiz va ularni tahlil etishga (sharhlashga) intilamiz.

Jumladan, birinchi ta’rif: “Boshqaruv psixologiyasining predmeti - rahbar (menejer) kadrlar va ijrochilarning psixologik xususiyatlari, yaxlit tizimdagi hamkorlik faoliyatida ularning o‘zaro aloqasini o‘rganishdir”. Uning navbatdagi (ikkinchi ta’rif): “Boshqaruv psixologiyasining predmeti - guruh va ommaning psixologik xususiyatlari, ularning shaxs ongiga va xulqiga ta’sirini tekshirishdan iboratdir”.

Keltirilgan parchalardan ko‘rinib turibdiki, ularning hech biri boshqaruvning psixologik mohiyati va uning tadqiqot ko‘lamini ochish, talqin qilish qudratiga ega emas, huddi shu boisdan bunday ijtimoiy psixologik holat o‘z navbatida ilmiy izlanish va tekshirish ko‘lamini keskin toraytirishga olib keladi, oqibat natijada sohaning mavqei, uning xalq xo‘jaligidagi roli yanada pasayadi.

Hamkorlik faoliyatining mazmuni, uning bosqichlari (fazalari, shakllari), shaxslararo munosabatlarning o‘zaro ta’sir xususiyatlari, insonda ijtimoiylashuvning tezlashuvi, ongning rivojlanish bosqichlari, “inson-texnika” tizimi bilan bog‘liq, bir talay muammolar tadqiqot predmetidan chetda qolib ketish xavfi tug‘iladi.

Yuqoridagi fikrlarni to‘laroq xaspo‘shlash, izohli talqin qilish maqsadida ayrim ma’lumotlardan namunalar keltiramiz va ularni tahlil qilishga intilamiz:



  • o‘zaro hamkorlik faoliyatida shaxsiyatga oidlilik muammosi;

  • shaxs va guruhning (rahbar va tobe kishilarning) motivatsion, emotsional jabhasi;

  • shaxs va jamoaning bilishga oid (kognitiv) munosabatlari;

  • shaxs va jamoaning nazorat qilish (regulyativ) jabhasi va uning o‘ziga xosligi;

  • menejer faoliyatining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari;

  • menejerning tarbiya sub’ekti, ya’ni sub’ektiv ta’sir o‘tkazish omili ekanligi;

  • menejerning siyosiy faoliyatning egasi ekanligi;

  • menejerning statusi, roli huquqi, uning funksiyasi, imtiyozi, ta’sir etuvchi vositalari;

  • menejerning boshqaruv uslubi va ularning turlari bo‘yicha tasnifi;

  • hamkorlik faoliyatida kommunikatsiya, uning turlari va shakllari;

  • rahbar ehtiyojini qoniqish darajalari va mezonlari;

  • shaxslararo munosabat turlari va ularning psixologik tavsifi;

  • jamoatchilik fikri va jamoaviy kechinmalarning o‘zaro munosabati;

  • o‘zaro munosabatlar ierarxiyasi (“men”, “sen”, “u”, “biz”, “siz”, “ular”);

  • o‘zini-o‘zi hurmat qilish - mavaffaqiyat - talabgarlik;

  • psixologik muhit, o‘zaro moslik-jipslik;

  • boshqaruv faoliyatining funksional tahlili;

  • boshqaruv faoliyatining tuzilishi va tarkibining o‘zaro munosabati, uyg‘unligi;

  • boshqaruv faoliyatining muhandislik va psixologik jabhalari;

  • menejer psixikasiga va shaxsiga lavozim taqozo etuvchi talablar;

  • ijrochilarning psixologik xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar;

  • rasmiy muloqotning psixologik muammolari;

  • “rahbar-ijrochilar” muloqotining (muomalasining) psixologik jabhalari;

  • sotsial-psixologik holatlarni boshqarishning vositalari va metodlari;

  • nizoli (ziddiyatli) vaziyatlar, ularning oldini olish va bartaraf g‘ilish usullari;

  • nizo - nizoli vaziyat - bmojaro o‘rtasidagi uzviy ijtimoiy-psixologik bog‘liqlik.

Yuqorida keltirib o‘tilgan muammolarga asoslangan holda boshqaruv psixologiyasining predmetini aniqlash mumkin.

Bizningcha, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiq: “Hamkorlik favoliyatida shaxsning xulqiga va ongiga guruhiy (ommaviy) ta’sir o‘tkazishning psixologik xususiyatlarini, menejer bilan ijrochi o‘rtasidagi muomala maromini tekshirish, shaxslararo munosabatlar bosqichlari (shakllari) hamda emotsional holatlarini tadqiq etish, rahbarning psixologik muhitini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyat uslubi va uning mexanizmlarini tadqiq qilish boshqaruv psixologiyasining predmetidir”.

Bundan tashqari mazkur psixologiya sohasining predmeti tarkibiga amaliy va nazariy ko‘nikmalarni egallash xususiyatlari, idora qilishning qonuniyatlari, jamoadagi psixologik moslik, jipslikni ta’minlovchi omillar va mexanizmlarni o‘rganish singari bir qator muammolarni kiritsa bo‘ladi. Shu boisdan boshqaruv psixologiyasi predmetini cheklash, uning birlamchi va ikkilamchi atamalari asosiy va yordamchi, bevosita va bilvosita yo‘llari hamda vositalari yuzasidan mulohaza yuritish rejalashtirilgan g‘oya yoki maqsadni amalga oshirish jarayonga sun’iy to‘siq vujudga keltiradi.

Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv psixologiysi fanida subordinasiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda to’tadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni ham o’rganadi.

Tizimning bunday qismlari o’rtasidagi munosabatlarni o’zaro muvofiqlashtirish, ular o’rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo’ladi.

Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinasiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug’diradi. Demak, vertikal aloqalar o’zaro itoatdagi xodimlar o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo’lsa, gorizontal aloqalar o’zaro koordinasiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil qismlari o’rtasidagi munosabatlarni nazarda to’tadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o’zining rasmiy va norasmiy ko’rinishiga ham ega.

Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o’rtasidagi ixtiyoriylik va o’zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta’kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.

Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv metodlarini shakllantirish bo’lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir Tashkilot personaliga ta’sir etish uslublarini uch guruhga bo’lamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shakllarda ta’sir etish. Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon bo’ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.

Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg’otish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv ob’yektiga ta’sir etish uslublariga ko’ra, uning bevosita va bavosita ta’sir shakllari ajratiladi.

Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv sub’yekti va ob’yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko’z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub’yekti sifatida rahbarni, ob’yekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.

Biroq, rahbar o’z faoliyatini tashkil etishi va o’z-o’zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub’yekti, balki ob’yekt sifatida ham tushunish zaruratini qo’yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o’z-o’zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish