1. Oddiy va murakkab foizlar haqida. Oddiy foizlarni hisoblash



Download 71,09 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2022
Hajmi71,09 Kb.
#559642
  1   2   3
Bog'liq
Oddiy foiz stavkalari


Reja:
1.Oddiy va murakkab foizlar haqida.
2.Oddiy foizlarni hisoblash.
3.Murakkab foizlarni hisoblash.

Korxonalar xo’jalik faoliyati jarayonida yuz beradigan moliyaviy muomalalar rang-barang bo’lib, ularda pul mablag’larini vaqtdagi qiymatini hisobga olishni taqozo qiladigan katta qismini qarz olish yoki qarz berish muomalalar tashkil qiladi. Garchand bu operatsiyalar asosida, bir qarashda juda oddiy hisoblangan foizlarni hisoblash tursada, bu hisoblar moliyaviy shartnoma-kontraktlar shartlaridan kelib chiqib foizlarni hisoblash tezligi va usuliga qarab hamda qarzlarni berish va qoplash variantlariga qarab turlicha bo’lishi mumkin.

Moliyaviy muomalalarda foiz deganda – moliyaviy resurslarda foydalanish qiymati bo’lib, u investitsiyalar bo’yicha daromad yoki olingan kredit - qarz uchun to’lovdir. Foizlar ular hisoblanayotgan asosiy summani o’zgarishi yoki o’zgarmas-ligi nuktai nazardan ikki turga oddiy yoki murakkab foizlarga ajratilishi mumkin.

Oddiy foiz deganda - doimiy (o’zgarmas) asosiy summaga ko’paytiriladigan foiz stavkasi tushuniladi.

Murakkab foizlar - o’zgaruvchan asosiy summaga ko’paytiriladigan foiz stavkasi tushuniladi.

Ko’rinib turibdiki, oddiy va murakkab foizlar orasidagi farq ularni hisoblash uchun olingan asosiy summani o’zgarishi yoki o’zgarmas bo’lishi ekan. Aso-siy summa deganda nima tushuniladi? Asosiy summa deganda qarzga yoki foyda-lanishga olingan yoki investitsiya qilingan va foiz hisoblanishi zarur bo’lgan summa tushuniladi.

Gap moliyaviy muomalalarda keng tarkalgan asosiy tushunchalar ustida ketar ekan o’rni kelganda, ana shu moliyaviy muomalalarning mantiqi va u bilan bog’liq yana ayrim tushunchalarga ham to’xtalib o’tsak.

Biz yuqorida moliyaviy resurslarni, xususan pul mablag’larini vaqtdagi qiymati haqida gapirgan vaqtimizda, ularni hozirgi vaqt nuqtai nazaridan turib kelgusi qiymatini yoki kelgusi davr nuqtai nazaridan turib pulning hozirgi kungi – joriy qiymatini hisoblash zarurati mavjudligi haqida to’xtalib o’tgan-dik. Moliyaviy operatsiyalar mantiqi ana shu nuqtai nazaridan quyidagi chizma ta-riqasida aks ettirilishi mumkin (10.1-chizma).



10.1-chizma. Moliyaviy muomalalar mantig’i


Moliyaviy muomalalar mantiqi keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki har qanday oddiy moliyaviy kelishuvda uchta qiymat ishtirok etib, ulardan ikki-tasi ma’lum, uchinchisini hisoblab topish zarur.

Agar moliyaviy hisoblarda boshlang’ich summa va foiz stavkasi berilgan bo’lsa-yu, pul mablag’larini kelgusi qiymatini hisoblab topish zarur bo’lsa bunday muomalalar pul mablag’larini o’stirilishi deb aytiladi.

Agar, moliyaviy hisoblarda kelgusida tushishi kutilayotgan (qaytari-ladigan) summa va diskontlash koeffitsenti berilgan bo’lsa-yu, pul mablag’larini o’tkazilgan (joriy) qiymatini hisoblab topish zarur bo’lsa, bunday muomalalar pul mablag’larini diskontlashtirilishi deb aytiladi.

Endi yuqorida berilgan tushunchalar mohiyatini yanada yaxshiroq tushunib olish uchun oddiy misollar yordamida oddiy va murakkab foizlarni hisoblash yo’li bilan pul mablag’larini o’stirilishi jarayonlarini batafsilroq ko’rib chiqamiz.


Download 71,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish