1. Tog’ay Murodning ijodiy faoliyati va adabiy merosi



Download 22,29 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi22,29 Kb.
#86857
Bog'liq
Insho surxon adiblari


Bandixon tumani 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi 8-“b” sinf o`quvchisi Umbarova Muxayyoning “Surxon adiblari bizning faxrimiz mavzusida” yozgan.

Insho. “Surxon adiblari ­­­­– bizning faxrimiz”

Reja:

1.Tog’ay Murodning ijodiy faoliyati va adabiy merosi.

2. Tog’ay Murodning ‘’ Yulduzlar mangu yonadi ‘’ qissasi haqida .

3 .Shukur Xolmirzayevning adabiy merosi.

4.Shukur Xolmirzayevning “ Qora kamar “ dramasi haqida

5. Xulosa .

O’zbek milliy adabiyotining noyob vakili, novator ( yangilik kashf etuvchi, yangi yo’l ochuvchi) yozuvchilardan biri bo’lgan Tog’ay Murod ( Mengnorov) 1948 - yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xo’jasoat qishlog’ida tug’ilgan. Adib 1966- yilda 13-o’rta maktabni tugatib, ToshDUning jurnalistika fakultetiga o’qishga kirgan. 1972-yilda Tog’ay Murod o’qishni tomomlab, 1972 -1976 –yillar davomida respublika radiosining “ Vatandoshlar” ( xorijiy ellarga mo’ljallangan ) taxririyatida ishlagan. U 1973- 1974- yillarda armiya safida xizmat qiladi. 1976- yilda boshlab “O’zbekiston fizkulturachisi” gazetasida, 1982-1985- yillar oralig’ida “ Fan va turmush “ jurnalida xizmat qilgan. Yozuvchi ayni ijodiy kuchga to’lgan paytda- 55 yoshida vafot etgan. Tog’ay Murod “ O’zbekiston xalq yozuvchisi “ unvoni va “ Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tog’ay Murod o’z ijodini “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi bilan boshlagan bo’lib, uning birinchi romani “Otamdan qolgan dalalar” (1993, bu asardagi Aqrab (Chayon) XX asrning 20- yillarida milliy istiqlol yo’lida shahid bo’lgan bobolarimiz timsolidir) asaridir. Bu asar haqida muallif: “ Men o’zbek xalqiga haykal qo’yaman! “-degan. Asar ramziy bo’lib, unda butun umr ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o’zbek xalq simosi Dehqonqul obrazi timsolida tasvir etiladi.

“Yuiduzlar mangu” qissasi 1976- yilda yozilgan. Asarda kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomula- munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olingan. “ Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilikning farqiga bormaydi. Farzandlar o’zlari minayotgan mashinaga o’xshaydi! Odam kim, mashina kim, bilib bilmay qolayapti” kabi tashvishli mulohazalar ham shu asarda uchraydi. Bu asarning asosiy qahramonlari quydagilar: Bo’ri polvon ( “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf- odati bilan xalq! Ko’ urf- odatlarimizni birovlar…..birovlar o’ziniki qilib oldi. Biz qo’limizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday keta bersak,hademay… o’zimizni-da boy berib qo’yamiz”, degan gaplarni u aytgan), Nasim polvon, Sadir polvon, Ro’zi polvon, Maksim polvon, Amir polvon, Normurod polvon, Tilovberdi polvon, Ismoil polvon, Abray polvon (Nasim polvonning o’g’li), Momoqiz va boshqalardir.

Zamonaviy o’zbek nasrining zabardzs vakillaridan biri Shukur Fayzullo o’g’li Xolmirzayev 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga kelgan. Otasi asli Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidan bo’lsa ham, 1937-1938-yillarda Boysunga ketishga majbur bo’ladi. Shukur Xolmurzayev Boysundagi o’rta maktabni tugatib, 1957-1962-yillarda ToshDUning filologiya fakultetida o’qiydi. Shudan so’ng u Toshkentdagi bir qator nashtiyot, gazeta va jurnallarda mehnat qiladi.

Shukur Xolmirzayev buyuk aktyor Shukur Burxonov rahbarligida tashkil etilgan to’garakda Gamlet rolini o’nagan, Ofeliya rolini o’ynagan Saida ismli qizga uylangan. Adib Shukur Burxonov haqida essi, Matyoqub Qo’shjonov haqida “ U ustoz – men shgirt “ nomli hujjatli qissa yozgan. Shukur Xolmirzayev yozuvchilar uyushmasining “Oybek” mukofoti, O’zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, 1991-yilda “ O’zbekiston xalq yozuvchisi “ unvoniga sazovor bo’lgan. Adibning birinchi qissasi “Oq otli” (1962), birinchi hikoyasi “Xatarli so’qmoda” deb nomlanadi.

“Qora kamar” dramasi 1987-yilda yozilgan bo’lib, muallif bu asar uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Asarda “bosmachi” deb atalgan, aslida vatanparvar va millatparvar, fidoyi Xurrambekning kimligi , uning o’zini- o’zi ochib berish usulida ko’rsatilgan. Xurrambek Abduiia Nabiyevga qarata shunday deydi: “….Bosqinchi hech qachon bosib olgan fuqarosi boshini silamaydi! Silasa, aldash uchun silaydi. Lekin yomon aldangansan, jigar”. Drama oxirida muallif qahramonni o’ldirmaydi, “qizillar”ga taslim qilmaydi, o’zga yurtlarga ham badarg’a qilmaydi. Uni o’z azoblari quyunida tanho qoldiradi. Bu qahramon g’oyalarining o’lmasligiga ishoradir. Asarda yolg’on e’tiqod insonlarni qay ko’ylarga solishi va e’tiqotsizlik millatni qanchalar tubanlashtirishi mumkinligi yorqin obrazlar vositasida aks ettirilgan.

“Qora kamar” asarining asosiy qahramonlari quydagilar: Xurrambek, Abdulla Nabiyev, Xo’ja Eshon, Salom qo’rboshi, Oston, Cho’loq oshpaz, Umid, Kenja va boshqalardir.



Xulosa qilib shuni aytish kerak, bu adiblarning adabiy merosida hayotiy voqealar aks etgan. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida Surxondaryo kurashlar o’lkasi ekanligi, polvonlar zot uchun emas, or uchun kurashganligi aks ettirilgan.


Download 22,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish