1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana27.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#904070
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
sertifikat amaliy UMK




1,2,3-amaliy mashg’ulotlar
Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik 
ko’rsatkichlarini aniqlash
1. Go‘sht konservalarining sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy
 
ko‘rsatkichlari asosida baholash
Go‘sht konservalari yuqori haroratda issiqlik ishlovi berib, tunuka yoki
shisha bankalarga joylab, germetik bekitib, sterilizatsiya qilingan mahsulotdir.
Go‘sht konservalarining ozuqaviy qiymati va energiya berish qobiliyati
go‘shtlardan ham yuqoridir, chnki konserva mahsulotlarini tayyorlashda go‘shtdan
iste’mol qilinmaydigan qismlar ajratib tashlanadi va unga qo‘shimcha ta’m
beruvchi moddalar qo‘shiladi.
Go‘sht konservalarining sifati bankalarning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish
va bankadagi mahsulotning organoleptik, kimyoviy va bakteriologik
ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholanadi. Tashqi ko‘rinishini aniqlaganda
avvalom bor germetik bekitilgan yoki bekitilmaganligi, bombaj bor yoki yo‘qligi,
bankaning deformatsiya uchraganligi, choklarida nuqsonlarning mavjudligi yoki
mavjud emasligi, zanglaganlik belgilari kabi ko‘ratkichlariga e’tibor beriladi.
Konserva sifatini baholaganda hir bir partiyadan o‘rtacha namunalar olinadi.
Bir xil partiya deganda bir zavodda, bir kunda va vaqtda bir hil nomdagi va
navdagi ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlari tushuniladi. Agar mahsulot
sig‘imi 1 litrgacha bo‘lgan bankalarga qadoqlangan bo‘lsa, unda har yashikdan
jami 10 ta banka olinib, shu bankalardan kichik namunalar olinadi.
Namunani laboratoriya tekshiruviga jo‘natishda dalolatnoma tuziladi va
albatta konservaning etiketka qog‘ozi bo‘lishi kerak. Unda korxonaning nomi,
mahsulotning nomi, navi va ishlab chiqarilgan vaqti, namuna olingan mahsuloti
partiyasi hajmi, namuna olingan vaqti, namuna olgan kishining ismi-sharifi,
mansabi, konservaning qaysi ko‘rsatkichlari aniqlanishi kerakligi, konserva sifati
bo‘yicha javob berishi kerak bo‘lgan me’yoriy-texnik hujjatning nomeri va
transport hujjati nomeri kabi axborotlar keltirilishi kerak.
Bombaj belgilari bor germetik bo‘lmagan, bankadan mahsulot sizib
chiqqanlik belgilari mavjud, juda zanglab ketgan konserva mahsulotlarni sotuvga
ruxsat etilmaydi.
Konserva bankalarining germetik bekitilganligini tekshirishning eng oddiy
usuli bankalarni 90-95
0
C gacha qaynoq suvga 5-7 daqiqa solib qo‘yib kuzatish
hisoblanadi. Bankalardan yoki uning choklaridan havo pufakchalarining ajralib
chiqa boshlashi konserva bankasining germetik emasligidan dalolat beradi. 


Agar havo pufakchalarining ajralib chiqishi kuzatilmasa, unda konserva 
bankalari germetik bekitilgan deb topiladi.
Go‘sht konservalaridan faqatgina dimlangan mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shti
konservalari a’lo va 1-chi navlarga bo‘linadi, qolganlari esa navlarga bo‘linmaydi.
Organoleptik baholashda banka ichidagi mahsulotning tashqi ko‘rinishi,
rangi, konsistensiyasi, hidi va ta’mi, quymasining sifati kabi ko‘rsatkichlari
aniqlanadi.
Masalan, GOST 5284-56 standarti talabi bo‘yicha dimlangan mol go‘shti
konservasi organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi 26-jadvalda keltirilgan
talablarga javob berishi kerak.
Go‘sht konservalarining asosiy fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlariga butun
konserva massasida go‘sht qismining miqdori, ular tarkibidagi yog‘ va tuz miqdori
kiradi. Shuningdek, go‘sht konservalari tarkibida qalay tuzi miqdori ham
aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich 1 kg mahsulotda 200 mg dan oshmasligi standartda
belgilab qo‘yilgan.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish