13- mavzu Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi



Download 60,4 Kb.
bet1/11
Sana09.06.2022
Hajmi60,4 Kb.
#647083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
БР мавзу-13


13- mavzu
Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi
Reja:

  1. Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi bo‘limining maqsadi va moxiyati

  2. Ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi

  3. Ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi

  4. Mahsulot va xizmatlarni yaratish (ishlab chiqish)

  5. Izlanuvchanlik va yangiliklarni joriy etish

Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Ishlab chiqarish rejasi, sotish rejasi, strategik elementlar, mahsulot va xizmatlar yaratish, izlanuvchanlik va yangiliklarni joriy etish
1.Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi bo‘limining
maqsadi va moxiyati
Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi bo‘limi uning yadroviy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini texnik iqtisodiy jihatdan asoslari biznes xarakteridan kelib chiqib belgilanadi. Bu erda rejada ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulot bo‘yicha ko‘zda tutilgan jaryonlar va aktivlar tasvirlab beriladi. Agar korxona kayta ishlovchi yoki sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan bo‘lsa, ishlab chiqarish rejasi zarur. Bu bo‘limda ishlab chiqarish va texnologik jarayon to‘la tasvirlangan bo‘lishi kerak. Rejadagi tadbirlar bosqichlar buyicha juda aniq shaklga ega bo‘lishi lozim. Masalan, yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash muddati, iste’mol bozorini tashkil etish, bozorga mahsulotni olib chiqish davri va xokazo. Bundan tashqari bu bo‘limda ishlab chiqarish quvvati, xodimlar soni, xom ashyo materiallar manbai va sotishdan keyingi xizmatlar strategiyasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar ishlab chiqarish jarayonining ma’lum bir qismi, biror bir tashkilot yoki korxonaga topshiriladigan bo‘lsa, ularni ham hisobga olish lozim. Bunda ularning joylashgan o‘rni, fikri, tuzilgan shartnomalar, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mashina va qurilmalarning joylanishi xom ashyo etkazib beruvchilar, xom ashyo tarkibi haqidagi ma’lumotlar, ularning manzilgohlari, etkazib berish yo‘llari, ishlab chiqarish harajatlari va ishlab chiqarish qurilmalariga qushimcha extiyojlar ko‘rsatilishi zarur. Agar so‘z noishlab chiqarish soxasi biznes rejasi haqida borsa, bu bo‘limni soxa faoliyati mazmunidan kelib chiqib nomlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida «Sotish rejasi» deb yuritilishi mumkin. Bu o‘z navbatida mahsulot sotib olish, saqlash zaxira nazorati, ombor maydoniga extiyoj kabi jarayonlarni oladi.
Korxona ishlab chiqarish rejasi bo‘limini ishlab chiqishda quyidagi savollarga to‘la javob bermog‘imiz kerak.
-ishlab chiqarish harajati hajmini joriy va rejadagi miqdori;
-ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish tartibi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati;
-xom-ashyo va materiallarni asosiy etkazib beruvchilar: nomi, joylashgan o‘rni, mahsulot etkazib berish sharti, afzalliklari va kamchiliklari, kutilayotgan o‘zgarishlar;
-joy mavjudligi, joyga bo‘lgan to‘la extiyoj, uni ta’minlash yo‘llari (shaxsiy yoki ijarada);
-korxonada mavjud ishlab chiqarish quvvatllari, ularning qaysi qismi korxona uziga qarashliligi, afzalligi, kamchiligi, taklif etilayotgan o‘zgarishlar;
-ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar ruyxati, kelgusida qurilmalar sotib olish uchun ajratilayotgan kapital mablaglar;
-mavjud xodimlar va ularning malaka darajasi, ish haqi, kadrlar kelgusida tayyorlanadimi, mavjud xodimlar holati, mexnat resurslariga bo‘lgan rejadagi ehtiyoj, kadrlar qunimsizligi, mehnat bozori tahlili, o‘rnini qoplash, o‘rganilayotgan dasturga ehtiyoj;
-biznes rejani «Sotish rejasi» bo‘limini ishlab chiqishda yuqorida javob berilgan asosiy savollardan tashqari qushimcha quyidagi savollarga ham javob berishimiz kerak:
-kimdan tovarlarni sotib olinadi;
-zaxira tizimi nazorati qanday amalga oshirilmoqda;
-ombor maydoniga bo‘lgan extiyoj qanday va u qay tartibda ta’minlanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni sotish rejasi bo‘limida bo‘lish zarur. Sababi korxona me’yoriy faoliyat ko‘rsata olishi va doimiy ravishda foyda bilan ta’minlanishini imkoniyatini ko‘rsatadi.
Tashqi investorlar ishlab chiqarish rejasining strategik elementlariga qiziqadilar, ya’ni haqiqiy va rejadagi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, infrastruktura holati, tarmoqning mehnat munosabatlari, strategik ittifoqchilari (sheriklari) texnologik imkoniyatlar va zahira (manbai)lari bilan investor uchun eng zarur yangi kapitalni miqdoridir. Uni kelgusi ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashga, yangi bozor tashkil etishga ishonch hosil qildirishi va mavjud bozorlarni saqlab qolishidan foyda kurishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Korxona uchun esa ishlab chiqarish rejasi katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish va moliyaviy manbalarni boshqarishni osonlashtiradi. Ayniqsa, ishlab chiqarish quvvatini ishchi kuchi, moliya va material manbalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi. Ishlab chiqarish rejasi mahsulot nomenklaturasi va sotish hajmi va marketing prognoziga asoslanishi kerak. Bu bo‘limda har bir mahsulotlar turi buyicha mehnat va materiallarni nisbiy normativi aniqlanishi kerak.
Mehnat resursi va kurilmalarga bo‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarish hajmiga asoslangan holda aniqlanadi. Ulardan harajat smetasi ishchi kuchidan foydalanish rejasi ishlab chiqarish grafigini tuzishda foydalaniladi.

  1. Ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi

Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo‘limi bo‘lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo‘limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
Ishlab chiqarish rejasi bo‘limi quyidagi tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin19:

  • ishlab chiqarish texnologiyasi;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

  • ishlab chiqarish jarayoni nazorati;

  • atrof muhit muhofazasi tizimi;

  • ishlab chiqarish dasturi;

  • ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi;

  • ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta‘minlanganligi.

  • xarajatlar bashorati

Noishlab chiqarish firmalari uchun uzoq muddatli aktivlar va aylanma mablag‘larga bo‘lgan talab va harajatlar bashorati «Moliyaviy reja» bo‘limida aniqlanadi.


Ishlab chiqarish rejasining tarkibini sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin

Download 60,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish