14-mavzu narx va uning shakllanishi


-mavzu OMILLI DAROMADLAR VA ISH HAQINING SHAKLLANISHI. ISHCHI KUCHI BOZORI VA BANDLIK



Download 360,73 Kb.
bet11/154
Sana31.12.2021
Hajmi360,73 Kb.
#249513
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси маър матни 2 қисм 70134

16-mavzu

OMILLI DAROMADLAR VA ISH HAQINING SHAKLLANISHI. ISHCHI KUCHI BOZORI VA BANDLIK


1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uningdarajasini belgilovchi omillar

Mehnat haqi qilingan mehnatninghar qanday turi hiso­biga olingan daromad shaklini anglatadi.

Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqa­ruvchilari o‘rtasida ular mehnatning miqdori, sifati va unum­dor­ligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuri­tiladi.

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida58 ish haqi ishchi kuchi bozorida mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ish haqi darajasi unga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga ishchining malakasi, mehnatining intensivligi va ishlab chiqarish natijasiga bog‘liq bo‘ladi.

Ish haqi iqtisodiy kate­goriya sifatida xodimlar meh­na­tining miqdori, si­fati va unum­dorligiga qa­rab, milliy mahsu­lotdan oladigan ulushi­ning pul­dagi ifodasidir.

Ish haqidan farqli ra­vishda mehnat haqi turli xodimlar, shu jumladan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi (sartarosh, maishiy texnikani ta’mirlovchi master va boshqa.) mayda mulk egalarining mehnat haqi hamda gonorar, mukofot va ular mehnatini rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘z ichiga oladi.

Ishchi kuchining aniq bozorida ish haqi uning stavkasini yoki resurslar bozorida mehnatning aniq turi narxini anglatadi.

Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarningham roli bor. Ishchi uchun qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli, nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida pul shaklida olingan ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda, real ish haqi –bu nominal ish haqining «xaridetish layoqati». O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xaridqilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxiningdarajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:



bu yerda, Vp–real ish haqi ; Vn–nominal ish haqi ;

P–iste’mol buyumlari va xizmatlarga narx darajasi.

Nominal ish haqi ‒ ishlab topilgan pul daromadi dara­jasini, real ish haqi esa xodimlarninghaqiqiy iste’moli va farovon­lik darajasini tavsiflaydi.

Mamlakatda ish haqining umumiy darajasini beliglab beruv­chi asosiy omillar quyidagilar:

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;

Mehnatning asosiy kapital bilan qurollanish darajasi

Mehnatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi;

Mavjud ishlab chiqarish texnologiyasi;

Mehnatning umumiy malakaviy darajasi;

Taqsimotning tarkib topgan tizimi va boshqa iqti­sodiy-ijtimoiy omillar.


Download 360,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish