14-mavzu narx va uning shakllanishi


Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari



Download 360,73 Kb.
bet12/154
Sana31.12.2021
Hajmi360,73 Kb.
#249513
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси маър матни 2 қисм 70134

2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

Ishlab chiqarishning texnik va texnologik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmuni va unumdorligidagi ularga bilim berish va kasbga o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar natijasida ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadi. U odatda mehnatning natijalarini aniqhisoblab bo‘lmaydigan, balki ular aniqvazifalarni bajargan hollarda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchi mehnatiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi.

Ishbay ish haqi ishlab chiqargan mahsuloti miqdori yoki bajargan ishininghajmiga qarab beriladi. Mahsulot birligi uchun uning miq­do­ri, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoit­larini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to‘g‘ri ishbay tizimi bo‘yicha haq to‘lanadi. Bunda ishlab chiqarish normasi qay darajada bajari­li­shidan qat’i nazar, ish haqi mahsulot birligi uchun belgilangan rasenka bo‘yicha to‘lanadi.

Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressivhaq to‘lashda belgilab qo‘yil­­gan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotga uning birligi uchun belgilangan rasenka bo‘yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan rasenka bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay-ish haqining tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard faoliyati natijalariga bog‘liqqilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘lin­maning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.

Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish engavvalo, ta’rif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Ta’rif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.

Ta’rif tizimi ta’rif-malaka spravochniklarini va ish ha­qiga har xil koeffitsiyentlarini o‘z ichiga oladi.

Ta’rif-malaka spravochniklari, ta’rif setkasi ayrim kasb­lar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talab­lardan iborat bo‘ladi, shuningdek, unda bu ishni ta’rif­lash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi. Ta’rif setkasida razryadlardan tashqari ta’rif koeffitsiyentlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haqto‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashningo‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning ta’rif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng).

Ta’rif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lganlar meh­natiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.



Download 360,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish