14-variant Yaim ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv



Download 15,37 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi15,37 Kb.
#652767
Bog'liq
Davronova Charos I


Davronova Charos I-81
14-variant
1.YaIM ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv.
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi(MHT)-bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan “Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi” nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo’llanila boshlandi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizim keng qo’llaniladi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM 3 xil hisoblanadi:

  • Qo’shilgan qiymatlar bo’yicha

  • Sarf-xarajatlar bo’yicha

  • Daromadlar bo’yicha

Ikkinchi usul-bu YaIM ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv.Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning 3 ta sub’ekti-uy xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar, hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari-bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar-tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qiladigan sarflardir.Investitsion sarflar asosan3 ta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina,uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; d) zahiralarning o’zgarishi.
Davlat sarflari-bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchikuchini sotib olishga davlatning qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagiiste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Shu sababli YaIM ni sarflar bo’yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari,ya’ni eksport qiymati ham qo’shiladi.

2.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning mohiyati,kelib chiqish sabalari va salbiy oqibatlari.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyalari va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi.
Britaniyaning nufuzli gazetalaridan biri bo’lgan “Gardian” jahon moliyaviy inqirozining asosiy aybdorlari ro’yxatini e’lon qildi. Mazkur ro’yxatning oldingi o’rinlarida AQShning taniqli siyosatchilari o’rin olgan bo’lib,unda inqiroz faqatgina iqtisodiyot rivojlanishining navbatdagi harakatlantiruvchi kuchi ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan tashqari ortiqcha erkinlashtirish siyosatining “mevasi” ekanligini, ya’ni “o’z-o’zini boshqaruvchi bozor” g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablardan hisoblanadi:

  • Noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishinatijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;

  • Qimmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlaritomonidan soxta xulosalar berilishi;

  • Moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;

  • Moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko’rsatkichlarga asoslanganligi;

  • Yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarni vujudga kelishi va hokazo.

XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga hamkeng yoyildi.AQSh banklari va ipoteka agentliklarining qimmatli qog’ozlariga qo’yilma qilingan xorijiy investorlar moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Ekspertlarning e’tirof etishlaricha, Qozog’istonda banklar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar faoliyatining yetarli darajada tashkil qilinmaganligi natijasida bank tizimining tashqi qarzlari tijorat banklari majburiyatlari tarkibida shunday darajagacha yetib bordiki, natijada mamlakat iqtisodiyotining mavjud holati ularni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lmay qoldi.
Download 15,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish