15-mavzu. Jigar kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari Reja



Download 29,14 Kb.
bet4/6
Sana24.06.2022
Hajmi29,14 Kb.
#699736
1   2   3   4   5   6
Portal gipertenziya - darvoza venasi tizimida bosimning oshishi bilan xarakterlanadi.
Asosiy sababi jigar sirrozi paytida regenerativ to‘qima tomonidan jigar venalarining qisib qo‘yilishi oqibatida gidromexanik bosimning ortishi bo‘lib, assit, vena qon tomirlarning varikoz kengayishi, jigarning og‘riqli bo‘lishi va oriqlash xarakterli belgilari hisoblanadi.
Jigar komasi - jigarning asosiy funksiyalarining keskin buzilishlari oqibatida kelib chiqadigan markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Gepatitning og‘ir shakllari, jigarning o‘tkir toksik distrofiyasi va sirrozi paytida organizmda modda almashinuvi jarayonlarining chuqur buzilishlari tufayli ko‘plab hosil bo‘lgan va jigar tomonidan zararsizlantirilmagan moddalarning (ammiak, fenol, erkin yog‘ kislotalari, merkaptan) qonda to‘planib qolishi oqibatida markaziy asab tizimining funksiyalari izdan chiqadi. Kuchli holsizlanish, reflekslarning yo‘qolishi, taxikardiya, og‘iz shilliq pardalari va hazm kanalida qon quyilishlar hamda jigar etishmovchiligi sindromlari bilan xarakterlanadi.
Jigar sanchig‘i sindromi jigarda kuchli og‘riq paydo bo‘lishi bilan xarakterlanib, o‘t yo‘llarida toshlar hosil bo‘lishi vao‘tkir xoletsistit paytida kuzatiladi. Jigar sanchig‘i sindromi palpatsiya va perkussiya paytlarida jigar sohasining og‘riqli bo‘lishi, qayd qilish, qorin damlashi, ichaklar perestaltikasining susayishi, defikatsiya va siydik ajratishning kamayishi bilan xarakterlanadi.
Jigar kasalliklari quyidagicha tasniflanadi: gepatit (o‘tkir va surunkali), gepatozlar (yog‘li, amoloidli), jigar sirrozi, jigar abssessi. O‘t yo‘llarining kasalliklari: xolitsistit, xolangit, o‘t-tosh kasalligi.
Gepatit (Hepatitis) jigarning diffuz yallig‘lanishi bo‘lib, gepatotsitlar va boshqa strukturaviy elementlarining infiltratsiyasi, distrofiyasi, nekrozi va lizisi hamda jigar etishmovchiligi bilan xarakterlanadi. O‘tkir (parenximatoz) va surunkali (yallig‘lanishli - distrofik) gepatitlar farqlanadi.
Sabablari. Gepatit polietiologik kasallik hisoblanadi. Odatda ikkilamchi kasallik sifatida o‘tkir yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, gastrit va gastroenteritlar oqibatida va ayrim parazitar kasalliklarning asorati sifatida rivojlanadi.
Organizm reaktivligining pasayishi, vena qon tomirlarida qonning dimiqishi hamda kuchli toliqish kasallikni tezlashtiradi.
Rivojlanishi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha jigarning o‘tkir parenximatoz yallig‘lanishining asosida har xil tabiatga ega bo‘lgan zaharlar bilan zaharlanish yotadi. Zaharlar jigarga darvoza venasi va o‘t yo‘li orqali tushishi mumkin. Demak, parenximatoz gepatit organizmdagi umumiy patologik jarayonning bir qismi bo‘lib, jigardagi interoretseptorlarning qo‘zg‘alishi, jigar xujayralari va retikuloendotelial xujayralarning buzilishlari bilan xarakterlanadi. Gepatotsitlar funksiyasi pasayadi, ular distrofiyaga uchraydi va emiriladi. Bu holat butun a’zo faoliyatining yomonlashuviga olib keladi.
Gepatotsitlarning buzilishi jigarning fermentativ funksiyasini pasaytiradi. Kuchli glikogenoliz yuzaga kelib, jigardagi glikogen miqdori kamayadi. Qondagi glyukozadan glikogenning sintezlanishi qiyinlashadi.
Jigar xujayralari devorining o‘tkazuvchanligi oshadi, natijada qonda bog‘langan bilirubin miqdori ko‘payadi.
Jigarda pigment almashinuvi (parenximatoz sarg‘ayish) va hazm a’zolarining faoliyati buziladi, organizmning autointoksikatsiyasi kuchayadi.
Zaharli moddalar va o‘t kislotalari markaziy asab tizimi va yurak muskul to‘qimasiga toksik ta’sir etadi. Chunki uglevod almashinishi buzilganda asab xujayralari hamda yurak muskullarining oziqlanishi buziladi, miokardiodistrofiya rivojlanadi.

Download 29,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish