1926-yil 15-iyun, Samarqand



Download 15,6 Kb.
Sana30.01.2021
Hajmi15,6 Kb.
#57799
Bog'liq
A.Qodiriy hayoti

Mavzu; A. Qodiriy hayoti

Darsning maqsadi ; [1] Talimiy –o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish, yangi tushunchalar bilan tanishtirish.[2] Tarbiyaviy-o’quvchilarni o’z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash.[3] Rivojlantiruvchi –darslik bilan fikirlashga o’rgatish. Konpetensiya –tinglab tushunish, filrni aniq va erkin bayon eta olish.

Dars turi yangi bilim beruvchi, Dars metodi –tezkor savol javoblar aqliy hujum.Dars jihozi darslik yozuv taxtasi Darsning borishi; [1] Tashkiliy qism pisixologik iqlim yaratish [2] O’tgan mavzuni tokrorlash [3] Yangi mavzu bayoni.

So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: garchi men turli bo‘hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg‘on bo‘lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlar-ning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsa-di bo‘lmag‘on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman.
1926-yil 15-iyun, Samarqand (Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan).
Nomus, insof va haqgo‘ylik Abdulla Qodiriy hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun Qodiriy ning qalami dan asrlar mobaynida eskir-maydigan asarlar dunyoga keldi. 1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va madrasalarida muntazam o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da, ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.

1917-yilgi to‘ntarishlargacha o‘ziga to‘q xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan: prikazchik (yugurdak-lik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan. Abdulla Qodiriy Oktabr to‘ntarishidan keyin qator sho‘ro idoralarida xizmat qildi. Hamisha xalq orasida bo‘lgan, uning ehtiyojlarini, og‘riqli joylarini, kayfi yat-u istaklarini bilgan yozuvchi asarlari-dagi dilbar obrazlar orqali o‘zi mansub bo‘lgan xalqning turmushini yaxshilash, ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘ururini uyg‘otishga intildi.

Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jur na-li hamisha talash bo‘lardi. Romanlarini o‘qish uchun nav-bat kutib turganlarning sanog‘iga yetib bo‘lmas, «O‘tkan kunlar» romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi. Chun-ki adib inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur, ta’sirli va haqqoniy aks ettirardi. Uning asarlari yolg‘iz haqqoniylikdan tashqari, go‘zal ifoda uslubi bilan ham ajralib turardi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi shaklini bun-yod etishda hech bir yozuvch i Abdulla Qodiriy kabi muhim o‘rin tutmagan.

Haq gapni hayiqmay aytayotgan, millatiga o‘zini tanita-yotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdak-lariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mo-baynida Abdulla Qodiriyga ko‘p bor chovut solishdi.



1926-yildayoq «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali ob-ro‘siz lantirdi» degan uydirma ayb qo‘yib, adibni qamoqqa hukm qilishdi. Lekin aybning uydirmaligi, guvohlarning sox-taligi shu darajada ayon ediki, adibni qamoqqa tiqishga jur’at etishmadi. Bu, zamon zo‘rlari nazarida, yozuvchini o‘ziga xos «ogohlantirish» edi. Adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi.


16.02.2018
Download 15,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish