3 i-bob monopoliya



Download 256,5 Kb.
bet1/15
Sana24.06.2022
Hajmi256,5 Kb.
#699984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8.Monopoliya, uning turlari va xususiyatlari



Mundarija
Kirish......................................................................................................................3
I-BOB Monopoliya
1.1 Monopoliya tushunchasi................................................................................5
1.2 Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra,monopoliya turlari............................8
1.3 Vujudga kelish sababiga ko`ra,monopoliya turlari…………………............10
II-BOB Antimonopol siyosati

2.1 Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.....................................................17


2.2 Antimonopol siyosatning vujudga kelishi…………………..……....….…...20
2.3 Monopoliyaga qarshi qonunchilik…………………………………………...21
III-BOB O’zbekistonda monopoliya siyosati
3.1 O`zbekistonda Antimonopol siyosat………………………………………...23
3.2 O`zbekistonda Antimonopol siyosatning natijalari…………………....…...26
Xulosa…………………………………………………………….……….....……29
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro`yxati……………………………........31

KIRISH
O`zbekiston Respublikasida Monopoliyaga qarshi qonun 1992-yil avgust oyida qabul qilingan. Bu qonunga ko`ra quyidagilar taqiqlanadi: Bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, Raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to`sqinlik qilish, raqobatning g`irrom usullarini qo`llash. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev: “Raqobat bo’lishi kerak. Raqobat bo’lsa, sifatga intilish bo’ladi, davolash, xizmat ko’rsatish yaxshilanadi”. Bizx monopoliyaning mohiyati turlari va shakllari haqida o`rganishimizdan maqsad, mamlakatimizda monopol tizimini va monopollarni kamaytirish hamda raqobatchilik muhitini yanada kengaytirishdan iborat. Sababi agarda monopol tizimi rivojlangan va monopollar ko`p bo`lsa, bu biror mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga katta to`siq bo`la olishi mumkin, sababi monopol bozor tizimiga kirib borar ekan, bozorda undan boshqa ishlab chiqaruvchi yoki tadbirkor bo`lmaganligi sababli, u o`z hohlagan narxlarini ishlab chiqarayapkan tovariga qo`yishi mumkin.xBunda albatta bozordagi mahsulotlarning keskin o`shishiga yo`l qoyib beradi, bozor mehanizimi buzulishiga ham olib keladi va talab va takliflarning tafovudini oshiradi. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarix kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu xdavlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin xraqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi.
Dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hisoblanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Shux qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari
boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning xmonopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishgax qaratiladi. Shunday qilibx, O’zbekiston Respublikasida raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning muhim yo’li bo`lib, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Shu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
O`zbekiston xRespublikasi bozor tizimida raqobatchilik muhiti yanada kengroq yaratiladigan bo`lsa,bu darhaqiqat xO`zbekiston Iqtisodiyoti rivojlanishiga olib keladi.Albatta taklif qiluvchi yagona bo`lsa, u o`z mahsulotini qimmat narxda sotishga intiladi. Raqobat bor joyda o`sish bo`ladi. Shuni biron bir korxona misolida ko`radigan bo`lsak, bir korxona shokolad ishlab chiqaryapti va u yagona ishlab chiqaruvchi, albatta u ko`proq foyda olishga intilgan holda o`z tovarini qimmatroq sotishga harakat qiladi.xAgarda yana boshqa shokolad ishlab chiqaruvchi tadbirkor kelsa,u o`z mahsulotini korxonasiga investitsiya olib kirgan holda yanada sifatliroq ishlab chiqarishga yokida mahsulot narxini turli yo`llar bilan pastroq ya`ni arzonroq sotishga harakat qiladi.xNatijada iste`molchilar yangi kirib kelgan tadbirkorning mahsulotini sotib olishadi va eski korxona o`z o`zidan bankrot bo`la boshlaydi, shunda u ham o`z mahsulotini arzonroq, sifatliroq, mazaliroq, ko`rinish tarzdan ideal ishlab chiqarishga harakat qiladi. Qarabsizki bozor iqtisodiyotida o`z o`zidan rivojlanish va o`sish bo`ladi.
Monopoliyaga xqarshi muhim choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O’zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizidax Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000 xyilda Respublika Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi xMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi Farmoniga binoan bu Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash xdavlat qo’mitasiga aylantirildi. O`zbekiston Respublikasida raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga va rivojlanishiga xizmat qiladi.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish