3. matlabning asosiy ob'ektlari



Download 292,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana12.07.2022
Hajmi292,61 Kb.
#782982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3. MATLABning asosiy ob'ektlari

3.3. Matnli izohlar


MATLAB murakkab hisoblar uchun ishlatilishi sababli ularning tavsiflari 
yaqqol va tushunarli bo'lishi kerak. Buning uchun matn izohlari qo'llaniladi. Matn 
izohlari %% simvoli yordamida kiritiladi, masalan: 
% factorial function 
MATLAB ingliz tilidagi mahsulot. SHu sababli izohlar (ayniqsa, m-fayllarda) 
rus harflari yordamida terilgan dasturlar ishlamasligi mumkin. Bundan tashqari, 
izohlarda ruscha «s» harfi terilgan bo'lsa keyingi satrga o'tib ketish muammosi 
yuzaga keladi. Bu holda ruscha «s» ning o'rniga inglizcha «s» ni ishlatish maqsadga 
muvofiq.
 
Odatda m-fayllarning birinchi satrlari help «Fayl_nomi» buyrug'idan 
keyin ekranga chiqariluvchi, ular to'g'risidagi qisqacha axborot bo'ladi. Yetarli 
darajada mukammal matnli izohlarning m-fayllarga kiritilishi keyinchalik ular bilan 
ishlashni osonlashtiradi.
3.4. O'zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish 
O'zgaruvchilar — 
qiymatlari har xil bo'lgan ma'lumotlarni saqlovchi nomga 
ega bo'lgan ob'ektlardir. Bunday ma'lumotlarga mos holda o'zgaruvchilar sonli yoki 
simvolli, vektorli yoki matritsali bo'lishi mumkin. 
MATLAB tizimida o'zgaruvchilarga ma'lum qiymatlarni berish mumkin. 
Buning uchun tenglik ishorasi yordamida kiritiluvchi o'zlashtirish amalidan 
foydalaniladi: 
O'zgaruvchining_ nomi=ifoda 
O'zgaruvchilarning turlari oldindan belgilanmaydi. Ular, qiymati o'zgaruvchi 
tomonidan o'zlashtiriluvchi ifodaga mos holda aniqlanadi. Agar ifoda vektor yoki 
matritsa bo'lsa, o'zgaruvchi ham vektor yoki matritsa bo'ladi.
O'zgaruvchining nomi (uning identifikatori) 
amalda cheklanmagan 
uzunlikdagi simvollardan iborat bo'lishi mumkin, lekin boshlang'ich 31 simvol eslab 
qolinadi va identifikatsiya qilinadi. Har qanday o'zgaruvchining nomi boshqa 
o'zgaruvchilarning, funktsiyalarning va tizim protseduralarining nomi bilan bir xil 
bo'lmasligi kerak. O'zgaruvchilarning nomlari harf bilan boshlanadi va o'z ichiga 
harflar, raqamlar, ta'kidlash simvoli (satr osti chizig'i) _ ni olishi mumkin. Faqat 
o'zgaruvchining nomida probellar maxsus belgilar, masalan +, ., -, *, / va h.k. 
bo'lmasligi kerak. O'zgaruvchilar odatdagi ko'rinishda yoki indekslangan, ya'ni 
vektor va matritsalarning elementlari bo'lishi mumkin. Simvolli o'zgaruvchilar ham 
ishlatilishi mumkin, bunda simvol qiymatlar apostroflar ichiga olinadi, masalan 
s='Demo'.

Download 292,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish