3-мавзу. Atmosfera havosini muhofaza qilish reja: Atmosfera havosi: ahamiyati, tuzilishi, tarkibi va uni ifloslovchi manbalar



Download 174 Kb.
bet1/8
Sana28.02.2023
Hajmi174 Kb.
#915344
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-мавзу. Atmosfera, suv va tuproq muhofazasi


3-мавзу. ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Atmosfera havosi: ahamiyati, tuzilishi, tarkibi va uni ifloslovchi manbalar.
2. O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining hozirgi holati.
3. Atmosfera havosi ifloslanishining oqibatlari va uni muhofaza qilish tadbirlari
Tayanch tushunchalar: Troposfera, strotosfera, mezosfera, ionosfera, ekzosfera, azot, kislorod, “ozon ekrani”, ifloslanish, tabiiy, antropogen, mahalliy, hududiy, global, AES, IES, metallurgiya, “issiqxona samarasi”, “ozon tuynugi”, “ishqorli” yomg‘irlar, Orolqum, Qizilqum, avtomobil transporti, chegaralararo ifloslanish, Sariosiyo, iqlim o‘zgarishi oqibatlari, ekologiyalashtirish.

Yer kurrasi havo qoplami atmosfera deb ataladi. Atmosfera Yerning himoya qatlami bo‘lib, tirik organizmlarni Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan, koinotdan tushadigan meteoritlarning ta‘siridan asraydi. Atmosfera Yer sathining issiqlik tartibini bir maromda saqlaydi. Mabodo atmosfera bo‘lmaganda edi, unda yerda kechqurun – 100 0C sovuq, kunduzi +100 0C issiq bo‘lar edi. Yerda hayot mavjudligining asosiy sharti atmosfera havosining mavjudligidir.


Atmosfera aniq qatma-qat tuzilishga ega. Pastki qatlam – troposfera deyiladi. Yer sharining kengligiga qarab uning balandligi 10-15 km ni tashkil etadi. Bu qatlam atmosfera massasining 80 % i hamda suv bug‘larining ham 80 % iga yaqinini tashkil etib, unda sayoramizning turli hududlaridagi iqlim va ob-havoni shakllantiruvchi fizik jarayonlar rivojlanadi.
Stratosfera troposferaning ustida, balandligi 40 km gacha boradi. Bunda Yerdagi hayotni asraydigan ultrabinafsha nurlarning asosiy qismini yutadigan ozon qatlami joylashgan.
Undan yuqorida mezosfera va ionosfera joylashgan bo‘lib, u 1300 km balandlikkacha boradi, bu qatlam ham Yerdagi tirik organizmlarning koinotdan keladigan turli nur va radioto‘lqinlarning zararli ta‘siridan saqlaydi. Bu qatlamdan keyin 10 000 km gacha ekzosfera joylashgan, bu joylarda balandlik oshgan sari havoning zichligi kamayib boradi.
Uglerod – organik dunyoning asosiy elementidir. Atmosferaning asosiy komponentlaridan biri ozon (O3) hisoblanadi. Ozonning paydo bo‘lishi va parchalanishi bilan Quyoshning ultrabinafsha nurini yutish sodir bo‘ladi. O3ON shuningdek, Yerning 20 % infraqizil nurlarini ushlab qoladi. Ozon qatlami ko‘pincha “ozon ekrani” ham deb ataladi.
Shunday qilib, Yerdagi hayotni o‘lik koinot ta‘siridan asrovchi havo qatlamining quvvati yerdagi miqyosga qaraganda ancha – 1,5 ming km yoki Yer radiusining 0,25 qismi koinot miqyosida ahamiyatsiz va Yerdan Quyoshgacha masofaning 1/100000 qismini tashkil etadi. Atmosfera havosining 3/4 qismi pastki qatlam troposferada mujassamlashgan.
Havoning ifloslanishi tabiiy va antropogen (texnogen) turlarga bo‘linadi.
Tabiiy yo‘l bilan ifloslanish tabiiy jarayonlar: vulqonlar faoliyati (1 ta vulqon otilishi atrof muhitga 75 ming m3 chang tarqatishi mumkin), tog‘ jinslarining shamol yordamida uchirilishi, shamol eroziyasi (chang - to‘zon), o‘simliklarning yalpi gullashi, o‘rmon yong‘inlari qurim (tutun)lari bilan bog‘liqdir.

Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish