5. 2-§. Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari



Download 21,18 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2022
Hajmi21,18 Kb.
#413010
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


5.2-§. TADQIQOT VA LOYIHALASHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Ilmiy tadqiqotlar va loyiha-konstruktorlik ishlarining samaradorligi ko‘p jihatdan avtomatlashtirishning umumiy darajasi bilan bog‘liq,. Bu ikki yo‘nalishdagi avtomatlashtirilgan hal qiluvchi rol yangi axborot texnologiyalariga tegishlidir. Ilmiy faoliyatda asbob-uskuialar dastlabki o‘rinlardan birini ishg‘ol etadi. Shu bois ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish uchun ularni avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu xol eksperimentni nafaqat avtomatlashtirishga, balki o‘rganilayotgan ob’ektlar, hodisa va jarayonlarni modellashtirishni amalga oshirishga ham imkon beradiki, ularni an’anaviy vositalar bilan o‘rganish juda kiyin yoki imkoni yo‘q. Bu vazifani hal etishga ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashgan tizimlari (ITAT) xizmat qiladi.
Loyihalashtiruvchi muhandislar ham o‘z asbob-uskunalariga ega. Biroq bu klassik vositalar eskirgan. Texnik vositalarni ishlab chiqishda quyidagi muhim tendensiyalar aniq ko‘zga tashlanadi: ishlab chiqilayot-gan mahsulotlar soni har o‘n besh yilda ikki barobar ko‘paymoqda, mahsulotlar murakkabligi esa har o‘n yil­da va yangi namunalarni yaratish-da tahlil qilinadigan ilmiy-texnik axborot hajmi har sakkiz yilda ikki baro-barga oshmoqda. Ayni paytda loyi-halashda so‘ngti paytlargacha loyiha-chilar sonining ekstensiv o‘sish tendensiyasi ustivorlik qilmoqda. Chunki mehnat samaradorligi ju-da sekin oshayapti. Shuni aytish kifoyaki, sanoat ishlab chiqarish so-hasida samaradorlik 1900 yildan buyon o‘rtacha 1000% ga loyihalash-da esa bor-yo‘qi 20% ga oshgan. Yangi axborot texnologiyalarini barcha joylarda foydalanish bu salbiy tendensiyani avtomatik loyihalash tizimini (ALT) yaratish nuli bilan yengib o‘tishga imkon beradi.
Bu, ITAT va ALT tizimlaridan har biri, albatta, o‘ziga xoslikka ega va oldiga qo‘yilgan maqsad, metodlarga erishishi jiha-tidan farqlanishadi. Birok, ko‘pincha bu turdagi tizimlar o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqani kuzatish mumkin, ularni EHM bazasida amalga oshiriladigan jarayonida u yoki bu tadqiqotni bajarish talab etili-shi mumkin va aksincha, ilmiy tadqiqot davomida yangi asbobni kons-trukturalash, loyiha­lashda esa ilmiy eksperimentni amalga oshi-rish ehtiyoji yuzaga kelishi mumkin. Bunda o‘zaro bog‘liqlik shunga olib keladiki, aslida «sof» ITAT va ALT bo‘lmaydi, ularning har biridan umumiy elementlarni topish mumkin. Bundan tashqi, ITAT va ALT bir-biriga konvergensiyalashadi, bu hol eng avvalo ular intellektualligining oshishi bilan bog‘liq. Oxir-oqibatda unisi ham, bunisi ham aniq; predmet soha vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan ekspert tuzilmani o‘zida namoyon etadi.
Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari. ITATda axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi mumkin:

  • jarayonlarni boshqarish va asl, tabiiy (natural) eksperiment-larni o‘tkazish natijalarini qayta ishlash;


  • murakkab jarayonlarni modellash;


  • ekspertiza o‘tkazish va uni qayta ishlash;


  • hisobot va hujjatlarni idora kichik tizimida qurilgan komponentlar sifatida tayyorlash;


  • eksperimental ma’lumotlar bazasini qo‘llab – quvvatlash;


  • axborot izlash, bibliografik va ekspert tizimlarini barpo etishda texnik vosita sifatida chiqish.




Ko‘rsatilgan komponetlar nisbati konkret ilovalarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirishda axborot texnologiya-larini qo‘llash samaradorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, eksperimentni tayyorlash va o‘tkazishni tezlashtirish, real vaqt miqyosida o‘tkaziladigan ekspress – tahlil natijalaridan tezkor foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tizim-lashtirish vaqtini qisqartirish, o‘lchash va qayta ishlashda xatolar sonini kamaytirish hisobiga tadqiqotlar (eksperimentlar qilish) sikli qisqaradi. Ikkinchidan, natijalar aniqligi va ularning ishonchligi oshadi, chunki ITATda oralik, natijalarni hisoblashda yaxlitlashda yig‘iladigan xatolar ta’sirini kamaytiruvchi metodlar-dan foydalanish mumkin. Uchinchidan, nazorat qilinadigan parametr-lar (kom-pyutersiz tadqiqotlar bilan qiyoslaganda) sonini oshirish va ma’lumotlarni yaxshilab qayta ishlash hisobiga eksperimentning sifati va axborotga boyligi oshadi. To‘rtinchidan, ITAT bilan interaktiv o‘zaro ta’sir davo-mida eksperiment jarayonini nazorat qilish va uni optimallash imkoniyati kuchayadi. Beshinchidan, ekspe-riment ishtirokchilari shtati qisqaradi, tadqiqot samaradorligi oshadi. Nihoyat, shu narsa muhimki, eksperiment nati-jalari strukturalashadi va eng qulay shakl-grafik yoki ramziy shaklga tezkor ra-vishda kiradi. Masalan, ma’lumotlarning uzundan-uzoq, jadvallarini ko‘rib chi-qish o‘rniga, ularni grafik ob’ektlar ko‘rinishida ixcham shakl-lantirish mum-kin. Jumladan, ikki argument bopikligini «tog‘ massiv-lari» ko‘rinishidagi 3 o‘lchovli grafika vositasida tasvirlash juda qulay, ularga ko‘plab o‘lchamlarni joylash mumkinki, buni odatdagi jadval shaklida berib bo‘lmaydi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar yuqori texnik xususiyatlarga ega bo‘lgan holda ulardan o‘lchov asboblari, turli xil ossillograflar sifatida oddiy dasturlash va tegishli qo‘shimcha qurilmalarini ulash hisobiga foydalanish imkonini beradi. Grafik displey ekranida ekspremental obektning u yoki bu parametrlarini qayd etuvchi asboblar shakllari tizimi (voltmetr, ampermetr, aimetr, fotometr va ko‘plab o‘lchov asboblari) shakllantirish imkoniyati bor.

Shunday qilib grafik shaklda axborot almashinuvi murakkab tuzilmali ob’ekglarni tasavvur etish uchun mutlako samarali vositadir. Axborotni grafik shakl­da taqdim etish samarasi yuqori bo‘ladi. Bu hol inson psixologik xususiyatlari bilan izohlanadi. Ya’ni, gra­fik axborotni kurish analizitori orqali qayta ishlash tezligi matn ma’lu-motlarini qayta ishlash tezligidan o‘nlab, xatto yuzlab marta yuqori.



Yuqori sifatli grafik tasvirlarni olish uchun yuqori texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan qurilmalar zarur. Bu talab birinchi navbatda xotiraning samara­dorligi va sig‘imiga tegishli.
Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirishda yuzaga keladigan murak-kab muammolardan biri ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarni chiqarish muammo-sidir. Agar o‘zaro bog‘liq ma’lumotlar miqdori 3 dan oshmasa, u holda jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi. Chunki 2 yoki 3 o‘lchovli mashina grafikasi-dan, masalan yuqorida aytib o‘tilgan «tog‘ massivlari»dan foydalanish mumkin. Ekranda yuqori o‘lchamlar boklikligini tasvirlashga uringanda boshqacha vaziyat yuzaga keladi. Bu o‘rinda ko‘plab aniq yondashuvlar tavsiya etilgan. Biroq, eng diqqatga sazovori ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarni odam oson qabul qiladigan 2 yoki 3 o‘lchovli rangli shakllarga o‘zgartirishdir.
Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning yana bir yo‘nalishi tad-qiqotchilarning amaliy faoliyatida uchrovchi modellash vazifalarini hal etish. Bu urinda tadqiqot faoliyatida an’anaviy ravishda foyda-lanuvchi biror bir jarayon yoki hodisani nafaqat model­lash, balki vizual – tabiiy modellashga ham yo‘l qo‘yiladi, u mazkur jarayonlar va hodisalarni mashina grafikasi vositasida (odatdagi jadval ma’lumot va grafiklar emas) virtual tasvirlash hisobiga ta’minlanadi, ya’ni tadqiqotchiga real vaqt miqyosida olingan o‘ziga xos «kompyuter multfilmi» namoyish etiladi. Modellashning kurgazmaliligi bu holatda ancha yuqori bo‘ladi.
Shaxsiy kompioterdan axborotni qayta ishlashning universal vositasi sifatida foydalanuvchi eksperi­mentator real urganiluvchi ob’ekt yoki tizimning vir­tual komponentlarini barpo etish uchun mantiqiy «tiqin» yaratish mumkin. Masalan, dasturiy ravishda qimmatbaho va ulkan qurilmalarni immitatsiya qilish mumkin. Bundan tashqari immitapiyaviy modellashni butun urganila-digan ob’ektga tarqatish mumkin. Turli immitatsiyaviy variantlarni ko‘rib chiqish tadqiqotchiga eng mos, ishonchli metodni tanlash imkonini beradi.
Axborot – izlanish va ekspert tizimlari ITAT pillapoyasining yuqori darajasida joylashgan. Ko‘rsatilgan tizimlardan birinchisi eksperimental va boshqa ma’lumotlar bazasini qurish uchun mo‘ljallan-gan. Ekspert tizimini esa, nazariya va amaliyet o‘rtasidagi ko‘prik deyish mumkin. Bu o‘rinda qiziq bir bog‘liqlik mavjud. Jumladan, matematik statistikada uz ibtidosini olgan ma’lumotlar tahliliy metodlari borgan sari murakkablashmoqda va axborotni umumlashtirishning ancha yuqori darajasini ta’minlovchi mantiqiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Bu xol ekspert tizimlariga yuklanadigan funksiyalarga yaqinlashish imkonini beradi.
Tadqiqotlar amaliyotida ekspert tizimlaridan foydalanish bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, vazifalarni hal etish va murakkab savol-larga javob olish uchun ko‘p mehnat talab qiladigan dasturlashga hojat yo‘q. Agar ekspert tizimi javoblarni sintez qilish uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lsa, unda javob beriladi. Bu holat ekspert tizimlarini tayyorgarligi bo‘lmagan, dasturlash sohasidagi noprofessionallarga mos xolga keltiradi. Bundan tashqari, ekspert tizimlarining «intellektualligi» ular bilan ishlash ko‘nikmalarini uzlashtirishni yengillashtiradi. Ikkinchidan, ekspert tizimi odatda har bir odamga u yoki bu natijaga qanday yetib kelganligini tu-shuntirib berishga qobil. Uchindan, bilimlar bazasi bir guruh mutaxassislar bilimlari yig‘indisi asosiga qurilgan ekspert tizimi har bir alohida mutaxassisdan ko‘ra, katta intelluktual qobiliyatlarni o‘ziga jo qiladi. To‘rtinchidan, ekspert tizimi o‘tishga – bilimlar bazasini yangi bilimlar bilan to‘ldi-rishga qobil. Kelajakda ekspert tizimlari o‘z-o‘zini o‘qitishga qobil bo‘ladi va bu hol ularning imkoniyatlarini yanada oshiradi.


ITAT hozirgi paytda ham ixtisoslashgan mikro­kompyuter tizimlari, ham keng maqsadlarga mo‘ljallangan amaliy paketlar shaklida chiqarilmoqda. Bu oldinda turgan maqsadlar, shuningdek, iqtisodiy tasavvurlar bilan belgilanmoqda.
ITATni yaratishda ikki yo‘nalish kuzatiladi. Ulardan biri tor doiradagi vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan tizimlarni (ishchi stansiyalarni) ishlab chiqish bilan bog‘liq.. Juda ommaviyligi bilan farqlanuvchi ikkinchi yo‘nalish keng vazifali universal paketlarni ishlab chiqishga aloqador. Bunda ikki yo‘nalish oralig‘ida muayyan qonuniyat mavjud. Shaxsiy kompyuter takomillasha borgani sari ko‘pgina ixtisoslashgan funksiyalar ommaviy xususiyat kasb etadi.

Download 21,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish