7-mavzu. Davlat moliyasi Reja Davlat moliyasining mazmuni Davlat daromadlari



Download 21,73 Kb.
bet3/6
Sana30.06.2021
Hajmi21,73 Kb.
#105448
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu- Davlat moliyasi

2. Davlat daromadlari

Davlat va davlat korxonalari ixtiyorida moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlar yig‘indisiga davlat daromadlari deyiladi.

Davlat ixtiyorida shakllanayotgan moliyaviy resurslar majmuasi markazlashgan pul resurslari va davlat korxonalari ixtiyoridagilar esa, markazlashmagan pul fondlaridir.

Markazlashgan davlat daromadlari asosan soliqlardan, ajratmalardan va tashqi iqtisodiy faoliyat daromadlaridan tashkil topadi. Korxonalar o‘zlarining daromad va jamg‘armalaridan shakllanayotgan moliya resurslari yig‘indisi markazlashmagan pul daromadlarini tashkil etadi. Davlat daromadlarini ikkiga bo‘lishdan maqsad, hozirda umumdavlat va jamoa iste’mollarini qoplash qanday amalga oshirilishini nazorat qilish bilan bog‘liqdir. Davlat moliyasining asosiy daromad manbai bo‘lib milliy daromad hisoblanadi. Ammo, ayrim hollarda, ya’ni behosdan urush, tabiiy ofat va h. k. lar paytida davlat daromadi manbai bo‘lib oldin jamg‘arilgan milliy boyliklar (oltin zahira, pullik xususiylashtirish) ham bo‘lishi mumkin.

Davlat daromadiga moliyaviy resurslar jalb etishni shartli holatda uchta guruhga bo‘lish mumkin:

1. Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda soliq funksiyasini bajaruvchi majburiy to‘lovlar.

2. Davlat zayomlari.

3. Qog‘oz pullar emissiya qilish.


Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib soliqlar xizmat qiladi. Soliqlar asosan fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatni kasb etadi. Hukumatga kerak bo‘lgan moliya resurslarini shakllantirib borish bilan soliqlar fiskal funksiyasini kasb etsa, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida ayrim tarmoqlar iqtisodiyotiga molik imtiyozlarni berish bilan iqtisodiy yo‘nalish kasb etiladi va nihoyat kam daromadli aholini soliqlardan ozod qilish hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi.

Davlat daromadini davlat zayomlari orqali ta’minlash nafaqat budjet taqchilligini moliyalashtirishga balki, rang-barang kapital xarajatlarga, iqtisodiyotning davlat sektoriga yo‘naltiriladi. Davlat zayomlaridan foydalanishga asosan moliyaviy tanglik davrlarida keng yondoshiladi, ayrim hollarda esa, uning miqdori soliqlarga nisbatan ham oshib ketishi mumkin, chunki soliqlar sonini va stavkalarini oshirish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Davlat daromadlari tushunchasini mazmunan ifoda etgan pul munosabatlarining obyekti bo‘lib, turli bosqichlarda va taqsimlash davrlarda har xil moliyaviy shakllarda ifodalangan ijtimoiy mahsulotning qiymatidir (qisman – milliy boylikni). Masalan, davlat korxonalarida taqsimlash obyekti bo‘lib, mahsulot sotilgandan so‘ng tushadigan daromad va quyidagi tarkibiy elementlaridir: foyda, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya ajratmalari va boshqalar. Budjet munosabatlarini obyekti sifatida quyidagi shakllar ko‘rilishi mumkin: foyda va ish haqi, budjet daromadlarini tashkil etish manbai bo‘lgan soliq to‘lovlari. O‘z navbatida davlat krediti munosabatlarining obyekti bo‘lib korxonalarni vaqtincha bo‘sh bo‘lgan moliyaviy resurslari va aholini jamg‘armalaridir. Davlat daromadlarini tashkil etishni asosiy manbai bu milliy daromaddir. Milliy daromad deganimizda, moddiy ishlab chiqarish sohalarida bir yilda yangidan hosil qilingan qiymat yoki yalpi ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan so‘ng qolgan qismini tushunamiz. Milliy daromad moddiy ne’matlar ishlab chiqariladigan sharoitlarda jonli mehnat tomonidan yaratilib, ham qiymat-pul, ham moddiy-buyum shakliga ega bo‘ladi. Milliy daromaddan xalq iste’moli va ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadlarida foydalaniladi. U xalq xo‘jaligining umumlashtiruvchi hamda xalq turmush farovonligining asosiy ko‘rsatkichi.



Davlat daromadlari hamma manbalarini ikki guruhga ajratish mumkin – ichki va tashqi. Ichkiga, davlatni ichida vujudga kelgan va davlatni o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalanadigan milliy daromad va milliy boyliklar kiradi. Tashqiga esa, davlat zayomlari shaklida boshqa davlatni milliy daromadi va ayrim hollarda milliy boyligi kiradi, agar ular davlat zayomlari shaklida qarzga olinsa yoki reparatsion (urushda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun yig‘ilgan va urush chiqishiga sababchi bo‘lgan davlat tomonidan yengan davlatga to‘lanadigan tovon) to‘lovlar shaklida bo‘lsa. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat daromadlarini yig‘ish uchun asosiy usullaridan biri – bu turli ko‘rinishlardagi soliqlar, zayomlar va emissiyadir. Davlat daromadlarini yig‘ish usullaridan biri – bu emissiyadir va faqat qog‘oz pullar emas, balki kredit emissiyasi ham. Soliq va zayomlardan tushgan daromadlar o‘sib borayotgan xarajatlarni qoplamagandagina va moliyaviy bozorda yangi zayomlarni chiqarish uchun noqulay ahvol tug‘ilganda davlat emissiyaga murojaat qiladi: ham qog‘oz pul, ham kredit emissiyasi. Davlat daromadiga moliyaviy resurslarni emissiya hisobiga jalb qilish eng noiloj paytlarda amalga oshiriladi. Qachonki soliqlardan tushadigan daromadlar va zayomlar davlat xarajatlarini qoplay olmasa, ya’ni moliyaviy bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda qog‘oz pullar emissiya qilinadi. Qog‘oz pullar emissiyasi qachonki xo‘jalik subyektlari ishlab chiqarish aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda iqtisodiy samara beradi. Agarda budjet taqchilligini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash maqsadida qog‘oz pul emissiyasi amalga oshirilsa, milliy valyutaning qadrsizlanish jarayoni tez sur’atlar bilan ko‘tariladi. Pirovardida daromadi cheklangan aholi qatlami bundan qattiq moliyaviy aziyat chekadi.


Download 21,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish