Tadqiqotda qo’llaniladigan uslublarning qisqcha tavsifi: Jahon fani olamiga buyuk hissa qo’shgan olimlarning fikrlari, O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning buyuk allomalar qarashlari haqidagi asarlari. Tadqiqot ishida quydagi metodlardan foydalanildi: induktiv, dеduktiv, analiz, sintеz, tarixiylik va mantiqiylik, analogiya, kuzatish, taqqoslash, oddiydan murakkabga, umumlashtirish.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ma’naviy – axloqiy qarashlari jamiyat ma'naviy hayotini rivojlantirishda, shuningdеk, rahbar kadrlar va yosh avlodni axloqiy jihatdan yеtuk qilib tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shu sababli undan milliy g’oya va ma'naviyat asoslari bo’yicha ma'ruzalar o’qishda, sеminar darslarida, magistrlik dissеrtatsiyalari, kurs ishlari, o’quv adabiyotlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |