Alisher navoiy asarlarining yuksak ma`naviyatli avlod tarbiyasidagi muhim ahamiyati



Download 35,42 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2022
Hajmi35,42 Kb.
#580781
  1   2
Bog'liq
MAQOLA Xojiboyev Ahmadjon


ALISHER NAVOIY ASARLARINING YUKSAK MA`NAVIYATLI AVLOD TARBIYASIDAGI MUHIM AHAMIYATI
Xojiboyev Ahmadjon Abdulhoshim o`g`li,
Namangan Muhandislik-Qurilish instituti


Annotatsiya: Mazkur ilmiy ishda buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiyning boy ilmiy me`rosidagi inson kamoloti bilan bog`liq masalalar, ko`plab dalillarga tayanib ularning shu kunlardagi tarbiyaviy ahamiyati, zamonaviylik tamoyillariga tayanib tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: Ma`naviylik, Ezgulik, Falsafiylik, Barkamollik, Taraqqiyot, Tashabbuskorlik, Barqarorlik, Adolatlilik, Donishmandlik, Salohiyat.

Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo`llari va boy ilmiy-ma`naviy meroslarini har tomonlama chuqur o`rganib, keng xalq ommasiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Istiqlol yillarida bu muhim va dolzarb masalalar bo’yicha e’tiborga molik ko’plab salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.


O’zbek xalqining ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy me’rosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralirini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz. Marhum birinchi prezidentimiz I. A. Karimov o’zlarining “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarlarida Alisher Navoiyga “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni” deb ta’kidlab o’tganlar.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy ma’daniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, shonu-sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat bilan qaramasa.
Alisher Navoiy o’z asarlarida insonni ikki olamning sarvari, Allohning dunyoni yaratishdan ko’zlagan oliy maqsadi yanglig’ qalamga oldi. Shunday ekanmi, demak, inson umrini ezguliklarga intilib o’tkazishi kerak. Allohning undan kutgani – shu. Demak, shunday g’oyalarni tarannum etgan buyuk qalb egasining o’z hayotida ham mazkur aqidalarga mos ishlar qilishi tabiiy edi. Adolatli va donishmand bir davlat arbobi sifatida Navoiy o’z davrining yirik shaxsiga aylandi. XV - asr forsiy–turkiy madaniyatlar ravnaqida uning ulkan o’rni bor. Navoiy Xuroson davlatining ma’naviy homiysi edi. Fan va madaniyatning turli sohalari vakillari buyuk rahnamo Alisher Navoiy atrofida uyushgandi. Zahiriddin Muhammad Bobur ta’rifi bilan aytganda “ Har kishingkim, bir ishga mashg’ullig’i bor edi, himmati va niyati ul edikim, ul ishni kamolga tegurgay” Ilmu adab va hunar ahlining o`zini imkoni qadar yuksak darajalarda kamolga yetkazishda Navoiyning ham hissasi beqiyos bo`lgan. Inson qalbining quvonchu qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek te`ran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ongu shiorimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Alisher Navoiy ijodining yuksak cho`qqisi “ Xamsa” asaridir (1483-1485), shoir birinchilardan bo`lib, turkiy tilda shunday ko`lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu to`plamni Nizomiy Ganjaviyning “Panj Ganj” (“Besh Xazina”) asariga havas sifatida yozilganligini o`quvchilarga anglatmoq maqsadida “Xamsa” ning kirish qismida: “Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq” deya ta`kid etadi.
“Xamsa” tarkibiga “Hayrat ul-abror” “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, ”Sab`ai Sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlari kiradi. “Hayrat ul- abror” da hamd, munojot, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo`lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma`rifiy, axloqiy munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, odob, insof, mantiq, taqvo yo`lida ulusdan o`ta olmaganini anglatish bilan o`zining adolatli Shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
“Farhod va Shirin “da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o`sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o`zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. ”Layli va Majnun” dostonida arab ertaklari orqali ma`lum syujet o`zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma`naviy zamin bo`ldi “Xamsa” tarkibidagi “Sab`ai Sayyor” va “Saddi Iskandariy” da shohlik bilan bog`liq masalalarni birinchi o`zinga olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an`anasida o`zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va orginalligi bilan ajralib turadi.
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan bo`lsa-da, maxsus “Lisson ut tayr” dostonida (1499), “Nasoyim ul-Muhabbat” (1495-96) da, “Tarixi anbiyo va hukamo (1985-1488), “Munojot” singari asarlarida aks etgan. “Lison ut- tayr” da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlari, inson, tabiat va hayot haqidagi qarashlarini, fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan Navoiy me`rosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy – siyosiy, axloqiy- ta`limiy va falsafiy yo`nalishlardir.
“Mahbub ul- qulub” (1500-1501) Navoiyning so`nggi yirik asari bo`lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti davomida kuzatishlari, to`plagan boy tajribasi o`z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda “Soriun – nosning af`ol va ahvolining kayfiyati” (1), axloqiy muammolar (2) “mutafarriqa favojit va amsol surati”(3) masalalari ifodalangan.
"Xamsatul-mutahayyirin"("Besh hayrat", 1494) asarida ustozi va do'sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari,asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi."Holoti Sayyid Hasan Ardasher" (1488-89), "Holoti Rahlavon Muhammad" (1493) asarlari manoqib- holot yo'nalishida bo'lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan."Majolisun-nafois" (1490-91, 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo'lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma'lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo'lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to'rtinchi majlisda, beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma'lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan. Navoiy "Muhokamatul- lug'atayn" asarini o'z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag'ishladi. Jonli xalq tilida qo'llanilgan ko'plab so'zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo'llanilishiga sababchi bo'ldi. O'zigacha ishlatilgan so'zlarni yangi ma'no qatlamlarini ochdi. O'zbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshg'ariydan so'ng ilmiy asosga soldi. O'zbek va boshqa turkiy xalqlar tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo'ldi. Aruz nazariyasiga bag'ishlangan "Mezonul-avzon"(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og'zaki she'riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o'rgandi.Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she'riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To'qqizta yangi vazn va she'riy shaklni aniqladi. Navoiyning ilmiy-filologik me'rosini muntazam tadqiq qilish XX asrning 20-yillarida yo'lga qo'yildi. Bu yo'nalishda Fitrat, Oybek, A. Sa'diy, O. Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullayev kabi adabiyotshunos va A.K Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari e'tiborga molik.
"Vaqfiya" (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag'i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo'nalishda madrasa va xonaqohlarda o'rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi.
Navoiy o'z ixtiyoridagi mablag'lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy- madaniy binolar va bog'larni sanab o'tdi. Asar Navoiy va Husayn Bayqaro munosabatlarini o'rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Tarix va iqtisod yo'nalishidagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Y.G'ulomov V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o'rganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o'rin oldi.
Dunyo ilm fanining rivojlanishiga o'zlarining yuksak ilm salohiyatlarini qo'shgan buyuk allomalar yurtida yashar ekanmiz, biz yoshlar buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy me'rosini o'rgangan holda ilm fanning rivojlanib, yanada taraqqiy etishi uchun o'z hissamizni qo'shmog'imiz darkor. Bizningcha yoshlar salohiyatiga mos, tarixiy haqiqatni aks ettiruvchi ilmiy ma'rifiy ishlarni chop ettirishni yanada ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, biz yoshlar ma'naviy kamoloti bugungi globallashuv davrida barcha masalaga yagona yechimdir. Zero, ajdodlarimiz ham ilm bilan najot topdilar, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashdilar, ilmni najot bilib, barchani unga da'vat qildilar. Shunday ekan, oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biri- ulug' ajdodlarimizning boy ilmiy me'rosini tushunarli tarzda yozilgan kitoblar orqali aholi, xususan, yoshlarga yetkazishdir. Umuman, O'zbekiston ming yillar davomida Buyuk Ipak yo'lini muhim qismi bo'lgan.
Bu yerda savdo-sotiq, ilm- fan, madaniyat, ma'rifat markazlari hamisha taraqqiy etgan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan diniy- ma'rifiy sohada shuningdek ilm-fan sohasida ham olib borilayotgan ezgu tashabbuslar ham tom ma'noda dunyo mamlakatlarida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik hamda ma'rifat tarqatishning asosi bo'lib xizmat qiladi.



Download 35,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish