Асосий қисм



Download 401,5 Kb.
bet1/11
Sana08.08.2021
Hajmi401,5 Kb.
#141779
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tahliliy va badiiy publitsistik janrlar


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI

O’simliklar himoyasi va agrokimyo faqulteti

MAVZU: “Tahliliy va badiiy publitsistik janrlar”



Bajardi: ______________

Ilmiy rahbar: ______________

АNDIJON -2021
Reja:

Kirish

  1. Janr tushunchasi va mazmun mohiyati

  2. Tahliliy janrlarning turlari va xususiyatlari

  3. Publisistik uslub (gazeta tili) va badiiy uslubning xususiyatlari

  4. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi

Xulosa

Foydalanilgan adabiotlar

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Bu hayot tasdiqlagan, o’zimiz shohid bo’lib, ishtirok etayotgan haqiqatdir.Mamlakat tarixi hech vaqt hozirgichalik ommaviy axborot vositalari e’tibor topmagan.Tarixda ilk bor OAV uchun huquqiy asoslar yaratilganligi, jurnalistning erkin ijod qilishi uchun qonunlar qabul qilinganligi sababli, jurnalistikaning rivoj topmoqda.Bugungi kunda jahon axborot maydonida raqobat qila oladigan, milliy o’zbek jurnalistikasi vujudga kelganligi, Milliy matbuot markazi,O’zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Elektron OAV Milliy Assotsiatsiyasi kabi jurnalistlar faoliyatini qo’llab quvvatlaydigan tashkilotlar barpo etilganligi ham istiqlol berganne’matdir.OAVni ‘’to’rtinchi hokimiyat deb ataydilar.Biz jurnalistlar ham mamlaktimiz matbuoti, radio,televideniyasini amalda ‘’To’rtinchi hokimiyat’’ darajasiga yetkazish yo’lida astoyidil harakat qilishimiz lozim. Buni esa muhtaram

Prezidentimiz tabiri bilan aytganda ‘’Axborot erkinligini ta’minlamasdan,OAV ni odamlar o’z fikri va g’oyalarini,sodir bo’layotgan voqealarga erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib,amalga oshirib bo’lmaydi.’’ Yurtboshimiz bu vazifalarni amalga oshirish uchun fikr yuritar ekanlar, eng avvalo, OAV iqtisodiy erkinligini ta’minlash lozim va shu munosabat bilan jamoatchilik fondini ilgari surish fikrini aytib o’tdilar. Bu- mamlakatimiz jurnalistlarining ko’nglidagi orzu edi. Bu fikrni biz katta mamnuniyat va minnatdorlik bilan qarshiladik. Zero, bu fondning tashkil etilishi mamlakatimizda iqtisodiy jihatdan o’zini o’zi taminlay oladigan elektron, bosma va boshqa turdagi, shu jumladan,xususiy axborot vositalarini o’z ichiga oluvchi davlat va nodavlat OAVning yaxlit tizimini shakllantirish jarayonini qo’llab quvvatlashga yordam beradi.Bozor iqtisodiyotining murakkab jarayonini o’z boshidan kechirayotgan matbuot faoliyatiga birmuncha yengillik baxsh etadi. Malumki,hech bir soha rivojini malakali va yetuk mutaxassislarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Matbuot, jurnalistikaham bunday istisno emas.Kadrlar malakasini oshirish bugungi kunning emas, balki ertangi kun talabiga javob beradigan jurnalistlar tayyorlash oldimizda turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Tashkilqiladigan fond mablag’laribu sohaga ham yo’naltirilishi,ijodkorlarimiz nafaqat mamlakatimizda, balki, xorijdagi e’tiborli axborot markazlari, agentlik malaka oshirishlari, xorijlik hamkasblaribilan tajriba almashishlari,jahondagi nufuzli jurnalist tashkilotlar bilan aloqalarni yo’lga qo’yish mamlakatimiz OAV taraqqiyoti,uning jahon miqyosida o’z nufuziga ega bo’lishiga xizmat qiladi. Bu borada keyingi yillarda kitoblar,ko’plab ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Jurnalistikaning rivojiga ‘’O’zbekiston matbuoti‘’jurnali katta hissa qo’shdi. Lekin bular jurnalistika nazariyasi bo’yicha, uning barcha qirralarini kengroq yoritishdek qamrovli vazifani bajaradi, degan so’z emas.Bu sohadagi mazkur bo’shliqni to’ldirish lozim.Shu o’rinda kamchiliklardan xoli bo’lmagan, lekin dastlabki qadam sifatida mamnuniyat bilan etirof etishimiz lozim bo’lgan darslik tug’ilgani maqtovga loyiq.O’zbekiston mustaqillikga erishganligidan so’ng, alohida etibor qaratilgan sohalardan biri ma’naviyatdir. Zero ma’naviy hayot moddiy hayotdan kam bo’lmasligi kerak.

Ma’naviyatni yuksaltiruvchi vositalardan biri matbuotdir.Uning ravnaqi yurtimiz istiqboliga xizmat qiladi. Jurnalistlar o’z mehnatini yuzaga chiqarishda jurnalistika janrlarining o’rni beqiyos. Chunki biror bir yangilikdan ommani xabardor qilishda axboriy janrlardan foydalaniladi.Ko’pincha jamiyat hayotida yuz berayotgan voqeava hodisalarni xabar, reportaj, suhbat,hisobot shaklida beriladi. Tahliliy janrlarda barcha uchun dolzarb hamda muammoli mavzular yoritiladi. Unda har bir sohadagi yutuqlar va kamchiliklar kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi. Badiiy publitsistik janr o’zining voqea hodisalarni badiiy ta’sirchanlik va keng mushohada bilan yoritganligi sababli boshqa janrlardan ajralib turad



Axborot oqimi nihoyatda kuchaygan davrda uni tezkor, aniq, mazmunli, qisqa va ta’irchan ifodalash eng muhim muammolardan biriga aylanib boraveradi. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari(OAV)ning jamiyatdagi roli ulkan. Chunki mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularning samarasi haqida aholiga keng, aniq, tezkor ma’lumotlar berish, kishilarni yangi rejalar sari yo`naltirishda o`z vazifasini munosib bajarib kel-moqda. OAV vositalari jamiyatimizdagi uch hokimiyat – qonun chiqaruvchi, ijro va sud tizimi bilan birga islohotlarni yoritish, aholini xolis axborot bilan ta’minlash, kishilar ongini shakllantirishda Hukumat va xalq o`rtasida o`ziga xos ko`prik vazifasini bajarmoqda. OAVga qo`yiladigan asosiy talablardan bir tezkor, xolis va ta’sirchan axborot yetkazishdir. Uning ana shu xususiyatlarini davr talabi asosida o`rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta’sirchan axborotni ta’minlashda gazeta sarlavhalarining ham ma’lum darajada o`rni bor. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub islohotlar sabab OAVda janrlar imkoniyatlaridan keng foydalanish, materiallarning mazmun-mundarijasini boyitish, axborotlarning ta’sirchanligini oshirish sohalarida katta ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. Gazeta sarlavhalarining o`ziga xosligini ta’minlashga, ularning reklamaliligini oshirishga xizmat qiluvchi til vositalaridan foydalanishga e’tibor kuchaydi. Sarlavha ta’sirchanlikni oshirishda gazeta tilida muhim stilistik vosita hisoblanadi. Istiqlol yillari gazeta sarlavhalarining stilistik xususiyatlarini o`rganish sohasida maxsus ilmiy tadqiqotning hozircha yaratilmaganligi bu sohada izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Jamiyat uchun munosib fuqarolar, eng muhimi, barkamol insonlarning tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni nihoyatda katta


Download 401,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish