Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 16 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 24 fevralda ma'qullangan



Download 29,5 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi29,5 Kb.
#1602
AVTOMATLASHTIRILGAN BANK TIZIMIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH TO'G'RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 16 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 24 fevralda ma'qullangan

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'rg'isidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi

Avtomatlashtirilgan bank tizimi bank faoliyati sohasida axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish uchun mo'ljallangan axborot tizimidir.

4-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishning maqsadlari

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

banklarning axborot xavfsizligini ta'minlash va bank sirini muhofaza qilish;

axborotning tarqalib ketishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, buzib talqin etilishi, to'sib qo'yilishi, qalbakilashtirilishi va undan o'zgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish.

5-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish:

axborotni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;

sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish;

avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish;

avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot to'plashga doir faoliyatni va unga ishlov berish usullaridan foydalanishni muvofiqlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi.

6-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan foydalanish

Avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot mulkdorining ruxsati bilan axborotdan foydalanadi.

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo'l qo'yiladi.

7-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori

Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori yuridik shaxs bo'lishi kerak.

Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi.

Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdorini va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchini avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotga ishlov berish usullarining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida xabardor qilishi, axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi esa taklif etilgan ishlov berish usullarining qo'llanilishiga rozi ekanligini va e'tirozlari yo'qligini tasdiqlashi shart.

Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini ta'minlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining barcha hollari to'g'risida xabardor qilishi shart.

Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori davlat sirlarini o'z ichiga olgan yoki maxfiy hisoblangan axborotning muhofaza qilinishini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ta'minlashi shart.

8-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini sertifikatlashtirish

Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini, shuningdek, bu tizimning davlat sirlarini o'z ichiga olgan yoki maxfiy hisoblangan axborotga ishlov beruvchi muhofaza vositalarini (shu jumladan kriptografiya vositalarini) sertifikatlashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

9-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va banklarda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi kerak.

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati:

axborotning saqlanishini ta'minlash ustidan nazoratni tashkil etadi;

axborotni muhofaza qilish masalalarida uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi;

avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish tizimini loyihalash, sinovdan o'tkazish va qabul qilib olishda ishtirok etadi;

avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar bo'lganligi, unga boshqacha shaklda aralashilganligi aniqlanganda hamda tizimning ishlash qoidalari buzilganda mazkur tizimdagi axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko'radi;

axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarining holati va samaradorligini tahlil etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

10-modda. Nizolarni hal etish

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

11-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

12-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.



 

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV

Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish