Axborot texnologiyalari



Download 111,5 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi111,5 Kb.
#1565
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus,

kasb-hunar ta`limi boshqarmasi

Koson kompyuter texnologiya kasb hunar kolleji



UMUMTA`LIM FANLAR

kafedrasining

o`qituvchisi

Mirzayev

Mirzamurodning



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

fanidan


MA’RUZA MATNLARI TO’PLAMI

Koson– 2011 yil.



ANNOTATSIYA

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Muallif: Mirzayev Mirzamurod
Taqrizchilar:

  1. Mamatqulov Ulug`bek

  2. Muhammatov Asror

  3. Xushvaqtov Shodi


Ma`ruzalar matni “Umumta’lim fanlar” kafedrasining 20__ yil __ avgustdagi

___-sonli yig`ilishida muhokama qilingan va o`quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilingan.

KIRISH.

Ma`ruza matnlari O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus ta`lim vazirligining Oliy o’quv yurtlari boshqarmasida tasdiqlangan namunaviy o’quv dastur va kafedrada ishlab chiqilgan ishchi o’quv dastur asosida to’zilgan.


Kollejning «Axborot texnologiyalari» fanidan II kurs hamma o`quv yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Ma`ruza matnlari umumta`lim fanlar kafedrasining uslubiy seminarida ko`rib chiqilgan.
Ma`ruza matnlari Umumta`lim fanlar kafedrasi uslubiy komissiyasida ko`rib chiqilgan.
Tuzuvchi: Mirzayev Mirzamurod

Taqrizchi: ____________Umumta`lim fanlar kafedrasi mudiri

Xushvaqtov Sh.

____________ Kollej informatika fani o`qituvchisi

Mamatqulov U.

____________ Kollej direktorining o`rinbosari

Muhammatov A.

Tasdiqlayman___________

Kollej direktorining

o’quv ishlari bo`yicha
muovini Ro’zimurodova O

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (40 soat)




Mavzularning nomlari

Soat

Dars sanasi

Adabiyot

Eslatma










1-bob. Axborot texnologiyalari fanining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati



Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.

2










2-bob. Kompyuterga xizmat ko’rsatish



Qattiq diskga xizmat ko’rsatish va kompyuter foydalanuvchisiga mos muhit yaratish.

2










3-bob. Fayllarni arxivlash



Arxiv fayl tushunchasi.

2












Arxivlash dasturlar.

2












Fayllarni arxivlash va ochish.

2










4-bob. Kompyuter viruslaridan saqlanish



Virus tushunchasi va ularni davolash.

2












Antivirus dasturlar.

2










5-bob. Ma`lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari



Ma`lumotlar ombori tushunchasi.

2












Ma`lumotlar omboriga ma’lumotlarni qo’shish va chiqarish.

2












Ma`lumotlar ombori bilan ishlash dasturlari.

2












Ma`lumotlar fayli bilan ishlash.

2










6-bob. Axborot tizimlarini to’zish va undan foydalanish



Axborot tizimlari haqida tushuncha

2












Axborot tizimlarida ma’lumot almashish

2












Axborotni avtomatik izlash

2










7-bob. Model va modellashtirish asoslari



Boshqarish nazariyasi elementlari va model tushunchasi

2












Fizik jarayonlarni modellashtirish.

2










8-bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari



Kompyuter tarmoqlari

2












Internet haqida tushuncha

2












Internetda ishlash asoslari

2










9-bob. O’zbekistonda kompyuter tarmoqlari.



O’zbekistonda kompyuter tarmoqlari.

2










Jami:

40











I BOB AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING JAMIYATDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

1-mavzu. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.

Reja:


  1. Axborot texnologiyalari tushunchasi.

  2. Axborot texnologiyalarining jamiyatdagi o’rni.

  3. Axborot globallashuvi.

O’zbekiston Respublikasi jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda fahrlana oladi. Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differentsi­al tenglamalar va matematik fizika, funksional tahlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashhur" deb yozadi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov.


Axborot texnologiyalari haqida tushuncha

Yangi o'quv fani bo'lgan «Axborot texnologiyalari» fanida axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta isvlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o'rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog'liq.

«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos» - san'at, hunar, soha va «logos» - fan degan ma'noni bildiradi. Ya'ni texnologiya - biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi.

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir .

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsif1ash mumkin:



Ichki omillar - bu axborotlarning paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik - uskunaviy vositalar - orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit'a)da yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, dey1ik. Buni turli yo'llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o'rtog'ingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtog'ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:

1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda);

2) telefon tarmoqlari orqali (og'zaki);

3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.

Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, Bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira o1mas1igingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog'liq.

Pirovardida, o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) va sifati yuqori bo'lgan usulni belgilab olasiz.

Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko'rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonayiy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko'nikma va maloqalariga bog'liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o'zi nimaligini bilib olishingiz kerak.

Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savol1ar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samarador1igini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada aytomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi va pirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan texnik jihozlarni harid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o’rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan - yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.

XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Vi esa, o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sir1arini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'nalishida katta tadbir1ar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda Bu dasturning tub mohiyati bauon etilgan. Shuningdek, so'nggi 5-6 yil ichida Bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.

Endi «Axborot texnologiyasi» fanining mohiyatini yoritishga o'tamiz.

Kundalik turmushda turli ko'rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig'ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik harakteristikalarga ega bo'lgan axborot qurilmalari kerak bo'ladi.

Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o'ta kuchli protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruychi qurilma bo'lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma'lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.

Hozirgi kunda ta'lim sohasida o'qitishni avtomatlashtirishga katta e'tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O'qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish murnkin:

a) ta'lim tizimining barcha pog'onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo'g'inligini ta'minlash;

b) barcha sohalar bo'yicha bilim berishda axborotlashtirishni riyojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;

d) axborotlashtirish sohalarida me'yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.);

e) texnik ta'minotni - kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilrnalari (fotoapparatdan rnikroskopgacha), ularga xizmat ko'rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

f) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun'iy yo'ldoshlari va boshqa aloqa kana11ari) tarmoqlari;

g) ta'minot resurslari (dasturiy ta'minot, internetdagi axborotlar majmui, ma'lumotnomalar va h.k.).

Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o'z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektlari haqida gap yuritamiz.

Bunday obyektlarga sonlar (o'lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar , chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.

Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot obyektlarini yaratish, kerakli axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko'rinishda tasyirlash, axborot obyektlarini (matn, suhbat, rasm, o'yin va boshqa ko'rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, obyektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Axborot texnologiyasi modellari tiauuap amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o'zlashtiriladi. Vi jarayon quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va oYoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ulaming dasturiy ta'minoti;

- uskunayiy, dasturiy ta'minot;

- virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va h.k. ;

- axborotlar majmui - ma'lumotnomalar , ensiklopediyalar , virtual muzeylar va h.k.;

- texnik ko'nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalami dastlabki o'zlashtirish va h.k.)



AXBOROT SOHASIDAGI GLOBALLASHUV

U orqali yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolardan imkon qadar o’zimizni himoya qilishimiz lozim.

O’tgan asrning oxirlarida shunday axborot vositasi yaratildiki, bu hodisa jahon axborot olamida o’ziga xos burilish yasadi. Bu yangi kommunikatsiya vositasi — internet edi.

Bundan yigirma yil muqaddam dunyoda jami to’qson ming internet foydalanuvchisi bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda dunyo aholisining oltidan bir qismi ushbu tarmoq imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Netcraft kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, 2007 yilda internetdagi saytlarning umumiy soni 155 milliontaga etgan. 2008 yilning oxiriga kelib bu ko’rsatkich 195 milliontadan oshgan. Shuning o’zi xalqaro “o’rgimchak to’ri»ning nechog’li shiddat bilan rivojlanayotganligini ko’rsatib turibdi.

Ayni paytda zamonaviy fanlar o’rganayotgan masalalar orasida globallashuvdan dolzarbroq mavzuni topish mushkul. Chunki uning texnologik, moliyaviy-siyosiy, madaniy, ekologik va ijtimoiy jihatlari bilan nafaqat rivojlangan mamlakatlar, balki butun dunyo yuzma-yuz turibdi. Ayniqsa, axborot sohasidagi globallashuv insonlar hayotini tubdan o’zgartirib yubordi. Hozirgi kunda axborot mahsulotlarining dunyo bozoridagi daromadi «qora oltin», samolyotsozlik va avtomobilsozlik kabi sohalar daromadidan ham oshib ketdi.

Axboriy globallashuv barcha xususiy shaxslar, kompaniyalar va birlashmalarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni samarali hal etishda ulkan imkoniyatlar yaratadi. Insoniyatning bilimi o’sishida, savdo-tijorat, marketing, turizm va boshqa ko’plab sohalarni o’zlashtirishda internet imkoniyatlari va xizmatlaridan ko’z yumib bo’lmaydi.

Birinchidan — axboriy globallashuv natijasida bir millat ongiga boshqa bir millat madaniyati, urf-odati va hayot tarzi singib borishi mumkin. Bunda kinofilmlar, teleseriallar, qo’shiqlar va kliplar alohida o’rin tutadi. Ikkinchidan — axboriy globallashuv natijasida jahondagi kamsonli xalq tillarining mavqei pasayishi, hattoki, ayrimlarining yo’qolib kyetishi kuzatilmoqda.

Aytishlaricha, er yo’zida har ikki haftada bitta til yo’qolayotgan ekan. Bu ko’rsatkich axboriy globallashuvning naqadar xavfli tus olganligini ko’rsatadi.

Uchinchidan — axboriy globallashuv natijasida bir qator yirik davlatlar dunyo axborot olamida hukmronlikka intila boshlaydilar. Natijada davlatlar bir-birini ichki va tashqi axborot bozoridan siqib chiqarishga urinadi. Oqibatda esa davlatlararo axborot ko’rashi boshlanadi. Bu urushdan asosiy maqsad axboriy-psixologik sohada siyosiy ustunlikni ta’minlashdir.

Axborot urushining makoni mavjud emas va u oddiy urushdagi kabi dengiz yoki quruqlikda olib borilmaydi. Bu urush axborot texnologiyalari yuksak bo’lgan, ommaviy axborot vositalari rivojlangan hududlarda mavjud. U xuddi «tinch urush» singari faqat g’oyaviy shaklda olib boriladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, axborot sohasida globallashuvning foydali va ayni paytda o’ta xavfli jihatlari mavjud. Biz to’g’ridan-to’g’ri masalaning echimiga to’xtalmoqchimiz: xo’sh, mana shu salbiy jihatlardan himoyalanish uchun nima qilmoq kerak?

Eng avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, litsey va kollejlarda milliy istiqlol g’oyalari masalalariga e’tiborni kuchaytirish lozim. Yoshlarimizni ma’nan va ruhan sog’lom tarzda tarbiyalamog’imiz kerak. Ularni shunday tarbiya qilaylikki, duch kelgan yot fikrni o’zlariga o’rnak sifatida qabul qilib olishmasin. Ma’naviyati yuksak yoshlar nimani qabul qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Axboriy globallashuvni to’xtatib bo’lmaydi, biroq u orqali yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolardan imkon qadar o’zimizni himoya qilishimiz lozim. Bunga qarshi himoyalanish jamiyatning ma’lum qatlamlari uchungina emas, barchamizning birdek vazifamiz ekanligini unutmaylik.


Tayanch iboralar: Axborot texnologiyalari, Axborot texnologiyasi, texnologiya, ichki omil, tashqi omil.

Nazorat savollari

1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?

2. Ichki va tashqi omillar bir-biriga bog’liqmi?

3. Axborot globallashuvi nima?
Topshiriqlar

1. O`tilgan mavzuni o`qib kelish.

2. Keyingi yangi mavzuga tayyorlanib kelish.
Adabiyotlar:

  1. S. S. G’ulomov va boshq. Iqtisodiy informatika. Toshkent, «O’zbekiston», 1999

  2. S. S. G’ulomov va boshq. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent, «O’zbekiston», 2000.

  3. V.A. Kaymin, B.S. Kasaev. «Informatika: praktikum na EVM» Uchebnoe posobie. Moskva «Infra – M» 2001.

  4. A.D. Xomonenko. Osnovi sovremennix kompyuternix texnologiy. S.-Peterburg.1998.

  5. E. Nechaeva. «Personalniy kompyuter, Internet i Elektronnaya pochta» Moskva «Mayor» 2001.

Ushbu ma’ruza matnlari to’plami “Axborot texnologiyalari” fani bo’yicha 2010 yilgi dastur asosida tayyorlangan. Bundan tashqari “Axborot texnologiyalari” fanidan Dastur, Ishchi dastur, Test savollari, Dars reja mavjud. Matnning qolgan qismini olish uchun muallif bilan bog’laning.
+99875 3132322
Download 111,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish