Bajardi: bet-50 Hasanov Elbek



Download 3,25 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#218099
Bog'liq
bet50 hasanov elbek mustaqil ish


Mavzu:Pulning zarurligi, mohiyati, funktsiyalari

Bajardi:bet-50 Hasanov Elbek

Reja:

1. Pulning vujudga kelishi



2. Pulning rivojlanish tarixi

3. Pulning funktsiyalari



Pul — bu boshqa ne’matlarning qiymatini o‘lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir. Pul — bu mutloq likvidlilikka ega bo'lgan ne’matdir. Pul — bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat.

1. Pulning paydo bo’lish tarixi

Shuni ta’kidlash zarurki, tovar ayirboshlash munosabatlari ular paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bozorda umumiy ekvivalent bo‘la oladigan, hamma uchun maqbul qulay tovarni izlashni obyektiv ravishda taqozo etgan. Ma’lumki, turli davrlarda metallar — bronza, temir, mis, kumush, oltin ana shunday ekvivalent bo'lgan. Oldiniga ular taqinchoqlar, qurollar, mehnat qurollari va ko'pincha tasodifiy shakldagi va miqdorlardagi kam ishlov berilgan metall parchalari shaklida qo‘llanilgan. Ular baisoklar, novdalar, plastinalar va yombilardan iborat bo'lgan. Yombilar bilan hisob-kitob qilish uchun ularni tarozida tortishga to‘g‘ri kelgan, lekin ko‘pincha yombilarni birmuncha kichikroq boiaklarga bo'lish zarurati vujudga kelgan.

Universal hisob-kitob ekvivalentiga bo‘lgan ehtiyoj eramizdan oldingi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va larkibli standart- lashtirilgan yombilar paydo bo‘lishiga olib keldi. Birmuncha keyingi davrlardagi yombilarning ayrim turlari ularni bo‘laklarga bo‘lishda qulay bo'lishi uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Biroq, bunday takomillashtirishlar baribir savdogarlarni hisob-kitoblarni amalga oshirishda yombilar va ularning boiaklarini tortib ko'rish zaruratidan xalos etmagan.

Tovar ishlab chiqarishning o‘sishi va tovar ayirboshlashning ken- gayishi, bunday jarayonlarga ko'p sorili hunarmandlar hamda boshqa qatnashchilarning jalb etilishi metall puliarnmg keyingi standart- lashtirilishiga va ular miqdorlarining chakana savdo ehtiyojlariga moslashtirilishiga olib keldi. Taxminan eramizdan oldingi XII asrda Xitoyda, VII asrda esa 0 ‘rta yer dengizi davlatlari — Lidiya va Eginada vazni, miqdori va qotishmalarining tarkibigo ko‘ra bir xildagi metall pullar paydo bo‘ldi. Ular sekin-asta ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay boigan dumaloq shaklga ega bo‘ldi. Ular an’anaviy yombilardan birmuncha kichik oichamlari bilan, shuningdek, ularning to’lovga qobiliyatliligi va asosiy parametrlari (miqdori, qotishmalar tarkibi, vazni) u yoki bu darajada davlat tomonidan kafolatlanishi va muhofaza qilinishi bilan ajralib turardi. Shunday qilib, shu davrdan e’tiboran metall pullar hukmronligining uzoq davri boshlandi.

Bunday pullarda nominallar — metall pulning muayyan vaznli standartini ifodalovchi va pullarning nomlari sifatida muhim o‘rin oigan tushunchalarning paydo boMishi, ushbu pullar evolutsiyasining eng muhim natijalaridan biri edi. Asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan tangalarning nomlari — draxmalar, franklar, markalar, talerlar va boshqa ko‘plab tangalar nomlari — metall pullarning muayyan vaznli mohiyatlarini anglatardi. Pullarning yombilarda bo‘lmagan yangi sifatlari hisob-kitoblarni amalga oshirishda ularni shunchaki oddiy qayta hisoblashga va vaqti kelib ularni tortib ko‘rishdan voz kechishga imkoniyat yaratdi. Belgilar va yozuvlar shunday sifat belgilari bo'lib, ular oldiniga pul birliklarining bir tomoniga, keyinchalik — ikkala tomoniga ham bosilgan. Eramizdan oldingi V asrdan boshlab esa ular majburiy atributlari tusiniolgan

Tanganing ko‘p asrlik tarixida uning turlari ko‘p marta o‘zgardi, liar bir davr unda o‘z «tamg‘asi»ni qoldirdi. Masalan, eramizdan awalgi VII—V asrlardagi eng qadimgi tangalarda faqat bir necha oddiygina chuqurchalarni ko‘rish mumkin. V asrdan boshlab ularda shaharlar nomlarining boshlang‘ich harflari, keyinroq — shaharlar nomlari va hukmdorlar ismlarining qisqacha nomlari paydo bo‘ldi. Qadimgi Rimdagi tangalardagi ayrim raqamlar va harflar tangalarning nominallarini bildirgan. Masalan, 1 raqami bir assni (bir rim funtiga, ya’ni misning 12 unsiyasiga teng bo‘lgan og‘irlik o‘lchamini), S harfi 1/2 asosni anglatgan. Antik Eginaning ilk kumush draxmalarida tosh- baqalar, fors shohi Dariyning (eramizdan awalgi VI—V asrlar) oltin tangalarida esa yoydan o‘q uzayotgan shoh tasvirlangan. Qadimgi Rim tangalarida majusiylar xudolari, qahramonlari va imperatorlari aks ettirilgan. Keyingi davrlar ularning o‘rniga qirollar, shohlar va cherkov iyerarxlari suratlari tasvirlangan.

Manbalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar X asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qog‘ozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar “erkin tanga”, keyinchalik “qimmatbaho qog‘oz tangalar” deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan to‘lov vositalari bo‘lsada oltin yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi.

Qog‘oz pullar kvadrat shaklda bo‘lib, bir tomonida imperatorning nomi va dinastitsiyasi haqidagi ma’lumotlar, ikkinchi tomonida esa “G‘aznachilik boshqaruvi iltimosiga ko‘ra qaror qilindi, hukumronlik qiluvchi imperator tomonidan tasdiqlangan va ushbu yozuv bo‘lgan bu qog‘oz tanga qiymatga ega va haqiqiy kumush tanga qatorida to‘lovga qabul qilinishi shart. Ushbu tartibni buzgan har qanday shaxsning boshi kesiladi” degan mazmundagi so‘zlar bitilgan edi.

Xitoyda muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning hajmi ortib ketganligi va ularni tartibga solish mexanizmlari mavjud bo‘lmaganligi bois juda tez vaqt ichida qadrsizlanib ketadi. Natijada 1500 yillarga kelib qog‘oz pullarni muomalaga chiqarish bekor qilinadi.

O‘zbekistonda qog‘oz pullar1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000,2000, 3000, 5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan. 1920 yilda Buxoro Sho‘ro qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o‘rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi BSXR da 1920 yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‘oz tangalar muomalada bo‘lib keladi, hamda ularni bir oz o‘zgartirilgan holda chiqarish, ya’ni sovet simvolikasi qo‘yilgan holda tanga nomi bilan qog‘oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan. 1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflyatsiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila 3 boshlagan . Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va tsivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.

Pulning mohiyati uning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funktsiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.

muomala vositasi

qiymat o‘lchovi

to‘lov vositasi

jamg‘arma vositasi

Pulning qiymat o‘lchovifunktsiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya’ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, metr o‘lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o‘lchovi bilan og‘irlikni o‘lchagan kabi, pulning qiymat o‘lchovi funktsiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi.

Pulning muomala vositasibozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.

Pulning muomala vositasi funktsiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funktsiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.

Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funktsiyalarini bajarmagan vaqtda jamg‘arma funktsiyasinibajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‘arma funktsiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, pul asosan jamg‘arma vositasi funktsiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi;

– jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda;

– davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;

– xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda;

– kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda;

– korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda;

– va boshqa holatlarda.

Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining ortishi, shuningdek, texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX asrning ikkinchi yarmidan elektron pullar vujudga keldi. Elektron pullarning to‘lov instrumenti bo‘lib – plastik kartalar hisoblanadi.

Plastik karta – bu pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul ko‘rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli to‘lov hujjat hisoblanadi.

Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari juda ko‘p. Xususan:

– kishi 1, 2, 3 mln so‘mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada bunday muammo mavjud emas;

– hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ularni begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona shaxslarni foydalanish imkoniyati juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo‘qotgan shaxs zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish mumkin;

– banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va mijozlarga berish kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi;

– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz to‘lashi mumkin.



Tamom!
Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish