Bir hujayralilar kenja olami. Sodda hayvonlarning umumiy belgilari



Download 22,96 Kb.
bet1/4
Sana30.08.2021
Hajmi22,96 Kb.
#159924
  1   2   3   4
Bog'liq
3-мавзу


3 - ma’ruza.

Bir hujayralilar kenja olami. Sodda hayvonlarning umumiy belgilari.



Reja:

  1. Bir hujayrali hayvonlarning umumiy tavsifi.

  2. Sodda hayvonlar ko’payish usullari

  3. Sodda hayvonlarning xilma-xilligi




  1. Bir hujayrali hayvonlarning umumiy tavsifi.

Bir hujayrali hayvon deganda tanasi bir dona hujayradan iborat bo’lgan organizmlar tushuniladi. Bu hayvon morfologik jihatdan ko’p hujayrali hayvonlarni tanasini tashkil etuvchi hujayralarning bittasini tuzilishiga o’xshashdir, lekin fiziologik jihatdan esa u yaxlit organizmdir. Agarda ko’p hujayrali organizmning hujayralari ma’lum to’qimalar tarkibiga kirib, muayyan vazifani bajarishga ixtisoslashgan bo’lsa, bir hujayrali hayvon tanasini tashkil etuvchi yagona hujayra esa shu hayvon uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy jarayonlarni o’zi bajarishga moslashgan.

Bir hujayrali hayvonlar kichik olami evolyusion jarayonning ma’lum bir nuqtasigacha rivojlanib kelgan guruhi sifatida zoologiya faniga dastlabki ma’lumotlar 17-asrning 70-chi yillarida, mikroskop kashf qilingandan keyingina ma’lum bo’ldi.

Tuzilishi. Bir hujayrali hayvonlarning kattaligi o’rtacha 50-100 mikronga teng. Bu hayvonlar orasida juda mayda (2-5 mikron ) turlari bilan birga, o’lchami 3-5 mm, hatto 2-5 sm keladiganlari ham bordir. Gavda shakli ham turli-tuman, ya’ni yumaloq, ovalsimon, duksimon, ipsimon, yulduzsimon va boshqa shakllarda bo’ladi.

Bir hujayralilarning tanasi ikki asosiy qismdan, ya’ni sitoplazma va yadrodan iborat. Sitoplazma tashqi tomondan nozik elastik parda - pellikula (membrana) bilan o’ralgan. Bu pardaning qalinligi o’rtacha 75 A0 (angestrem) ga teng. Parda uch qavatdan tashkil topgan bo’lib, ikki chetdagilari oqsillardan, o’rtadagisi esa lipid (yog’simon moddalar) dan iborat.

Sitoplazma o’z navbatida ikki qavatdan, ya’ni parda ostida joylashgan ancha quyuq, tiniq ektoplazmadan va donador, ancha suyuq endoplazmadan iborat. Sitoplazmada xilma - xil organoidlar, jumladan mitaxondriylar, endoplazmatik to’r, ribosomalar, Goldji apparati, lizasomalar, hujayra markazi va boshqalar bo’ladi. Sitoplazmada shuningdek, bir hujayrali hayvonlar uchun xos bo’lgan ixtisoslashgan turli shakldagi maxsus organoidlar, jumladan, tayanch va qisqaruvchi tolachalar, ovqat hazm qiluvchi vakuolalar, qisqaruvchi va ajratish vakuollari bo’ladi. Yuqorida qayd qilingan organoidlar bir hujayrali hayvon hayotida ma’lum bir vazifani bajaradi. Masalan, mitoxondriylar energiya bilan ta’minlaydi, endoplazmatik to’r yog’ tomchilarini hosil qilish va tanadan zaharli birikmalarni tashqariga chiqarishni amalga oshiradi; Goldji apparati esa lizosomalarni hosil bo’lishida, organik birikmalarni to’plash va hujayradan tashqariga chiqarish vazifasini o’taydi.

Qisqaruvchi vakuol bitta yoki ikkita bo’lib, moddalar almashinuvida hosil bo’lgan ortiqcha birikmalarni suv bilan birga qo’shib, tashqariga chiqarib, hujayra ichida osmotik bosimni tartibga solib turadi.

Bir hujayrali hayvonlarda yadro bitta, ikkita, ayrim hollarda esa ko’p, ba’zan yuztagacha bo’ladi. U struktur va biokimyoviy jihatdan ko’p hujayrali organizmlarning hujayra yadrosiga o’xshash; lekin yadro suyuqligi (karioplazma) miqdori, shakli, katta-kichikligi, yadrochalarning soni va joylashishi bilan farqlanadi. Yadro ikki qavat nozik pardadan iborat membrana (kariolemma) bilan o’ralgan. Membranada sitoplazma bilan aloqalar bog’lash uchun juda ko’p sonda teshikchalar bo’ladi.

Yadro hayvonning barcha hayotiy funksiyalarida faol ishtirok etuvchi muhim qismlardan biri hisoblanadi.

Bir hujayralilarning maxsus organoidlari qatoriga harakatlanish organellalari ham kiradi. Bu harakatlanish organellalarini uch xili farqlanadi, ya’ni yolg’on oyoqlar (psevdopodiylar), xivchinlar va kiprikchalar. Harakatlanish organellalari protoplazmatik o’simtalar hisoblanib, murakkab tuzilishga egadir.


Download 22,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish