Boshlang’ich sinf ona tili darslarida didaktik jarayonlar butaboyeva Gulshanoy Jamolovna Farg’ona viloyati Yozyovon tumani



Download 19,82 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi19,82 Kb.
#677425
Bog'liq
obraz.21...


BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK JARAYONLAR
Butaboyeva Gulshanoy Jamolovna
Farg’ona viloyati Yozyovon tumani
21 – maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Sodiqova Lola Xolmatovna
Farg’ona viloyati Yozyovon tumani
21 – maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”1.
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqlikni yoritishga yo’naltirilishi lozim.
Ona tili fani darslarida nafaqat ona tili butun fanlarning o’qitishda darslarda psixologik jarayonlar muhim rol o’ynaydi. O’qituvchida pedagogik mahorat bilan birga psixolog bo’lmog’i lozim. Bola psixologiyasini yaxshi tushungan o’qituvchi haqiqiy pedagog bo’la oladi. Har bir darslarda psixologik o’yinlarga bvaqt ajratish darsning qiziqarli bo’lishiga o’quvchining e’tiborini o’ziga tortishga mavzuni yaxshi tushinishga qo’pol qilib aytganda uxlayotgan o’quvchining uyg’otishga juda katta yordam beradi. Va shu bilan birga o’quvchi qachon yana shu darsga kirar ekanmiz degan fikrni uyg’otishga sabab bo’ladi.
Kim hakam” o’yini
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Kim hakam” o’yini olib boriladi. Bunda o’quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O’quvchi fikrini jamlashga harakat qiladi.O’qituvchi tomonidan ma’lumotlar tezkorlik bilan o’qiladi. Bunda har bir guruh a’zolari to’g’ri ma’lumotlar uchun- “qizil kartochka”, noto’g’ri ma’lumotlar uchun-“sariq kartochka”larini ko’tarishadi. Natijalarni aniqlab borish uchun har bir guruhga nazoratchilar biriktiriladi.
Taqdimot-tadqiqot” usuli.
Bu bosqichda har bir guruhdan bir nafar o’quvchi yangi mavzu va yangi mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lash maqsadida doskada taqdimot qilishadi. O’qituvchi tomonidan yangi mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berib o’tiladi.
Piramida” o’yini
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Piramida” o’yini olib boriladi. Bunda To’rtala guruhga alohida mavzular beriladi, guruh a’zolari berilgan mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlarni maxsus kartochkalarga yozishadi va piramida tasvirlangan ko’rgazmaga yopishtirib chiqadilar. Natijalar tekshiriladi noto’g’ri va takrorlangan ma’lumotlar olib tashlanadi va qolgan natijalar hisoblanadi.Eng ko’p ma’lumot yozgan guruhlar taqdirlanadi.Bunda o’quvchilar o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tushunchalarni o’zlashtirib olganlik darajasi aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish , o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish , safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash , shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatadi.
Matn tuzib ko’r, aqling bo’lar zo’r”.
O’quvchilar monitordan uzatilgan rasm asosida, berilgan muddatda matn tuzishadi. Tuzilgan matnda undov, modal, taqlid so’zlar ishlatilishi kerak. Mazmunli va undov, modal, taqlid so’zlardan ko’p ishlatgan matn egalari g’olib bo’lishadi.
Psixologik test. Bunda o’quvchilarning dars jarayonida, hayotda o’zini qanday tutish kerakligi haqida ma’lumot berish. Monitordan ayrim timsollar tasviri ko’rsatiladi. Namoyish qilingan timsollar o’quvchilar tomonidan tanlab olinadi va o’sha so’z ishtirokida bittadan gap tuziladi. Bu gaplari bugungi darsning xulosasi bo’lishi mumkin. Agar o’quvchi tulki rasmini(timsolini) tanlagan va tuzayotgan gapi quyidagicha bo’lishi mumkin.
Masalan, Tulki “voy” deb qochdi.(undov so’z)
O’quvchilar tanlagan timsol nimani anglatishi mumkinligini o’qituvchi monitorda o’qib eshittiriladi va o’quvchilar hukmiga havola qilinadi.

  1. «TOPOG‘ON» o‘yini.

  2. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong‘oq;

  3. .Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;

  4. Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;

  5. Ovchi, muzqaymoq, bo‘ri, hayvonot bog‘i, qafas, daraxt;

  6. Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.



1


Download 19,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish