Boshqaruv hisobi


BOB. BOSHQARUV HISOBIDA XARAJATLARNING O‘RNI VA ULARNI BOSHQARISH



Download 1,19 Mb.
bet20/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

BOB. BOSHQARUV HISOBIDA XARAJATLARNING O‘RNI VA ULARNI BOSHQARISH





    1. §. Boshqaruv hisobini tashkil qilishda xarajatlarni hisobga olish xususiyatlari.

    2. §. Xarajatlar tarkibi.

    3. §. Shartli-o‘zgaruvchan, shartli-doimiy hamda yarim o‘zgaruv- chan xarajatlar.

    4. §. Xarajatlarni hisobga olish, taqsimlash tartibi va usullari. 5 a) illustrativ misollar;

b) test savollari;
v) vaziyatli misollar.


Mavzuning maqsadi


Boshqaruv hisobining muhim vazifalaridan biri – bu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining ishlab chiqarish tannarxini aniqlash hisoblanadi. Operativ va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini yaratish maqsadida xarajatlar tarkibi talqin qilingan.
Aynan ishlab chiqarilayotgan (ko‘rsatilayotgan xizmat yoki bajarilayotgan ish) mahsulot birligi tannarxi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, shu mahsulotning bahosini belgilash, baho bilan tannarxni solishtirib ko‘rib esa, foyda miqdorini aniqlash, rentabellik darajasini hisoblash va h.k.z. Shu maqsadda xarajatlar o‘zgaruvchan, doimiy va yarim o‘zgaruvchanlarga bo‘lib hisoblanishi samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun imkon berilgan.
Mavzu doirasida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash tizimining boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun juda samarali bo‘lgan ikki asosiy turi mohiyati yoritiladi:

  1. Mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtmali usuli.

  2. Mahsulot birligi tannarxini hisoblashning jarayonli usuli.

Bu borada asosiy e’tibor hisobni tashkil qilish texnikasiga, buxgalteriya yozuvlariga va buxgalteriya-o‘zaro aloqalariga ham qaratiladi.


  1. §. Boshqaruv hisobini tashkil qilishda xarajatlarni hisobga olish xususiyatlari


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish juda ko‘p jihatdan xarajatlar hisobi qanday olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xarajatlar hisobining to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil qilinishi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri hamda samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga asos bo‘ladi. Sababi, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha moddiy harakatlarni xarajatlar deb hisobga olishimizdan qat’i nazar, xuddi ana shu xarajatlar tabiati tannarxga kiritilishi, hisobga olinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, kichik xo‘jalik yurituvchi subyekt bir tsexda bir vaqtning o‘zida stollar, stullar va kreslolar ishlab chiqaradi. Bevosita stolni ishlab chiqarishga sarflanayotgan to‘g‘ri xarajatlarni (asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ishchining ish haqi xarajatlari va sh.k.) hisobga olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin, ana shu stolning bir donasiga to‘g‘ri keladigan tijorat, kommunal xizmat va ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlari xarajatlarini hisobga olish uchun qo‘shimcha hisob- kitoblar amalga oshirilishi talab qilinadi.


Xo‘jalik yurituvchi subyektda xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo ana shu xarajatlarni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator tushunchalar mohiyatini to‘g‘ri anglab olish lozim bo‘ladi. Xususan:
Xarajatlarni taqsimlash – bu ishlab chiqarish xarajatlarini aniq xarajatlar obyektiga olib borish jarayonidir. Masalan, bitta ishlab chiqarish joyida bitta mahsulot emas, balki bir necha turdosh mahsulotlar (ishlab chiqarilayapti), stollar, stullar, kreslolar ishlab
chiqarilayapti. Xarajatlarni aynan ana shu obyektlar bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash va taqsimlash bu yerda juda ham muhim.
Xarajatlar obyekti – bu tashkiliy tuzilma, shartnoma yoki boshqa hisob birligi hisoblanib, undan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot olinadi va u orqali jarayonlar, mahsulotlar, ishlar va kapital qo‘yilmalar loyihalarining tannarxi (qiymatlari) o‘lchanadi.
Xarajatlarni taqsimlashning jarayoni uchun zarur bo‘lgan yana bir tushuncha - xarajatlar markazi tushunchasi hisoblanadi. Xarajatlar markazi – bu tashkiliy birlik yoki faoliyat doirasi bo‘lib, aynan shu yerda mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash maqsadga muvofiqdir. Ko‘p hollarda bu nisbatan mustaqil bo‘lmagan kichik darajadagi tarkibiy tuzilma bo‘lib, u ishlab chiqarish uchastkasi, brigada, tsex bo‘lishi mumkin.
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyotida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblashning uchta usulidan foydalanishadi: mahsulot birligi tannarxini barcha xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli; faqat o‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli, shuningdek normativ xarajatlarni kiritgan holda tannarxni hisoblash usuli qo‘llaniladi.
Xarajatlarni guruhlashning barcha ko‘rinishlari turli xildagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni hisobga olishning “to‘liq xarajatlar” usuli xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to‘liq tannarxi qanchani tashkil qilganini ko‘rsatadi. Bu shu xo‘jalik yurituvchi subyektda moliyaviy hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarini olib borish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun, albatta, ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini “o‘zgaruvchan xarajatlar” usuli orqali hisoblash ham joriy qilinishi lozim bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib standart miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

Bu - nisbatan o‘z mustaqilligiga ega bo‘lmagan, lekin oxirgi moliyaviy natijalarni, qilingan xarajatlar, chiqimlarni aniqlashda bularning ham ulushini aniq belgilash lozim bo‘lgan eng quyi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari

Bu – o‘sha joyda qilingan xarajatlar hisobga olinishi lozim bo‘lgan tashkiliy bo‘lim yoki alohida hisobga olinadigan bo‘g‘in

Bu – xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq obyektlar bo‘yicha guruhlash jarayoni
ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari “normativ xarajatlar” usulidan ham foydalaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki realizatsiya hajmi aniq bo‘lgan vaqtda oldindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan xarajatlar normasidan foydalangan holda, imkon qadar aniq belgilash mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish va yuritish maqsadida xarajatlarni ikkita asosiy obyekti guruhiga qarab taqsimlashi lozim: tarkibiy tuzilmalar va mahsulot bo‘yicha.
Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshadi:

    1. xarajatlar markazi bo‘yicha xarajatlarni yig‘ish

    2. yig‘ilgan xarajatlarni tsexda qayta ishlanadigan aniq mahsulotga olib borish.




















Tannarxni barcha xarajatlar bo‘yicha hisoblab topish




Tannarxni kalkulatsiya qilishning “to‘liq xarajatlar” usuli (absorprtion costing)















Tannarxni faqat o‘zgaruvchan xarajat turi bo‘yicha hisobga olish




Tannarxni kalkulatsiya qilishning “direkt- kosting” usuli (direct costing)















Tannarxni belgilangan xarajatlar normasi miqdorida hisobga olish




Tannarxni kalkulatsiya qilishning “normativ xarajatlar” usuli (standard costing)


















Xarajatlarni iloji boricha aniq, aynan mahsulot birligiga to‘g‘ri


kelgunigacha aniqlash



Ana shunday mahsulot birligining tannarxini (MBT) quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:



Ishlab chiqarish tannarxi

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish