Boshqaruv hisobi


Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan proporsional o‘zgaradigan xarajatlar



Download 1,19 Mb.
bet24/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan proporsional o‘zgaradigan xarajatlar

Mahsulot tannarxiga kiruvchi

    1. to‘g‘ri moddiy xarajatlar ( xom ashyo, materiallar)

    2. to‘g‘ri mehnat xarajatlari (ish haqi, ish haqidan ajratmalar)

    1. ba’zi umumishlab chiqarish xarajatlari (yoqilg‘i-moylash, elektr enegiya va sh.k.)


Davr xarajatlariga kiruvchi

      1. mahsulotlar realizatsiyasi (tijorat) bilan bog‘liq ba’zi xarajatlar (mahsulotni o‘rash,

joylash, yuklash)




      1. ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining ayrimlari


O‘zgaruvchi xarajatlarning standart miqdorlari xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlatayotgan resurslar sarfi me’yorlarigagina bog‘liq bo‘lsa, doimiy xarajatlar esa ham (nafaqat) resurs sarfi me’yorlariga, shuningdek amaldagi xarajatlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, doimiy xarajatlardan ayrimlari resurslar sarfi me’yorlari orqali hisoblansa, qolgan bir qismi faqat amalda qilingan xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Doimiy xarajatlarning shu ikkinchi qismi standartini aniqlashda oldingi yillarda ishlatilgan shu ko‘rinishdagi xarajatlarning amaldagi qiymatlaridan foydalaniladi. Bunda standartlar 2-ifoda orqali aniqlanadi.







a) ba’zi umum ishlab chiqarish xarajatlari
(ijara xarajatlari, hisoblangan eskirish summalari, mol-
mulk solig‘i va sh.k.)







Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan xarajat elementlarining o‘zgarishi orasidagi bog‘liqlik xarajatlar ustidan nazorat qilishda asosiy o‘rinda turadi. Buning uchun o‘z navbatida o‘zgaruvchi va doimiy xarajatlarni bir-biridan ajrata bilish lozim.


Shuning bilan birga o‘rtacha xarajatlar miqdori degan tushuncha ham mavjuddir. Ko‘pchilik hollarda o‘rtacha xarajatlarni keltirilgan xarajatlar ham deb yuritiladi. Shuni ta’kidlash joizki xarajatlar ustidan nazorat olib borganda yoki umuman tannarxni hisobga olib borish davrida keltirilgan doimiy xarajatlarni alohida-alohida inobatga olgan ma’qul. Chunki faoliyat natijasida erishish mumkin bo‘lgan ish
hajmining o‘zgarishi faqatgina o‘zgaruvchi xarajatlar miqdoriga bevosita ta’sir etadi.
Xarajat moddalari ichida mohiyati jihatidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ish birliklarining oshishiga to‘g‘ri proportsional ravishda o‘zgaruvchi xarajatlarni o‘zgaruvchi xarajatlar guruhiga kiritamiz. Bu guruhga kirishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar nima sababdan o‘zgaruvchi xarajatlar hisoblanishi mumkinligi asoslangan. Bu guruhga kiruvchi xarajatlar u yoki bu jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyekt ish natijalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektdagi doimiy xarajatlar guruhiga kiruvchi xarajatlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasi bo‘lgan ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq emas, ya’ni unga (ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan doimiy xarajatlar o‘zgarmasdir. Doimiy xarajatlar mutlaq miqdorining ishlab chiqarish hajmiga nisbati keltirilgan doimiy xarajat miqdorini beradi va bu ko‘rsatkichning umumiy xarajatdagi ulushi ishlab chiqarish hajmi oshgan sari kamayib boradi.
Qayd qilish joizki, ayrim xarajat turlarini shartli-doimiy xarajatlar turlariga ham, shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar turlariga ham kiritib bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, ayrim tur xarajatlar bir vaqtning o‘zida ham o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajat komponentiga ega bo‘ladigan xarajatlar. Shuning uchun bunday xarajatlarni yarim o‘zgaruvchan xarajatlar deb hisobga olgan ma’qul.
Masalan, telefon xizmati xarajatlari:

guruhiga kiritiladi;

  • shaharlararo va xalqaro so‘zlashuv xarajatlari bo‘lsa, o‘zgaruvchan xarajat guruhiga kiritiladi.

Ijara to‘lovlari xarajatlarida ham shunday holatni kuzatish mumkin. Do‘kon ijarasi qayd qilinadigan summa sifatidagi bir to‘lov va tovar aylanmasidan boiz sifatida ikkinchi to‘lovdan ham iborat bo‘lishi mumkin.







Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish