Bozor iqtisodiyoti va bozor mexanizmlarining ishlashi



Download 22,52 Kb.
bet1/5
Sana06.02.2022
Hajmi22,52 Kb.
#434343
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI VA BOZOR MEXANIZMLARINING ISHLASHI


BOZOR IQTISODIYOTI VA BOZOR MEXANIZMLARINING ISHLASHI


Reja:
1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari.
3. Bozor mexanizmi

O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazilib, butun iqtisodiy munosabatlar tizimi qayta quriladi va o’zgartiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma‘muriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakillantirish jarayonlari amalaga oshiruvchi tarixiy davrdir. Jahondagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ilmiy asosda (ravishda) boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi. Bir qator davlatlar shu yo’lni tanladilar. Ya‘ni:
1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3. Sobiq sotsiolistik mamlakatlar yo’li;
4. Sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, V‘etnam)
Bozor iqtisodiyotiga o’tish har bir mamlakat uchun xos bo’lgan model (nusxa yoki andozaga) ga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi va farqi bo’ladi. Umumiyligi – ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun-qoidalariga amal qiladi. Shuning bilan birga ko’rsatib o’tilgan har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, ananaviy iqtisodiyotga erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga inqilobiy yo’li bilan ya‘ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’li (tadrijiy) bilan, ya‘ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin.
Revolyutsion yo’li qo’llanganda tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi.
Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikatsiz vujudga keltirish mumkin. Bu o’tish davrining ma‘qul yo’li ekanligini islohotlar tajribasi ko’rsatadi, ya‘ni kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi.
Ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyati kamchilikka ega:
1. Ro’y berayotgan o’zgarishlarga tezda moslashuvchan emasligi, asta-sekinlik bilan moslashib borishi;
2. Samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi.
Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyotini bozor iqtisodiyotiga aylantirish uchun tizim islohotlari utkazish amal qiladi. O’tish davrda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’liq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat manopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan ko’rinishidagi taqsimotini to’gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosia shakillantirishga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
- barcha iqtisoiy agentlarning ish faoliyati uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma‘muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash;
3. Instuttsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi;
- mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklar, tovar va fond birjalari, invesyotitsiya fondlari va h.k) shakillantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish.
4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta kurishdan asosiy maqsad-ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qadar talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantrishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, асосан, moliyaviy barqarorlashtirish. Bu yo’nalishi muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta‘minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish.
Aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishga yo’naltirilgan. Ushbu ko’satib o’tilgan bozor tizimining asosiy unsurlarini shakllanishi o’tish davri tugaganligini bildiradi.



Download 22,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish