Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi



Download 421,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.01.2020
Hajmi421,14 Kb.
#32115
Bog'liq
oilaviy tadbirkorlik oilani mustahkamlashning ijtimoiypsixologik


 

 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

BUXORO  DAVLAT  UNIVERSITETI 

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI 

PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA KAFEDRASI 

 

Qo`lyozma huquqida 

                                                                            UDK 

 

Nazarov Akmal Mardonovich 



MAVZU: OILAVIY TADBIRKORLIK − OILANI 

MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY−PSIXOLOGIK 

MEZONI SIFATIDA 

 

5A 210201 - Psixologiya (faoliyat turlari bo`yicha) 

Magistr 

akademik darajasini olish uchun yozilgan 



DISSERTATSIYA 

 

 

  Ilmiy rahbar: psixologiya fanlari nomzodi,  

dotsent U.D.Qodirov 

                                              

 

 

 



 

 

 

Buxoro-2014

 


MAVZU: OILAVIY TADBIRKORLIK− OILANI 

MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY − PSIXOLOGIK MEZONI 

SIFATIDA 

REJA: 


KIRISH 

I  BOB.  TADBIRKORLIK  IJTIMOIY−IQTISODIY  VA  PSIXOLOGIK 

FENOMEN SIFATIDA 

1.1.Tadbirkorlik faoliyatiga oid ijtimoiy  – psixologik nazariyalar va ularning 

tahlili 

1.2.


  Oilaning  mustahkamligini  ta`minlashda  o

ilaviy  tadbirkorlikning 

o`rni  va 

ahamiyati

 

II  BOB.  OILAVIY  TADBIRKORLIK  –  OILADA  IJTIMOIY− 

IQTISODIY  VA  RUHIY  BARQARORLIKNI  TA`MINLASH  OMILI  

SIFATI 

2.1.Tadbirkorlik  faoliyatining  oilaviy  shakli  va  uning  ijtimoiy  –  psixologik 

ahamiyati 

2.2.Oilaviy tadbirkorlikning turlari va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi  

o`rni  

2.3. Oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy shakli va huquqiy asoslari  



III 

BOB. 

TADBIRKOR 

FAOLIYATINING 

PSIXOLOGIK 

XUSUSIYATLARINI 

O`RGANISH 

USULLARI 

VA 

TADQIQOT 

NATIJALARI  

3.1. Yoshlarning tadbirkorlik qobiliyatlarini diagnostika qilish usullari 

3.2.  Tadbirkor  faoliyatining  psixologik  xususiyatlarini    o`rganishga  doir  olib 

borilgan tadqiqot natijalari tahlili 



XULOSA 

AMALIY TAVSIYALAR 

ADABIYOTLAR RO`YXATI  

ILOVALAR 

KIRISH 

Oila  inson  uchun  muqaddas  maskan.  U  kishilik  jamiyatining  ijtimoiy 

poydevoridir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini ta`minlovchi, milliy 

qadriyatlarni rivojlantiruvchi, avlodlar umr zanjirini mustahkamlovchi, jamiyat va 

ijtimoiy  muhitdagi  muvozanatni  ta`minlovchi,  ayniqsa,  jismonan,  ruhan,  axloqan 

ma`naviy  barkamol  avlodni  dunyoga  keltirib,  uni  komil  inson  qilib  tarbiyalovchi 

muqaddas  dargohdir.  Kishilik  jamiyatining  asosi  bo`lgan  oila  institutini 

shakllanishiga  va  rivojlanishiga,  jismonan  sog`lom,  ma`naviy  yetuk,  har 

tomonlama  rivojlangan  barkamol  avlodni  tarbiyalashda  oilaning  rolini  oshirishga 

hukumatimiz tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda. Jannatmakon o`lkamizda ham 

bu  sohaga,  ya`ni  oilaning  har  tomonlama  mustahkam  bo`lishiga,  uning 

shakllanishiga, ravnaq topishiga katta e`tibor berilmoqda. 

Mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarning  pirovard 

natijasi  oilalar  farovonligini  ta’minlashga  qaratilgandir.  O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimov  boshchiligida  hukumatimizning  oila  mustahkamligini 

ta`minlash,  uning  ijtimoiy  vazifalarini  amalga  oshirish  imkoniyatlarini 

kengaytirish,  ayniqsa,  kichik  biznes  va  oilaviy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  hamda 

yosh  oilalarning  moddiy,  uy-joy,  maishiy  shart-sharoitlarni  yaxshilash  borasidagi 

aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va oilaviy munosabatlarning qadriyat 

sifatida e`tirof etilishini ta`minlamoqda.  

2013-yil  6-dekabr  kuni  “O`zbekiston”  xalqaro  anjumanlar  saroyida 

O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilingan  kunning  21  yilligiga 

bag`ishlab  o`tkazilgan  yig`ilishda  Respublikamiz  prezidenti  Islom  Karimov 

ma`ruza  qilib,  “Obod  turmush  yili”  yakunlari  haqida  fikr  bildirib,  2014-yilni 



“Sog`lom  bola  yili”  deya  e`lon  qildilar.  Prezidentimiz  Islom  Karimov  o’z 

ma`ruzasida:  “Biz  sog`lom  bola  deganda,  nafaqat  jismoniy,  balki  ma`naviy 

jihatdan  ham  sog`lom  bolani  o`zimizga  tasavvur  etamiz.  Sog`lom  bola,  avvalo, 

sog`lom  va  ahil  oilaning  mevasidir”  -  deb  ta`kidlab  o`tildi.  Davlatimiz  rahbari 

Islom Karimov: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni 


modernizatsiya  qilish  va  o`rta  sinfni  shakllantirishdagi  ulkan  ahamiyatini  hech 

narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi”– deb ta`kidladilar. 

Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalar mustahkamligining o`rni beqiyosdir. 

Oilalarning  mustahkamligi    jamiyatning    iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  milliy 

xavfsizligini,  uning  ravnaqi,  taraqqiyotini  belgilovchi  hal  qiluvchi  omil 

hisoblanadi.  Jumladan,  keyingi  yillarda  oilani  mustahkamlashga,  yosh  avlodni 

jismoniy  va  ruhiy  sog`lom  qilib  tarbiyalashga  e`tiborning  kuchayishi,  oilani 

jamiyatning  ravnaq  topishidagi  tutgan  o`rni  va  ishtirokini  yanada  oshirish, 

oilalarning  huquqiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma`naviy-axloqiy  manfaatlarini  va 

farovonligini yaxshilashni, davlat tomonidan qo`llab- quvvatlashni kuchaytirish va 

izchil  ta`minlash  borasida  aniq  maqsadlarga  yo`naltirilgan  chora-tadbirlar 

ko`rilmoqda. 

O`zbekiston  Respublikasining  2012  yil  26  aprelda  qabul  qilingan  “Oilaviy 

tadbirkorlik  to`g`risida”gi  qonuni  bilan  oilaviy  biznesning  huquqiy    kafolatlari 

yanada mustahkamlandi. Prezidentimiz  Islom Karimov rahnamoligida jamiyatning 

muhim  bo`g`ini  bo`lgan  oila  institutini  yanada  mustahkamlash  va  rivojlantirish 

borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlar  har  bir  yurtdoshimiz  hayotida  o`z 

samaralarini  ko`rsatmoqda.  Ta`kidlash  joizki,  ushbu  qonunning  qabul  qilinishi 

mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  muhim  voqea  bo`lib,  iqtisodiy-huquqiy 

jihatdan  esa  muhim  yangilik  hisoblanadi.  Chunki,  dunyo  mamlakatlari 

qonunchiligi  tarixida,  jumladan,  bizning  mamlakatimiz  qonunchiligi  tarixida  ham 

bugungi  kunga  qadar  biznesning  “oilaviy  korxona”  tarzidagi  butunlay  yangi 

tashkiliy  huquqiy  shakli  kuzatilmagan  yoki  boshqacha  qilib  aytganda  qonun 

darajasida mustahkamlanmagan edi.  

“Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi qonun aynan shunday ixcham, boshqarish 

oson, sodda va qulay  korxona  yaratish imkoniyatini  yaratadi. Bunda korxonaning 

hamma  narsasi  qon-qarindosh  bo`lgan  shaxslarga  tegishli  bo`lib,  qaysi  yo`nalish 

bo`yicha ish yuritish masalasidan tortib, dam olish vaqti-yu, kimlarga qaysi vazifa 

topshirish  ishigacha  ularning  o`zlari  hal  qilishadi.  Ular  o`zlariga,  ya`ni 

ishtirokchilar va yollanma xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozli 



mehnat  va  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlardan  mustaqil  ravishda  foydalanishga 

haqli hisoblanadilar.  

Mustaqil 

O`zbekistonda 

bozor 

munosabatlarining 



barqarorlashuvi, 

iqtisodiyotning  erkinlashtirilishi,  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish,  odamlarda 

mehnatga, moddiy ne`matlarga munosabatlarning o`zgarishini taqozo etadi. Kichik 

va  o`rta  biznes,  oilaviy  biznes,  fermerlik  harakati,  qo`shma  korxonalarda 

tadbirkorlikning  samarali  usullarini  joriy  etish,  ushbu  faoliyatga  imkon  beruvchi 

shaxs  sifatlarini  tarbiyalash,  odamlar  tafakkurida  yangicha  qarashlarni 

shakllantirish  psixologiyaning  muhim  masalalaridan  hisoblangan  tadbirkorlik 

muammosini izchil ilmiy asosda o`rganishni taqozo etadi. 

Bulardan  tashqari,  xususiy  tadbirkorlik  va  o`rta  mulkdorlar  sinfi 

mamlakatning asosiy tayanchi hisoblanadi.  

Yoshlarda bozor munosabatlari, iqtisodiy hayot qadriyatlari, muvaffaqiyatlari, 

ularga  erishish  yo`llari  va  usullari  haqidagi  real  tafakkurni  shakllantirish  hamda 

iqtisodiy  erkin  shaxsni  tarbiyalashda  iqtisodiy  ta`lim,  shu  jumladan,  iqtisodiy 

fanlarga  alohida  mas`uliyat  yuklaydi.  Chunki  yoshlarda  yangicha  iqtisodiy 

tafakkurni  shakllantirish  bozor  islohotlarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishning 

eng asosiy kafolatidir. 

O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohani takomillashtirish, mamlakat ijtimoiy-

siyosiy  hayotini  erkinlashtirish  borasidagi  faol  harakatning  boshlanganligi, 

Prezidentimizning  har  bir  nutqi,  asarlarida  mulkdorlar  sinfi,  tadbirkorlar,  kichik 

biznes,  dehqon  va  fermer  xo`jaliklari  muammolariga  alohida  o`rin  berilishi 

mustaqil  O`zbekiston  fuqarolari  shaxsida  ijtimoiy-iqtisodiy  tafakkurni  to`g`ri 

shakllantirish,  ularni  halol  tadbirkor  ruhida  tarbiyalash,  iqtisodiy  tafakkurni  ilk 

yoshlikdanoq, shakllantirishga e`tiborni qaratishni taqozo etadi. 

Darhaqiqat, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun 

biznesning  yangi  tashkiliy-huquqiy  shakli  sifatida  oilaviy  biznesni  qonuniy 

belgilab qo`yishga davlatimiz katta e`tibor qaratmoqda. Mamlakatimizda biznesni 

tashkil  qilishning  ushbu  shakli,  biznesni  yuritishda  yuzaga  kelgan  milliy 

an`analarimizga,  xo`jalik  yuritish  faoliyatining  mavjud  holatiga  to`la  mos  keladi. 



Respublikamizda  bunday  biznesni  tashkil  qilishning  qonunchilik  bazasi 

yaratilmoqdaki,  bu  oilaviy  biznesning  huquqiy  kafolatlarini  kuchaytirish, 

iqtisodiyotning  turli  sohalarida  uning  jadal  va  keng  rivojlanishi  va  yangi  ish 

o`rinlarining  ochilishiga  imkoniyat  yaratmoqda. Bu  esa oilalarning ish bilan  band 

etish  orqali  ularning  daromadlarini  ko`paytirishga  xizmat  qiladi.  Mamlakatimizda 

mulkdor oilalarning naqadar ko`payishi oilaviy xotirjamlikni ta`minlaydi. 

 Tadqiqotning  dolzarbligi.  Hozirda  tadbirkor  shaxsining  o`ziga  xos 

xususiyatlarini, uni oilaviy tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan shaxslarning ichki, 

ruhiy  psixologik  omillarning  psixologik  o`ziga  xosligini  yoritib  beruvchi  ilmiy 

tadqiqot  ishlari  yetarli  darajada  mavjud  emas  va  bu  holat  O`zbekiston  sharoitida 

odamlarni,  birinchi  navbatda  yoshlarni  tadbirkorlikka  undovchi  omillarning 

psixologik  tabiatini  o`rganish  va  shunga  mos  tarzda  ta`lim-tarbiya  dasturlarini 

ishlab chiqishni dolzarb ilmiy muammo sifatida namoyon etadi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  yoshlarning  iqtisodiy  tafakkurini  to`g`ri 

tarbiyalash,  ularda  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotga  faol  munosabatni  shakllantirish, 

ishbilarmon,  ruhan  tetik  fuqarolarning  rivojlanishi  uchun  zarur  shart-sharoitlarni 

yaratish zarurati tadqiqot muammosini aniqlashga imkon beradi. 

 Mavzuning  ilmiy  muammosi  O`zbekiston  Respublikasining  2012-yil  26-

aprelda  qabul  qilingan  “Oilaviy  tadbirkorlik  to`g`risida”gi  qonunning 

mazmunidan  ham  kelib  chiqadi.  Zero,  hukumatimiz  rahbari  ta`kidlaganidek: 

“Kichik  biznes  –  jamiyatda  ham  iqtisodiy,  ham  siyosiy  vaziyatni 

mo`tadillashtirishga  yordam  beradigan  o`rta  tadbirkorlar  sinfining  paydo  bo`lishi 

demakdir.  Bu  –  respublika  bozorini  zarur  iste`mol  tovarlari  va  xizmatlar  bilan 

boyitishdir. Bu – yangi ish o`rinlaridir. Shuni hamisha nazarda tutish kerakki, faqat 

kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng,  hamma  joyda  rivojlantirish  hisobidagina 

g`oyat  keskin  muammoni  -  aholini  (ayniqsa,  ortiqcha  mehnat  zahiralari  mavjud 

bo`lgan     qishloq     joylar       va      mintaqalarda)    ish   bilan   bandligini  ta`minlash 

vazifasini  hal  qilishga  qodir  bo`lamiz”.  Iqtisodiy  munosabatlarni  erkinlashtirish 

sharoitida  iqtisodiy  tafakkurning  psixologik  mexanizmlarini  bilish  ilmiy  nuqtai 


nazardan  dolzarb  bo`lib,  bu  quyidagilarni  hisobga  olish  va  tahlil  qilishni  nazarda 

tutadi.  



Birinchidan,  iqtisodiy  boshqaruv  tizimini  erkinlashtirish:  bu  maqsadda 

barcha  bo`g`inlardagi  rahbar  shaxslarda  odamlar  bilan  ishlash  va  muomalaning 

yangicha  shakllarini  hamda  mos  malakalarning  shakllanishiga  erishish.  Yangicha 

muomala shakllarini tarbiyalash ijtimoiy – psixologik muammo bo`lib, bu xo`jalik 

subyektlari  bo`lmish  insonlarning  dastlabki  o`chog`iga  oilaga,  undagi  o`zaro 

munosabatlarga ham bevosita bog`liqdir. 



Ikkinchidan,  yangicha  iqtisodiy  tafakkurning  muhim  bo`lagi  marketing 

tafakkuri bo`lib, iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida uning namoyon bo`lishi ham 

o`zgaradi.  Zamonaviy  talab  va  taklif  bozori  sherikchilik  munosabatlarining  sifat 

jihatdan  mukammal  shakli  -  do`stona  munosabatlar  va  ishonchga  asoslanganligi 

uchun  ham,  oilaviy  tadbirkorlik  va  kichik  biznesdagi  eng  muhim  va  ustuvor  sifat 

uning  alternativ  ekanligiga,  ya`ni  o`zgalar  fikriga  ishonch,  hurmat  va  ularning 

rang-barangligi  bilan  hisoblashish,  xaridorga  yo`naltirilgan  yondashuvga  o`tish 

maqsadga muvofiqdir. Bu sifatlarning tarbiyalanishida urf-odat, rasm-rusumlar va 

an`analarning ahamiyati benihoyat kattadir. 

Hozirgi  paytda  O`zbekiston  sharoitida  mustaqil  fikrlovchi  yoshlarning 

bo`lishi  davr  taqozosi  bo`lib,  shaxsiy  dunyoqarashga  ega  bo`lgan  insonlargina 

jamiyat  taraqqiyotini  ta`minlovchi  ko`plab  loyihalarni  ishlab  chiqishga  qodir 

bo`ladilar.  Ana  shu  tariqa  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  oilaviy  tadbirkorlik 

faoliyatini  rivojlantirish,  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish,  yerga,  mulkka  egalik 

hissini tarkib toptirish orqali odamlar turmush tarzini yaxshilash, ulardagi iqtisodiy 

ong  va  iqtisodiy  tafakkurning  ham  erkinlashuvi  jarayonini,  har  bir  shaxsning 

mulkka munosabatining o`zgarishini taqozo etadi.

  

Tadqiqotning 



metodologik 

asosi 

bo`lib, 


avvalo 

O`zbekiston 

Respublikasining  “Oilaviy  tadbirkorlik  to`g`risida”gi  qonuni,  “O`zbekiston 

Respublikasining  mulkchilik  to`g`risida”gi  qonuni,  “Iqtisodiy  islohotlar 

konsepsiyasi”  hamda  “Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari 

to`g`risida”gi,  “Tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro`yxatidan  o`tkazish  va 


hisobga  qo`yish  tizimini  takomillashtirish  to`g`risida”gi  qonuni  va  qonun 

hujjatlari, 

tadqiqot 

ishining 

asosi 

bo`lib 


xizmat 

qildi. 


Prezidentimiz 

I.A.Karimovning  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirish,  milliy  istiqlol  mafkurasi  mazmunini  tashkil  etgan  fikr  va 

g`oyalari tashkil qiladi. 

 Tadqiqot  ishining  o`rganilganlik  darajasi.  G`arb  psixologiyasidagi 

ijtimoiy-iqtisodiy  tasavvurlar  konsepsiyasi  (S.Moskovisi,  J.Kodol,  A.Dontsov, 

T.Emelyanova va boshqalar), g`arb va amerikalik psixologlarning muvaffaqiyatga 

erishish  motivi  nazariyasi  (D.Makelland,  D.Atkinson  va  nemis  olimi 

X.Xekxauzen)  hamda  Rossiya  psixologlarining  shaxsning  faoliyatda  shakllanishi 

nazariyalari  (L.Vigotskiy,  D.Elkonin,  A.Leontev,  G.Andreeva  va  boshqalar), 

o`zbek olimlarining ijtimoiy-iqtisodiy sohani tadqiq etish bo`yicha ishlab chiqqan 

nazariy  yondashuvlari  (M.Davletshin,  E.G`oziyev,  G`.Shoumarov,  V.Karimova, 

H.Lutfullayev,  D.Axmedov,  O.Hayitov,  G.Ochilova  va  boshqalar)  ham  xizmat 

qildi. 


Tadqiqot  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Oilaviy  tadbirkorlik  faoliyati 

orqali  oilaning  mustahkamligini  samaradorligini  ta`minlovchi  ichki  psixologik 

omillarning  konkret  ijtimoiy-psixologik  shart-sharoitlarga  hamda  shaxsdagi 

ustuvor  motivatsiya,  ustanovkalarga  bog`liqligini  ilmiy  metodlar  yordamida 

o`rganish.  Shu  asosda  bugungi  yoshlardagi  tadbirkorlik  faoliyatining  real 

psixologik mexanizmlarini o`rganish tadqiqotimizning ilmiy maqsadi hisoblanadi. 



Tadqiqot  maqsadini  amalga  oshirish  uchun  bir  qator  vazifalar  belgilab 

olindi: 


1.  Oilaviy  tadbirkorlikning  O`zbekiston  sharoitida  rivojlanishini  va  oilaning 

ijtimoiy-iqtisodiy  va  psixologik  jihatini  o`rganishga  bag`ishlangan  ilmiy 

adabiyotlarni  tahlil  qilish,  ishning  metodologik  asoslarini  belgilash  va  tadqiqot 

dasturini tuzish; 

2.  Yoshlarda  tadbirkorlik  faoliyatiga  qiziqish,  moyillik  va  ishbilarmonlik 

muhim omillarini aniqlash; 



3.  Shaxsning  tavakkal  qilish  darajasini  aniqlovchi  psixologik  metodikalar 

ishlab chiqish va ularni  amaliyotda sinash

4.  Tadbirkorlik  faoliyatining  shaxsdagi  tavakkalchillikka  moyillik  darajasini 

aniqlash va tadqiqot natijalarini tahlil qilishdan iborat. 



Tadqiqotning  ilmiy  farazlari.  Tadqiqotda  quyidagi  ilmiy  taxminlar  ilgari 

surilishi  mumkin:  Oilaviy  tadbirkorlik  shug`ullanayotgan  oila  farzandlari  va 

bugungi  yoshlarning  tadbirkorlik  faoliyatiga  qiziqishi  va  shu  sohaga  moyilligi 

undagi  ijtimoiy-psixologik  ustanovkalarga  hamda  muvaffaqiyatga  nisbatan 

motivatsiyaning  kuchiga,  konkret  shart-sharoitlarda  bu  kuchning  namoyon 

bo`lishiga  bog`liq  bo`lib,  ularning  motivatsion  kuchi  va  ko`rinishlari  shaxsning 

ijtimoiy  xulqida  va  muloqot  jarayonida  shakllanadigan  sifatlarida  ko`rinadi. 

Oilaviy  tadbirkorlik  faoliyatida  ustuvor  bo`lgan  ehtiyojlarga,  eng  avvalo  undagi 

ijtimoiy  ehtiyojlarga,  shunga  mos  tarzda  asosiy  faoliyat  turlariga  namoyon 

bo`ladigan tavakkalchilik darajasiga bog`liq bo`lib, ayni yoshlik davrlarida bunday 

moyillikning  darajasi  o`rtachadan  yuqori  bo`lganda  samara  beradi.  O`ziga 

ishonchning  bo`lishi  va  tavakkalchilik  psixologik  xoslikka  ega  bo`lib,  ularning 

namoyon  bo`lishida  ijtimoiy  borliq  va  undagi  normalarning  ta`siri  kuchliroqdir. 

Buning  uchun  tadbirkorlik  psixogrammasi  mavjud  bo`lishi,  unda  mahalliy  shart-

sharoitlar, mentalitet va moddiy hamda ma`naviy boyliklarga shaxsiy munosabatlar 

inobatga olinishi kerak. 



Tadqiqotning  metodlari.  Tadbirkor  faoliyatini  o`rganish  uchun  quyidagi 

metodikalar qo`llanildi: 

1.  “Yoshlarning  tadbirkorlik  qobiliyatlarini  diagnostika  qilish”  metodikasi 

(B.Navro`z-zoda tasnifi);  

2.  Test-so`rovnomalar  -  “Muvaffaqiyatga  erishish”,  “Mag`lubiyatdan 

qochish”  motivatsiyasini  o`rganishga  mo`ljallangan  Ellers  testi  hamda 

“Tavakkalchilikka moyillikni” o`rganuvchi Shubert testlaridan foydalanildi. 

Tadqiqotning  obyekti.  Tadqiqot  mobaynida  asosan  oilaviy  tadbirkorlar, 

yoshlarda tadbirkorlikka tasavvurlarini o`rganish uchun Buxoro davlat universiteti 

magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar misolida (50 kishi), shuningdek, 


Buxoro 

shahrida 

istiqomat 

qilayotgan 

va 

oilaviy 


tadbirkorlik 

bilan 


shug`ullanadigan (10 ta) oila tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.  

Magistrant  talabalar,  oilaviy  tadbirkor  vakillarining  tadqiqot  obyekti  qilib 

tanlanishining  asosiy  sabablaridan  biri,  bu  davrning  inson  shaxsining 

shakllanishidagi  ijtimoiy  ahamiyati  aynan  shu  yoshda  qiziqishlar  doirasi  ma`lum 

ma`noda  torayib,  professional  yo`nalish  shakllanganligi,  ijtimoiy  tasavvurlar 

maqsadga yo`nalganligi va bular shaxs taraqqiyotida yetakchi o`rin egallashi bilan 

tushuntiriladi. 

Ilmiy  tadqiqotning  predmeti  bo`lib,  turli  jins  va  yosh  vakillari,  magistrant 

talabalar,  oilaviy  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug`ullanayotgan  oila  a`zolarning 

ijtimoiy  va  iqtisodiy  tafakkurlari,  ularni  shakllantiruvchi  ijtimoiy-psixologik 

omillar, ijtimoiy  ustanovkalar, ijtimoiy-iqtisodiy  kutishlar, ijtimoiy  sanksiyalar va 

oilani  mustahkamlovchi  ichki  ruhiy  omillar  va  shaxsdagi  tadbirkorlik  faoliyati 

bilan shug`ullanishga  imkon beruvchi fazilatlar  ishning predmeti sifatida tanlandi. 



Ilmiy  tadqiqotning  yangiligi.  Tadqiqotning  ilmiy  jihatdan  yangiligi  hamda 

qiymati quyidagilar bilan izohlanadi: 

1.  Tadqiqotda  birinchi  marta  yoshlarning  tadbirkorlikka  oid  tasavvurlarini 

o`rganish mexanizmi ilmiy-nazariy jihatdan o`rganildi va tahlil qilindi. 

2.  Tadbirkorlikda  muvaffaqiyatga  erishish  va  mag`lubiyatdan  qochish 

motivatsiyasi shakllanishining psixologik nuqtai nazardan psixologiyaning obyekti 

sifatida  qamrab  olindi.  Tadqiqot  natijalarini  tahlil  qilish  uchun  psixologiyaning 

asosiy  metodlari  qo`llanilib  va  shu  bilan  tadqiqot  tom  ma`noda  predmetlararo 

izlanishlarning samarasini ko`rsatish namunasi sifatida e`tirof etildi. 

3. Ilk marotaba oilaviy tadbirkorlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ongi va 

tasavvurlarini  o`rganish,  shaxs  fazilatlarini  ijtimoiy  ustanovkalar  orqali 

shakllantirish  jarayonida  tadbirkorlar  fikridan  tashqari,  jamoatchilik  fikridan  ham 

samarali  foydalanildi  va  ularni  ushbu  jarayonga  faol  ravishda  tortish  mexanizmi 

ishlab chiqildi. 



Tadqiqotning  nazariy  ahamiyati.  Tadqiqotning  nazariy  ahamiyati  bevosita 

uning  ilmiy  yangiligi  va  tadqiqot  metodlarining  ishonchliligidan  kelib  chiqadi. 



Bizning  tadqiqotimizda  kichik  biznes  subyektlari  va  tadbirkorlarda  iqtisodiy 

tafakkurni  shakllanish  mexanizmlarini  o`rganish  yo`nalishiga  o`ziga  xos  nazariy 

hissa  bo`lib  qo`shiladi.  Tadqiqotning  nazariy  ahamiyati  shundaki,  unda  qo`lga 

kiritilgan nazariy xulosa va tahlillar psixologiya fanini ma`lumotlar bilan boyitadi. 

Tadbirkorlik  faoliyatining  “o`zbek”    modelini  yaratishda  o`ziga  xos  bir  ulush 

bo`lib  xizmat  qiladi.  Bu  modelni  yaratishda  o`z  yechimini  kutayotgan 

tadbirkorlarimizning  bir  qator  psixologik  xususiyatlari  ochiladi.  Natijalar 

psixologiya fanini yangi manbalar va empirik ma`lumotlar bilan to`ldiradi. 



Ishning  amaliy  ahamiyati  shundaki,  tadbirkorlik  sifatlarining  namoyon 

bo`lishi  oila  va  ta`lim  muassasalarida  bolalar  tarbiyasini  tashkil  etishda 

tavsiyalarga  asos  bo`ladi.  Bundan  tashqari,  olingan  natijalar  asosida  tadbirkorlar, 

ishbilarmonlar  va  ota-onalar  uchun  bolalarning  iqtisodiy  ongini  shakllantirish 

bo`yicha    metodik  ko`rsatmalar  hamda  tavsiyalar  ishlab  chiqildi.  Bunday  tavsiya 

va  ko`rsatmalar  maktablarda,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  ayniqsa, 

oliy  o`quv  yurtlarida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  psixologik  bilimlarni  takomillashtirish 

va  bu  muassasalar  psixologlari  uchun  dasturlar  ishlab  chiqishda  qo`l  keladi.  Shu 

bilan  birga, ular  psixologiya  fanini  va  psixologik tadqiqotlarni  yangi  ma`lumotlar 

bilan boyitadi. 



Himoyaga tavsiya qilinayotgan holatlar: 

1. Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, yoshlardagi iqtisodiy tafakkur 

va  ongidagi  mavjud  tadbirkorlikka  oid  tushunchalar,  his-tuyg`ular,  milliy 

xarakterning o`ziga xos namoyon bo`lishini ta`minlaydiki. 

2.  Tadbirkorlik  fazilatlari  eng  avvalo  shaxsdagi  tadbirkorlik  faoliyatining 

o`zaro mutanosibligiga bog`liq bo`lib, muvaffaqiyatga erishish va mag`lubiyatdan 

qochish  motivatsiyalarining  vujudga  kelishi,  mazmuni,  tavakkalchilikka  tayyorlik 

darajalarining nisbati bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularning barchasi shaxsda 

tadbirkorlik  faoliyati yaxlit  faollik sifatida  namoyon  bo`ladi. Xuddi  shu  sababdan 

ularni  alohida-alohida  o`rganish  mumkin  emas,  chunki  ularda  motivatsion, 

emotsional-irodaviy,  baholash,  nazorat  aspektlari  uyg`unlashgan  bo`lib,  o`zaro 

uzviy bog`liqlikda hukm suradi. 



3.  Tadbirkorlik  motivatsiyasi,  tarbiyalash  mumkin  bo`lgan  ijtimoiy  faoliyat 

ko`rinishi bo`lib, uning samarasi va mazmun-mohiyati shaxsdagi ehtiyojlar tizimi, 

tavakkalchilik  darajasi  va  ijtimoiy-iqtisodiy  tasavvurlar  tizimiga  bog`liqdir. 

Shuning  uchun  ham  tadbirkorlik  motivatsiyasini  shakllanish  jarayonida  maxsus 

ijtimoiy  treninglar  va  faol  tayyorgarlik  metodlaridan  foydalansa  bo`ladi,  ular 

yoshlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  ong  va tafakkur  ko`lamini  kengaytirib, uni  ijtimoiy 

obyektlarga nisbatan baholar berish mazmuniga ta`sir ko`rsatadi. 

Dissertatsiyaning  tuzilishi:  Dissertatsion  ish  kirish,  3  bob,  7  ta  paragraf,  

xulosa,  amaliy  tavsiyalar,  adabiyotlar  ro`yxati  va  ilovalardan  iborat.  Ishning 

umumiy hajmi  __  bet.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

XULOSA 

 

Mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan bir davrda siyosiy, ijtimoiy, 

iqtisodiy  sohadagi  yutuqlar,  kichik  biznes  va  oilaviy  tadbirkorlik  xususida  ilmiy 

xulosalar  chiqarish  imkonini  beradi.  Mazkur  tadqiqot  ishi  bugun  tadbirkordan 

qanday  mohirlik,  qobiliyat  va  bilim  talab  qilishi  to`g`risida  yetarli  ma`lumot 

beradi.  Oilaviy  tadbirkorlik  faoliyatni  o`rganishga  bag`ishlangan  tadqiqot  ishimiz 

oilaviy  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etayotgan  oilalarga  bir  qancha  xulosa  va 

tavsiyalarni beradi. 

1.  Muvaffaqiyatga  intilish  yoki  mag`lubiyatlardan  qochish  motivatsiyasi 

tadbirkor shaxsini  faoliyatga undovchi  muhim  psixologik  mexanizm  bo`lib, yosh, 

individual va oilaviy muhitga bog`liq. 

2.  Tadbirkorlik  bilan  shug`ullanish  nisbatan  motivatsiya  mohiyatan  ijtimoiy 

xarakterga  ega bo`lib, u  shaxsning  jamiyatdagi  axloqiy  normalar  va  qadriyatlarga 

munosabati  hamda  ma`naviy  dunyoqarashiga  bevosita  bog`liq  tarzda  namoyon 

bo`ladi. 

3.  Oilaviy  tadbirkorlik  faoliyati  ijtimoiy-psixologik  hodisa  sifatida  jamiyat 

tomonidan boshqariladigan jarayondir. 

4. 


Tadbirkorlardagi 

tavakkalga 

moyillik 

undagi 


ijtimoiy-psixologik 

ustanovkalarga  va  mehnat  motivatsiyalariga  bog`liq  bo`lib,  ularni  aniq  faoliyatlar 

misolida o`rganish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo`ladi. 

5.  Tavakkalchilikka  bo`lgan  munosabat  doirasidagi  tadqiqot  natijalari  shuni 

ko`rsatdiki, aksariyat tadbirkorlar deyarli tavakkalchilikni so`nggi chora deb e`tirof 

etishib,  o`zlari  bilan  yuqori  mustaqillikni,  faollikni,  o`zlariga  ishonch  hissini 

namoyon etishib, ko`proq o`z kuchlariga ishonishni afzal ko`rishar ekan. Yana shu 

narsa aniqlandiki o`zbek tadbirkorlari tavakkalchilikning o`rta me`yorini, ya`ni uni 

o`rta darajada bo`lishini afzal ko`rishar ekan. 

6. Tadbirkorlar faoliyatidagi real tavakkalning yuqori darajasi, ularning fikricha, 

raqobatning o`sishi bilan bog`liq deb ko`rsatilgan. 


•  yangi ishni mustaqil tashkil etish; 

•  ishonchli hamkor topish. 

7.  Shuningdek,  tadbirkorlik  faoliyati  muvaffaqiyatining  ijtimoiy-psixologik 

xususiyatlari aniqlab olindi, ularning asosiylari: 

• o`z muammolarini mustaqil yechishdagi keng imkoniyatlar; 

• o`z raqobatbardoshligani yuqori baholash; 

• asosiy sheriklarning ishonchliligani yuqori baholash. 

     


Xulosa  qilib  aytganda,  oilalarning  muhim  daromad  manbai  va  mulkdorlar 

sinfini  shakllantirishning  asosi  bo’lgan  xususiy  sektorning  mavqeini    yanada 

oshirish  oilaviy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirishni  taqozo  etadi.  Oilaviy 

tadbirkorlikning dolzarbligi shundaki, aholini ish bilan ta’minlash bilan birga, oila 

iqtisodini  yaxshilash  bilan  birga  oiladagi  barqarorlikni,  ularning  daromadlarini 

oshirish,  davlat  byudjetiga  tushumlarni  ko’paytirish,  pirovardida,  oila 

farovonligini,  xalqning    to’kin  -  sochin  hayot  kechirish  imkoniyatlariga  ham  ega 

bo’ldi. 


     

 

 



AMALIY TAVSIYALAR 

Tadqiqot  ishimizdan  kelib  chiqib  bir  nechta  amaliy  tavsiyalar  ishlab  chiqdik. 

Oilaviy  tadbirkorlik  iqtisodiy  munosabatlar  jarayonida  kerak  bo`ladigan  qirralari 

xususida mushohada yuritmoqchimiz. 



Birinchidan,  tadbirkorlikda  aqliy  salohiyat,  intellektual  xususiyatlar 

rivojlangan  bo`lishi  lozim.  Bu  sifatlar  yana  bir  qator  sifatlar  bilan  bog`liq: 

muammo  va  to`siq,  qiyinchiliklarni  oldindan  ko`ra  olish  layoqati,  rivojlangan 

hayot  jarayonlari,  oldindan  ko`p  sabab  va  oqibatlarni  tasavvur  qila  olish,  real 

fantaziya,  tafakkurdagi  kreativlik  (ya`ni  ijodiy  yondasha  olish  qobiliyati)  va 

boshqalar.  Bu  sifatlarning  barchasi  eng  avvalo  tadbirkorning  o`z  oldiga  real 

maqsadlar qo`yish va o`z faoliyatini rejalashtira olishga imkon beradi. 

Ikkinchidan,  tadbirkorga  kommunikativ  sifatlar  zarur,  ya`ni  tadbirkorlik 

ko`pincha  amalda  ko`pchilikning  birgalikdagi  harakatlari  bo`lgani  uchun  ham 

tadbirkorga  odamlar  bilan  to`gri  va  o`rinli  muomala  qilish  mahorati  zarur.  Bu 

xususiyatlarga,  avvalo,  ko`pchilik  fikrini  muvofiqlashtira  olish,  begonalarga 

nisbatan  ijtimoiy  nuqtai  nazardan  sabr-toqatli  bo`lish,  ba`zan  oqimga  qarshi  bora 

olish,  ya`ni  agar  manfaat  talab  qilsa,  oxirigacha  o`z  nuqtai  nazarini  va 

qiziqishlarini  himoya  qila  olish, turli  toifa,  jins  va  yosh  xususiyatli  insonlar  bilan 

gaplasha olish va o`z fikrini tushuntira olish kabi qator sifatlar kiradi.  



Uchinchidan, tadbirkor ko`pincha tavakkal qilishga majbur bo`lgani uchun, 

unga  o`ziga  xos  irodaviy  sifatlar  kerak  ularga  dastavval,  tavakkal  qila  olish 

qobiliyati,  o`z  harakatlari,  istaklari  va  ehtiyojlarini  nazorat  qila  olish,  kurashish, 

g`alaba  qilish  ishtiyoqi,  o`z  “Meni”ning  fazilatlarini  ko`rsatish  orqali, 

ko`pchilikning  e`tiboriga  sazovor  bo`lish,  qat`iyat,  talabchanlik,  intiluvchanlik, 

qo`rqmaslik, dadillik kabi qator fazilatlar kiradi. 



To`rtinchidan,  tadbirkor  o`z-o`zini  haddan  ziyod  “ezadigan”,  tadbirkorlik 

faoliyatiga  o`ta  “berilgan”  bo`lganligi  uchun  ham  unga  yaxshigina  sog`liq, 

salomatlik, kuch-quvvat va kelajakka ishonch zarur. Tadbirkorning asosiy  motivi, 

ya`ni  faoliyatning  maqsadi  pul  topish,  uni  jamg`arish  va  foyda  uchun  sarflash 



bo`lganligi  uchun  ham,  ular  uchun  pul  bilan  to`gri  muomalada  bo`lish  katta 

ahamiyat kasb etadi. 

Tadbirkorning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  psixologik  bilimini  oshirish  maqsadida 

mazkur, soha mutaxassislari uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. 

•  bozor  munosabatlarining  barqarorlashuvini  ta`minlashga  qaratilgan  mavjud 

qonun-qoidalarni yanada mustahkamlash

•  oilaviy  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  bir  qatorda  kasanachilik,  xalq 

hunarmandchiligi rivojlantirish; 

• joylarda kichik va o`rta biznesni tashkil etish (ayniqsa, tuman, qishloqlarda); 

• fermerlik harakatiga keng yo`l ochish; qo`shma korxonalar tashkil etish; 

•  qo`shma  korxonalarda  tadbirkorlikning  samarali  usullarini  joriy  etish 

(jamoalardagi psixologik muhitni stimullashtirish); 

•  ushbu  faoliyatga  imkon  beruvchi  shaxs  sifatlarini  tarbiyalash  (ijtimoiy  xulq 



normalari va sanksiyalari asosida); 

•  odamlar  tafakkurida  yangicha  qarashlarni  shakllantirish  psixologiyaning 

muhim masalalaridan hisoblangan tavakkalchilik muammosini izchil ilmiy asosda 

o`rganish  (mag`lubiyatdan  qochish  va  muvaffaqiyatga  erishish  motivatsiyasini 

diagnostika qilish, tavakkalchilikka   tayyorlik  darajasini   aniqlash   va   shaxsdagi  

asosiy ehtiyojlarni qoniqqanlik darajasini aniqlash); 

•  tadbirkorlikning  iqtisodiy-psixologik  o`ziga  xosligani  yoritib  berish  va  bu 

holat O`zbekiston sharoitida odamlarni, birinchi navbatda yoshlarni tadbirkorlikka 

undovchi psixologik tabiatini o`rganish (empirik tadqiqotlar zamirida); 

Hozirgi  zamon  tadbirkorining  faoliyatini  tahlil  qilishdan  avval,  unga  xos 

bo`lishi lozim bo`lgan sifatlar xususida to`xtab o`tish kerak. 

   

Respublikamizning  barcha  aholisi  ushbu  sohaning  mazmun  –  mohiyatini 



tushunib  yetishi  uchun  ularga  xizmat  ko’rsatuvchi  organni  tashkil  etish,  mavjud 

ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy tadbirkorlik  haqida ma’lumot berishni; 



ADABIYOTLAR  RO`YXATI 

1. Karimov  I.A.  O`zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.  –  T.: 

“O`zbekiston”, 2011. 

2. Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy  inqirozi, O`zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf 

etishning yo`llari va choralari/ I.A. Karimov.- T.: O`zbekiston, 2009. 

3. Karimov  I.A.  Yuksak  ma`naviyat  –  yengilmas  kuch  /  I.Karimov.  –  T.: 

“Ma`naviyat”, 2008. 

4. Karimov I.A O`zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O`zbekiston, 1998. 

5. Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  yangilashni  izchil 

davom  ettirish  –  davr  talabi:  2008  yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishtirish  yakunlari  va  2009  yilga  mo`ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng 

muhim  ustuvor  yo`nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi 

ma’ruza // Xalq so`zi gazetasi. – 14.02.2009. – № 33-34 

6. Kasanachilik to’g’risidagi Nizom. 2006 y., 11 yanvar., “Xalq so’zi” gazetasi. 

7. Hayitov  O.E.,  Ochilova  G.O.  Tadbirkorlik  psixologiyasi:  O`quv  qo`llanma. 

1-  kitob.  Oliy  o`quv  yurtlari  magistratura  talabalari  uchun.//  Prof.  V.M.Karimova 

umumiy tahriri ostida.- T.: Fan va texnologiya”, 2008. 

8. Karimova  V.M.,  Akromova  F.A.  Iqtisodiy  psixologiya.  Ma’ruzalar  matni.- 

T.:”Shams ASA” MCHJ  bosmaxonasi, 2002. 

9. Akramova F.A. “Iqtisodiy psixologiya” fani bo`yicha ta`lim texnologiyasi / 

“Iqtisodiy ta`limdagi o`qitish texnologiyasi” seriyasidan. – T., 2007. 

10.  Hayitov O.E. Lavozimga da’vogar imidjini shakllantirish va rivojlantirish 

bosqichlari // Ta’lim menejmenti. – 2008. 

11.  Hayitov O.E. Muvaffaqiyatga erishish motivining ijtimoiy xulqqa ta’sirini 

o`rganish // Iqtisodiyot va ta’lim. – 2001. 

12. Qosimova M.S., Xodiyev B.YU., Samadov A.N., Muhitdinova U.S. Kichik 

biznesni boshqarish. O`quv qo`llanma. – T., 2003. 

13. Shodmonov SH., Jo`rayev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T., 

2000.  

14. S.S.G`ulomov. Tadbirkorlik va kichik biznes. Toshkent, ToshDAU 1998. 



15. Boymurodov  N.  Rahbar  psixologiyasi:  Oliy  ta’lim,  xalq  ta’limi,  sog’liqni 

saqlash,  o`rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  boshqarmalarining  ma’muriy  xodimlari 

uchun qo`llanma. – T., 2007. 

16. Karimova  L.I.  Yangi  iqtisodiy  munosabatlar  sharoitida  reklamaning 

psixologik muammolari / Ta`lim va tarbiya. – 2003. 

17. Maxmudov  I.I.  Boshqaruv  psixologiyasi:  O`quv  qo`llanma  /  Mas`ul 

muharrir:  A.Xolbekov.  –  T.:  DJQA  «Rahbar»  markazi;  «YUNAKS-PRINT» 

MCHJ, 2006.  

18. Maxmudov  I.I.  Mehnat  kollektivining  psixologik  muhitini  o`rganish. 

Uslubiy qo`llanma / Talabalar va psixologlar uchun. – T.: ToshDU, 1993.  

19. Mullaboyeva  N.M.  Tavakkalchilikning  yosh  va  psixologik  xususiyatlari 

(o`smir va o`spirinlik davri misolida): Psixol. fan. nomzodi .... dis.: 19.00.05. – T.: 

O`zMU, 2007.  

20. Bekmurodov  A.SH.,  Sattorov  S.  To`rayev  J.,  Soliyev  K.,  Ro`ziyev  S. 

Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. - T.: TDIU, 2005. 

21. Muhammedov  M.,  Istamov  D.,  Hamroyev  M.,  Qudratov  A.  Tadbirkorlik 

iqtisodiyotining asoslari. O`quv qo`llanma. Samarqand, 1998. 

22. A.Abdullayev,  Q.Muftaydinov,  X.Aybeshov.  Kichik  biznesni  boshqarish. 

Toshkent, “Moliya” 2003. 192 b. 

23. Yakovlev  V.  Yoshlarda  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirish  jihatlari  / 

Bozor, pul va kredit. – 2000. – №1-2. 

24. Xo`jayev  N.,  To`rayev  X.,  Saidmurodov  S.,  Hakimov  T.  Iqtisodiy  bilim 

asoslari. – T., 2005. – 120 b 

25. Xo`jayev N., Ivatov I. Iqtisodiy bilim asoslari. – T., 1999. 

26. Tojiboyeva  D.,  Xo`jayev  N.,  Avalova  G.  Iqtisodiy  pedagogika:  O`quv 

qo`llanma. – T., 2008. – 256 b. 

27. G`ulomov  S.S.  Ijtimoiy  yo`naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti:  (O`quv 

qo`llanma) / Muharrir A. Abdumajidov. – T.: Mehnat, 1997.  

28. O`zbekistonda ishbilarmonlik va tadbirkorlikning rivojlanishi / Mirziyoyev 

SH.M., Oqnazarov F.A., O`rmonov M.O`. – T.: «Universitet», 1993. 



29. Rahimov M. Iqtisodiy islohot sharoitida mehnat. – T.: Fan, 1993. 

30. Ishmuhamedov  A.E.,  Eshov  M.P.,  Sunnatov  M.N.  Bozor  iqtisodiyoti  va 

biznes asoslari: O`quv qo`llanma. – T.: TDIU, 2006.  

31. Meliya  M.  Biznes  –  eto  psixologiya:  Psixologicheskie  koordinati  jizni 

sovremennogo delovogo cheloveka / Marina Meliya.  – 3-e izd. dop. – M.: Alpina 

Biznes Buks, 2005.  

32. Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O`quv qo`llanma. – T.: 2006  

33. Bozor  iqtisodiyoti  nazariyasi  va  amaliyoti:  Oliy  o`quv  yurtlari 

magistrantlari  uchun  darslik.  /  S.G`ulomov,  M.Sharifxo`jayevlar  tahriri  ostida  /  – 

T.: O`qituvchi, 2000.  

34. Ayollar psixologiyasi: an`anaviylik va o`zgaruvchanlik // Respublika ilmiy-

amaliy anjuman materiallari (Toshkent, 9 noyabr’ 2002 yil). – T.: «KO`HINUR», 

2002.  

35. Gulyamov S.S. Menejment va biznes asoslari.T.: Mehnat, 1997-351 

36. Abdullayev A. va b. Kichik biznesni boshqarish. T. 2003. 

37. Avtonomov V.S. Model cheloveka v ekonomicheskoy nauke. – SPb., 1998. 

38. Makklelland D. Motivasiya cheloveka. – SPb., 2007. 

39. Maslou A. Motivasiya i lichnost. – 3-ye izd. / per. s angl. – SPb., 2009 

40. Qosimova  M.S., Ergashxodjayeva  Sh.D.,  Abduxalilova  L.T.,  Muhitdinova 

U.S., Yo`ldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. – T., 2004. 

41. Saidmurodov  S.S,  Mahmudov  N.M.,  Abirqulov  Q.N,  Dadaboyev  Q.A. 

Resurs tejamkorlik. O’quv qo’llanma. – T., 2002 

42. Mamajonova 

D. 


Reklamani 

idrok 


qilishning 

ijtimoiy-psixologik 

xususiyatlari // Ta’lim menejmenti. – 2007. Psixologiya menedjmenta: Uchebnik. / 

Pod red. G.S. Nikiforova. – 2-ye izd. dop. i pererab. – SPb., 2004. 

43. Salimova  T.A.  Istoriya  upravleniya  kachestvom:  Uchebnoye  posobiye.  / 

Salimova T.A., Vatolkina T.Sh. – M., 2005. 

44. G`oziyev E.G`. Oliy maktab psixologiyasi.-Т.:1997 

45. G`oziyev 

E.G`. 

Faoliyat 



va 

xulq-atvor 

motivatsiyasi.-Тoshkent: 

Universitet, 2003 



46. G`oziyev E.G`. Hamkorlik psixologiyasi.-Т, 1992 

 

Internet manbalari: 

1. 


www.google.uz

 

2. 



www.psy.ru

 

3. 



www.ziyonet.uz

 

4. 



www.doc.uz

 

5. 



www.koob.ru

 

6. 



www.lex.uz

 

7. 



www.gov.uz

 

Download 421,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish