Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutida Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti 1mig‘-21, 3mig‘-21 guruhi talabalari bilan “Sog‘lom oila kelajak poydevori” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati Bayonnomasi Buxoro shahri 2022 yil 25 may



Download 2,32 Mb.
Sana03.07.2022
Hajmi2,32 Mb.
#736519
Bog'liq
Oila haqida (3)


Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutida Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti 1MIG‘-21, 3MIG‘-21 guruhi talabalari bilan “Sog‘lom oila kelajak poydevori” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati
Bayonnomasi
Buxoro shahri 2022 yil 25 may
Qatnashdilar:
BUXDUPI Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri A.Z.Sharipov, Ijtimoy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari va tyutor O.A.Boboqulov
Kun tartibi:

  1. ,,Sog‘lom oila kelajak poydevori “ mavzusida davra suhbatini o‘tkazish;

  2. Turli masalalar.

Eshitildi:

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.S.Hamroyev: Davra suhbatini ochib berdi. Davra suhbatini tyutor va o‘qituvchilar yuqori saviyada tashkil etgan.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri A.Z.Sharipov: Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak nasl qanday boʻlib yetishishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini oʻtaydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil
20-sentabrdagi yalpi yigʻilishida 1994-yildan boshlab 15-mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishilganligini oʻzi ham bu masalani xalqaro miqiyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi.
Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti tyutori O.A.Boboqulov: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019-yildan boshlab har yili 15-mayda mamlakatimizda “Xalqaro oila kuni” nishonlanishi davlatimizdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan amaldagi saʼy-harakatlarning yaqqol naʼmunasidir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Biz uchun muqaddas boʻlgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik – xotirjamlik, ahillik va oʻzaro hurmat muhitini yaratish, maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni aniq mazmun bilan toʻldirishdan iborat boʻlmogʻi zarur”.
Darhaqiqat, asrlar davomida oʻz eʼtirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi.



Qaror qilindi:
1. “Sog‘lom oila kelajak poydevori” mavzusidagi 2 soatlik ochiq ma’ruza darsi ilmiy-nazariy, pedagogik va metodik jihatdan e’tirofga loyiqligi ta’kidlansin.
2. Mavzuga oid slaydlar, ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar talab darajasida tayyorlanganligi qayd etilsin.


Bayonlashtirdi: O.A.Boboqulov
Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish