Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari



Download 55,94 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi55,94 Kb.
#220968
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shaxboz


Reja:

Kirish


  1. Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari

  2. Qarshi tumani mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o'rganish

  3. Qarshi tumani mahalliy byudjeti tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish

  4. Qarshi tumani mahalliy byudjeti tomonidan umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish

  5. Qarshi tumani mahalliy byudjeti tomonidan sog’liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilovalar

Kirish


Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.

Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-extiyojlarni to’laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bu borada, birinchi navbatda, mahalliy xomashyo va materiallar asosida sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tizimini yanada rivojlantirishga oid ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratish darkor”1. Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hisobiga shakllanadi. Respublika va mahalliy byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni, bog’liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish ular o’rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barxam berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish soxasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo’lsada bu ishlaming haqiqiy xolati hali to’liq o’rganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjet faoliyatini hamda mahalliy byudjet daromadlari bazasini o’rganib chiqish va tahlil qilish zarurdir.

Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning 70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.

Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924-25 yillarda vujudga keldi. OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.

Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saqlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.

Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, xarajatlarni moliyalashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan “Byudjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag’larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida aosiy moliyaviy manba bo’lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o’ynaydi.




  1. Download 55,94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish