Covid-19 covid-19 pandemiyasi


-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19)



Download 86,91 Kb.
bet2/6
Sana03.01.2022
Hajmi86,91 Kb.
#313268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
COVID-19

2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19) — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik.[1] Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi.[2][3] Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi.[4][5] Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da,[6] ayrim bemorlarda kasallik ogʻir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi.[2][7] Diagnoz qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha 3,4 foizni tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2 foizni, 80 yoshdan oʻtganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi.[8][9][10]

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2020 yil 27 fevraldagi 2-sonli Qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus “COVID-19” kasalligining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakatlar algoritmiga asosan joriy etiladigan Tartib” ishlab chiqildi. Unga asosan 2020 yil 1 martdan boshlab “COVID-19” koronavirus kasalligi  bo‘yicha epidemik vaziyat murakkab  bo‘lgan dalvatlar toifalangan bo‘lib, ulardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga quyidagi tartibga asosan karantinga olinadi: 1.a. toifa – Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston va Yaponiya davlatlaridan kelgan fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan holda kirib kelganda Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi qaroriga muvofiq belgilangan muassasalarda 14 kunlik karantinga joylashtirib tibbiy nazorat, tashxisot va davolash ishlarini tashkil etiladi. Istisnolar: rasmiy va hukumat delegasiyalari a'zolari, shuningdek, xizmat va diplomatik pasport egalari, aviakompaniyalar uchuvchilari va ekipaj a'zolari, lokomotiv brigadalar, temir yo‘l transportining transport faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar. Kirib kelayotgan fuqarolar davlat chegarasidan kirish joyida hududiy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan joylarga uyushgan holda avtobusda olib boriladi, 14 sutka mobaynida uzluksiz ravishda aholidan izolyasiya qilinadi. Ushbu muassasalarda inson hayoti uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Fuqarolarga karantin mobaynida karantinizasiya joyini tark etishga ruxsat berilmaydi. Tibbiy xodimlar tomonidan karantin mobaynida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar: tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tana haroratini, arterial bosimini o‘lchash, surishtiruv o‘tkazish. Tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra laboratoriya tadqiqoti uchun burun-halqumidan biomateriallar va zaruriyat tug‘ilganda boshqa usullar uchun namunalar olinishi mumkin. Karantin tugagandan keyin (shifoxonadan chiqqandan keyin), 10 kun mobaynida tibbiyot xodimi tomonidan telefon orqali so‘rash o‘tkazadi.



Karantindagi shaxslar tomonidan intizomni buzish holatlari kuzatilsa, ma'muriy javobgarlikka tortish belgilangan. 1.b. toifa – Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Singapur, Ispaniya, XXR Gonkong, XXR Makao, XXR Tayvan davlatlaridan fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushmagan holda kirib kelganda yashash joylarida 14 kunlik karantinga olinib tibbiy kuzatuv joriy etiladi. Istisnolar: rasmiy va hukumat delegasiyalari, shuningdek xizmat va diplomatik pasport egalari, aviakompaniyalar uchuvchilari va ekipaj a'zolari, lokomotiv brigadalar, temir yo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar. Fuqarolar 14 sutka davomida yashash joyida (uy, mehmonxona, yotoqxona, va boshqalar) doimiy ravishda izolyasiyada bo‘lishi lozim, oila a'zolaridan tashqari kishilar bilan muloqotda bo‘lmasliklari, aholining ommaviy to‘planadigan joylariga borishiga ruxsat etilmaydi. Tibbiy xodimlar tomonidan uy karantini (14 kalendar kuni) mobaynida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar: tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tana haroratini, arterial bosimini o‘lchash, surishtiruv o‘tkazish; tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra laboratoriya tashxisi uchun burun-halqumidan biomateriallar va zaruriyat tug‘ilganda boshqa usullar uchun namunalar olinishi mumkin. Klinik ko‘rsatmalarga asosan o‘tkir respirator infeksiya alomatlari aniqlangan shaxslar shifoxona sharoitida tashxisi va davolash maqsadida yotqiziladi. Tibbiy cheklovlar tugagandan so‘ng (shifoxonadan chiqqandan keyin), 10 kun mobaynida tibbiyot xodimi tomonidan telefon orqali surishtirib turiladi. Tibbiy cheklovdagi shaxslar tomonidan intizomni buzish holatlari kuzatilsa, ma'muriy javobgarlikka tortish belgilangan. 2 toifa – Tailand, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malayziya, BAA davlatlaridan kelgan fukarolar yashash joylaridagi davolash-profilaktik muassasalari shifokorlari tomonidan 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuvga olinadi. Shu jumladan ekipaj a'zolari, lokomotiv brigadalar, temir yo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar ham. Ularga aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni mumkin qadar kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tgandan so‘ng, 14 kun mobaynida yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xodimlar tomonidan tibbiy nazoratga olinadi va keyingi 10 kun davomida telefon orqali xabar olinadi. Yashash joyidagi tibbiy xodimlar tomonidan har kuni tibbiy nazorat o‘tkaziladi (tibbiy ko‘rik, tana haroratini va arterial bosimini o‘lchash, so‘rov o‘tkazish). Klinik ko‘rsatmalarga asosan o‘tkir respirator infeksiya alomatlari aniqlangan shaxslarda shifoxona sharoitida tashxislash va davolash maqsadida yotqiziladi. 3 toifa – Baxrayn, Kuvayt, Armaniston, Belorusiya, Ummon, Pokiston, Gruziya, Chexiya, Iroq, Livan, Kanada, Litva, Estoniya, Ruminiya, Gretsiya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Daniya, Shvesiya davlatlaridan kelgan fuqarolar yashash joylaridagi davolash-profilaktik muassasalari tibbiyot xodimlari tomonidan 14 kun mobaynida telefon orqali tibbiy kuzatuvga olinadi. Bu toifadagi davlatlardan kelgan shaxslar oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa telefon orqali xabar olinadi Shaxslar hududiy tibbiyot muassasalarga o‘zi haqida xabardor qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha harakatlanish huquqiga ega. Ularga aholini ommaviy to‘plangan joylariga bormaslik, odamlar bilan muloqotni kamaytirish bo‘yicha tavsiya beriladi. Tibbiy xodim tomonidan har kuni (24 kun davomida) telefon orqali salomatlik holati so‘raladi. Agarda, fuqarolar “COVID-19” koronavirus kasalligi qayd etilmagan  boshqa davlatlarda 14 sutkadan ortiq vaqt mobaynida istiqomat qilib, so‘ngra  O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan bo‘lsa ularga nisbatan karantin va cheklovlar joriy etilmaydi. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1039%20(https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1039

Shu kunlarda koʻpchilikda butun dunyo boʻylab keng tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq qator savollar tugʻilmoqda. Quyida tibbiyot fanlari doktori, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori Botir TADJIYEVga ana shu savollarning ayrimlari bilan murojaat qildik.


Download 86,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish