Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

Moliya vazirligi 
Вазирлар 
Маҳкамаси
Ўзбекистон 
қишлоқ ва сув 
хўжалиги 
вазирлиги 
Ўзпахтасаноат 
сотиш 
Жаҳон банки 
Лойиhаларни 
амалга 
ошириш 
агентлиги 
Молия ва 
бухгалтерия 
Мониторинг 
ва баҳолаш 
Харид қилиш 
Бўлим 
Ходимлар ва 
маъмурият 


27.1-rasm. Institutsional tahlil tuzilmasi 
Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo 
kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud xukumat muassasalarini islox qilish zarurati, 
ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo’lmagan yangi institutlarni tashkil etish. 
Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida bank tizimi, birjalar va boshqa bir 
qator institutlar mavjud emas edi. Iqtisodiy isloxotlar, shubxasiz, ishsizlik va 
boshqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning 
boshqa muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi. 
Shu tufayli o’tish davri iqtisodiyotida institutsional isloxotlar ijtimoiy himoya 
tizimini yaratish bilan birga bormasa, amalga oshirib bo’lmaydigan vazifaga 
aylanadi.
Institutsional muammolarni harakterlash uchun ko’pincha zarur echimlarni 
topishga xalaqit beruvchi yuzaki atamalar qo’llaniladi. Masalan, qiyinchilikka 
uchragan loyiha xaqida, uning “raxbarlari zaif” deyilsa, loyiha muvaffaqiyatini 
“loyihaning harakatchan menejeri” bilan bog’lashadi. Moliyaviy faoliyatni nazorat 
qilishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni esa ko’pincha buxgalteriyada personal 
kompyuterlarning yo’qligi bilan izoxlashadi, xodimlar va ma’muriyatning 
qoniqarsiz ishi esa, xodimlarda etarli malaka yo’q, deb osongina izoxlab qo’yiladi. 
Ammo bu ko’rinib turgan kamchiliklarni tuzatish bo’yicha taklif qilingan 
qarorlar ko’pincha navbatdagi muammolar qatlamini aniqlashning ancha qimmat 
turadigan yo’lidir. Albatta, yaxshi menejer kerak. Lekin menejerlar aslida ishga 
layoqatli bo’lsalaru bir-biriga zid talablarga duch kelishsa hamda bu ziddiyatni 
echish vakolatiga ega bo’lishmasa menejerlarni o’zgartirishdek ko’p vaqt talab 
qiluvchi va qimmat turuvchi jarayon xech qanday ijobiy natija bermaydi. Shu 
singari xaqiqiy muammo buxgalteriya xisobini avtomatlashtirish emas, balki aniq 
axborotning kelib turishi bo’lsa kompyuter o’rnatish bilan masala echilib 
qolmaydi.
Ko’pgina davlatlarda vazirliklardagi byudjet xisob-kitoblarida personal 
kompyuterlarni qo’llash nafaqat axborotlarni qayta ishlash xajmlarini ko’paytirish 
va tezligini oshirish tufayli, shuningdek, vazirliklar raxbarlariga axborot tizimining 
o’zini o’zgartirish imkonini bergani uchun ham muvaffaqiyatli bo’ldi. Natijada 
hisobotlarni topshirish tartibi soddalashdi va shu qadar tezlashdiki, topshirish 
muddatlari xafta va oylar o’rniga kunlargacha qisqardi hamda turli xildagi va 
xajmdagi xarajatlar oqibatini ancha aniqroq baholash tizimini o’rnatishga erishildi. 
Xuddi shuningdek, ayrim hollarda xodimlar malakasining etishmasligi 
ularning qoniqarsiz ishlashining vazifalarini belgilash va stimullar tizimida aniqlik 


etishmasligi, xizmatda ko’tarilish imkoniyatlari cheklanganligi kabi omillarga 
nisbatan ikkinchi darajali sababi bo’lishi mumkin. Bu omillarda o’zgarish 
yasamasdan turib, xodimlarni o’qitish borasidagi chora-tadbirlar kutilgan natijani 
bermaydi. 
Qisqacha qilib aytganda, odatda, loyihalarni amalga oshirayotganda paydo 
bo’ladigan ko’pgina institutsional muammolar juda chuqur sabablarga ega. Bu 
sabablarni aniqlamasdan turib esa uzoq muddatli qarorlar qabul qilish qiyin. Sanab 
o’tilgan qiyinchiliklardan ko’pini xal etish o’nlab yillarni talab qilishi mumkin. 
Chunki ular chuqur iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va madaniy cheklanishlarni aks 
ettiradi. Yangi institutlar o’z jamiyatida ildiz otishi va o’z madaniy muhitiga 
moslashishi kerak. Texnik va boshqaruv layoqati siyosatni samarali rejalashtirish, 
ishlarni dasturlash, moliya va kadrlarni boshqarish va xozirgi zamon tashkilotining 
boshqa muhim vazifalarini bajarishni ta’minlashi uchun asta-sekin yaxshilanib 
borishi kerak. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish