Elektronika va avtomatika fakulteti «oliy matematika» kafedrasi «fanlar integratsiyasini ta


-§. Muhandislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashda fanlar integratsiyasini ta’minlash metodikasi



Download 313,11 Kb.
bet7/14
Sana05.06.2022
Hajmi313,11 Kb.
#639293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O\'quv-uslubiy qo\'llanma

3-§. Muhandislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashda fanlar integratsiyasini ta’minlash metodikasi.




3.1. Bo’lajak muhandislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashning integrativ modeli mazmuni.




Neft va gaz sanoati hozirgi kunda eng daromadli soha hisoblanib, neft va tabiiy gazga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy potensialini belgilaydigan sohalardan biridir.
So‘nggi yillarda sanoatni yanada rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarning jadal amalga oshirilayotgani, birinchi navbatda, yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlarining mutanosibligini ta’minlashni talab etmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning neft-gaz sanoati juda tez rivojlandi. Buning evaziga Respublikamizda neft va gaz qazib chiqarish miqdori ancha o‘sdi, O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Respublikada qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga xorij davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

Neft-gaz sanoati mahsulotlari jahon bozori talablariga muvofiq bo‘lishida sohani yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Respublikamizning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lgan neft va gaz sanoati har doim turli yo‘nalishdagi malakali mutaxassislarga muhtoj bo‘lib qolmoqda. Mazkur soha bo‘yicha bir nechta Oliy ta’lim muassasalarida xususan 5321300 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishining muhandis-texnolog kasbi bo‘yicha mutaxasis kadrlar tayyorlanadi. Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy sharoitda raqobatbardosh muhandislar tayyorlashni mukammalashtirishning muhim shart-sharoiti zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarining yutuqlariga asoslangan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning pedagogik tizimini tashkil qilishdan iboratdir.


Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini davlat ta’lim standartiga mos ravishda, innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalaridan integrativ foydalanish asosida tashkil qilish Oliy ta’lim muassasasining o‘qituvchilaridan yuqori malakani talab qiladi. Davlat ta’lim standartlari talablarida bo‘lajak muhandislarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq holda aniq reja asosida tashkil qilish kasbiy kompetentli muhandislarni tayyorlashni muhim shartidir.
Bo‘lajak muhandislar vazifalarining murakkabligi tufayli oliy ta’lim muassasi bitiruvchisidan integral bilim va ko‘nikmalarning yaxlit tizimini, yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi.
Tadqiqotimizning muhim vazifalaridan biri umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonida muhandislik oliy o‘quv yurtining bitiruvchilarini tayyorlash mezonlari va darajalarini asoslashdir.
Yuqorida keltirilgan ta’lim jarayonini sifatli olib borish uchun ta’limning quyidagi asosiy komponentlarini keltirib o‘tamiz. Ta’limning maqsadi, o‘quv jarayonidan kutilayotgan natijalar, ta’lim beruvchining samarali faoliyati, tahsil oluvchining jarayonga qiziquvchanligi, ta’lim metodi, ta’lim shakli, ta’lim vositalari, nazorat va baholash. Shu komponentlar ta’lim jarayonida birgalikda olib borilsa ta’limdagi qo‘yilgan maqsadga osongina erishiladi.
5321300 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash ya’ni sifatli kadrlar bo‘lib yetishishi uchun ta’lim jarayonida o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyoti muhim o‘rin tutadi. Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining o‘ziga xos salmoqli o‘rni bor. Ular egallanishi lozim bo‘lgan mutaxassislikni o‘rganishning asosini tashkil etadi.
O‘quv rejadagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlar, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti blokining asosiy vazifalaridan biri aniq bir kasb bo‘yicha talabalarda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar asosini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini hamda kasbiy kompetentlikni shakllantirishdan iborat.
Mazkur fanlar blokining asosiy maqsadi tayyorlanadigan mutaxassislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashning asosini tashkil etib, ular bo‘lajak muhandislarlarning amaliy faoliyati uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Bunda umumkasbiy va ixtisoslik fanlar blokiga kiruvchi fanlar mazmuni, o‘qitish maqsadi va vazifalari, metodlari, shakllari, vositalari, o‘tkazilish joyi, jihozlanishi, ular uchun ajratilgan vaqt bo‘yicha boshqa fanlar bloklaridan farqli bo‘ladi, chunki bu blok bo‘lajak mutaxassislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda doimo ushbu sohaga tegishli moddiy-texnik baza, o‘quv-axborot ta’minoti va malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash oliy ta’limda ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. Shu sababli biz tomonimizdan takomillashtirilgan modelimizda umumkasbiy va maxsus fanlarni ishlab chiqarish amaliyotiga yo‘naltirib o‘qitish, o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotida ta’lim muhitini shakllantirishga alohida urg‘u berildi.

Ishlab chiqarish amaliyoti majburiy bo‘lib, talabalarning kasbiy, amaliy va tadqiqot tayyorgarligiga bevosita yo‘naltirilgan mustaqil ish turini ifodalaydi.
Amaliyot-bu amaliy ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish, shuningdek, kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq muayyan turdagi vazifalarni bajarish jarayonida talabalarning malakasini shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlari turi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti nazariy tayyorgarlikni talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan uyg‘unlashtirish, ularning mehnat bozoriga kirishiga ko‘maklashish, talabalarni amaliyotga qabul qiluvchi korxona va tashkilotlardan kadrlar tayyorlash sifati, shuningdek, o‘quv sifati bo‘yicha fikr-mulohazalarini olishga urinishdir. Mehnat bozorining zamonaviy talablariga javob beradigan mutaxassis bo‘lishi uchun talaba nimani ustida ishlashi kerakligi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bo‘ladigan ta’lim jarayonidir.
Ta’lim muassasalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun ta’lim muassasasining talabalariga ishlab chiqarish amaliyotini amalga oshirish uchun joy ajratish va zarur shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini olgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi, ta’lim muassasasi esa talabani tegishli tashkilotga yuborish va ichki mehnat tartibi va intizomi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Oliy ta’limda ishlab chiqarish amaliyoti malakali muhandislarni tayyorlash jarayonining asosiy tarkibiy qismidir.
Ma’lumki, ishlab chiqarish amaliyotida kasbiy faoliyatga tayyorgarlik yoki shaxsni ma’lum aniq sohada faoliyat yuritishiga ya’ni mehnat qilishga o‘rgatishning quyidagi ikki yo‘li e’tirof etilgan:
a) talabani malakali muhandis bilan bevosita hamkorlikda ishlash jarayonida, ya’ni ustoz-shogird tizimida;
b) ishlab chiqarish tashkilotlarida tashkil etilgan kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonida.
Korxonada tashkil etiladigan ishlab chiqarish amaliyotida ta’lim muhitini shakllantirish, amaliyotni turli ta’lim metodlari asosida tashkil etish talabalarni motivatsiyasini oshirish g‘oyat muhim omillardan sanaladi. Zero, ishlab chiqarish amaliyoti oliy ta’lim muassasalarida malakali muhandislar tayyorlashning, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning muhim qismidir. Shuning uchun ham kasbiy tayyorgarlik uchun ajratilgan umumiy vaqtning 40-45 foizi ishlab chiqarish ta’limiga beriladi. U mohiyatiga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladigan muhandis-pedagog (o‘qituvchi) bilan talabalarning o‘zaro bog‘liq va bir-birini toqazo qiladigan faoliyatlarida o‘z aksini topadi. Bunday faoliyatning natijasi, talabalarda tarkib topgan amaliy bilimlar, kasbiy xatti-harakat usullari (ko‘nikma, malaka) hamda shaxsiy fazilatlarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati ya’ni, kasbiy kompetentlik hisoblanadi. Pedagogik jarayonda talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlab o‘qitishni faol tashkil etish shakllari sifatida zamonoviy ma’ruza mashg‘ulotlari, labaratoriya mashg‘ulotlari, video mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar, seminar-treninglar, mustaqil ta’lim kiritildi. Innovatsion ta’lim metodlari bo‘yicha “Coaching”, “Sparring-partnership”, “Imitation games” metodlari tavsiya etildi. Ta’lim vositalari sifatida didaktik vositalar, axborot texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari belgilandi.
Natijaviy–baholash komponentida kasbiy kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini baholashning mezonlari va metodlari tanlandi.
Biz kasbiy kompetentli muhandislarni tayyorlash modelini oliy ta’lim muassasasida tadbiq etishning algoritmik xaritasi ishlab chiqdik. (2.1.2-rasm).
Algoritmik xaritada modelni joriy etish ketma-ketligi keltirilgan. Bunda davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining kasbiy kompetentli muhandislar modelining mavjudligi hamda bo‘lajak muhandislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashda faol ta’lim metodlari va trening mashg‘ulotlariga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish orqali model mazmun mohiyatini oliy oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilariga yetkazish. Natijada pedagoglarni bo‘lajak muhandislarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash modelini amalga oshirishga tayyorligini ta’minlash. Modelni amalga oshirish bosqichlarini aniqlash (tashkiliy, tayyorgarlik, amalga joriy etish, natija). Moddiy-texnik va o‘quv-metodik baza, shu jumladan,




Download 313,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish