Gʻallaorol tumani
Gʻallaorol tumani – Jizzax viloyatidagi
tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil
etilgan. 1931 yilgacha Yangiqoʻrgʻon
tumani deb atalgan. Viloyatning gʻarbiy,
janubi-gʻarbiy qismida joylashgan.
Shimolidan Forish, sharqdan Jizzax,
janubidan Baxmal tumanlari, janubi-gʻarb
va gʻarbdan Samarqand viloyati bilan
chegaradosh. Maydoni 2,0 ming km².
Aholisi 128,1 ming kishi (2005). 1 shahar
(Gʻallaorol), 2 shaharcha (Mar-jonbuloq,
Qoʻytosh), 11 qishloq fu-qarolari yigʻini
(Buloqboshi, Guliston, Ittifoq, Koʻkbuloq,
Madaniyat, Mirzabuloq, Moʻltob, Mulkush,
tozaurugʻ, Qipchoqsoy, Gʻoʻbdin) bor.
Markazi – Gʻallaorol shahri.
[1]
Gʻallaorol tumani
Галляаральский район
Tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Gʻallaorol
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 127 500
Dinlar tarkibi musulmonlar
Soat mintaqasi UTC+5
Tabiati
Tumanning markaziy va gʻarbiy qismi
tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismi
qir, baland adir va togʻlardan iborat.
Shim.dan Nurota tizmalari, sharqsan
Molguzar togʻi bilan oʻralgan. Tuman
hududining katta qismi uning markaziy
qismidan shimoliga 350400 m dan
1600–1900 m gacha koʻtarilib boruvchi
tekislik. Tekislik Nurota togʻi
etaklarigacha davom etadi. Foydali
qazilmalarl.sh qoʻrgʻo-shin, rux, oltin,
volfram. mahalliy ahamiyatga ega
boʻlgan qum, shagʻal, gips, granit,
ohaktosh va boshqa turli qurilish
materiallari mavjud, shifobaxsh mineral
suv manbai bor. Iklimi keskin kontinental,
yozi quruq, qishi sovuq. Yanvarning
oʻrtacha temperaturasi –2°, iyulniki 32°.
Yillik yogʻin 326 mm. Vegetatsiya davri
240 kun. Tuproqlari sariq tuproq,
lyosslardan iborat. Markaziy va shimolily
qismidagi adirlarning tuprogʻi lyoss
ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik
boʻz tuproq. Soylik, jar koʻp. Tuman
hududidan Sangzor daryosi oqib oʻtadi.
Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang,
yal-piz, lola, lolaqizgʻaldoq, iloq, qiyoq,
shoʻra, shuvoq, yantoq, naʼmatak, zira,
zirk va boshqa oʻsadi. Yovvoyi
hayvonlardan boʻri, tulki, qobon,
chiyaboʻri, arxar, quyon; sudralib
yuruvchilardan tosh-baqa, zaharli ilonlar,
echkemar, kal-takesaklar;
kemiruvchilardan kala-mush,
yumronqoziq, dala sichqoni; qushlardan
burgut, tuvaloq, bedana, qirgʻovul, kaklik,
kaptar yashaydi; suv havzalarida turli
baliqlar uchraydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek,
tojik, tatar, rus va boshqa mil-lat vakillari
ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi
1 km²ga 61,9 kishi. Shahar aholisi 32,2
ming kishi, qishloq aholisi 91,6 ming
kishi.
Gʻallaorol tumanida Marjonbuloq va
Qoʻytosh volfram-molibden konlari, meva-
Aholisi
Iqtisodiyoti
konserva, sharob ishlab chiqarish
korxonasi, parrandachilik aksiyadorlik
birlashmasi, avtokorxona, MTP, sutni
qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi texnikasini
taʼmirlash, paxta tozalash, gʻisht
zavodlari bor. 230 ga yaqin firma, oʻrta
biznes, kichik korxona, mikrofirmalar
faoliyat koʻrsatadi. "Gʻallaorol –
Iordaniya", "Gʻallaorol – Turkiya",
"Gʻallaorol – Belogorsk", "Vollastonit"
(Qoʻytoshda) qoʻshma korxonalari ishlab
turibdi.
Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik,
bogʻdorchilik, tokchilik, chorvachilik (shu
jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Ekin
maydonlariga don, sabzavot, kartosh-ka,
poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat,
fermer xoʻjaliklari, oʻrmon xoʻjaligi ilmiy
ishlab chiqarish birlashmasi, urugʻchilik
firmasi va boshqa bor. Tumandagi jamoa
va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va
echki, parran-da, yilqi boqiladi. Tuman
hududidagi kanallar uz. 76 km, zovurlar
uz. 106,6 km.
90 ga yaqin umumiy taʼlim, bolalar
musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari,
tuman markaziy kutubxonasi va uning 33
ta tarmogʻi (244 ming nusxa asar), 11
madaniyat uyi, 15 klub muassasasi
mavjud. "Oltin boshoq" ashula va raqs,
"Gashtak" folklor-et-nografik dastalari
faoliyat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari
va boshqa sport inshootlari bor. Tuman
markaziy kasalxonasi (520 oʻrin), 4
poliklinika, tugʻruqxona, 55 feldsher-
akusherlik punkti, 10 qishloq-vrachlik am-
bulatoriyasi, dorixonalar aholiga xizmat
koʻrsatadi. Tuman hududidan Katta
Oʻzbekiston trakti va temir yoʻl oʻtgan.
Tuman markazidan Toshkent,
Samarqand, Jizzax shahri lari, viloyatning
Baxmal, Gagarin, Paxtakor, Doʻstlik
shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Tezyu-
rar Toshkent – Samarqand elektr poyezdi
tuman hududidan oʻtadi.
Gʻallaorol tumanida Oydinsoy (miloddan
avvalgi 1-asr), Qoʻngʻirtepa, Shaxidtepa
(1-asr), Almantepa, Jalmantepa,
Lapaktepa, Pardakultepa, Nushkent kabi
tarixiy arxeologik yodgorliklar bor. "Gʻalla-
orol ovozi" tuman gaz. chop etiladi.
Tuman tarkibida 11 qishloq fuqarolar
yigʻini (Gʻubdun, Ittifoq, Kipchoqsuv,
Koʻkbuloq, Madaniyat, Mirzabuloq,
Buloqboshi, Guliston, Tozaurugʻ, Moltob,
Mulkush), 2 shahar (Marjonbuloq,
Gʻallaorol), 1 shaharcha (Qoʻytosh)
mavjud. Markazi – Gʻallaorol shahri.
Aholisi asosan oʻzbeklar; ruslar, tatarlar
va boshqa millat vakillari. Aholining
oʻrtacha zichligi 1 kvadrat kilometrga 19
kishi. Gʻallaorol tumanining markaziy va
gʻarbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-
gʻarbiy qismi qir, baland adir va togʻlardan
iborat. Shimoldan Nurota tizmalari,
sharqdan Molguzar togʻi bilan oʻralgan.
Gʻallaorol hududining katta qismini uning
markaziy qismidan shimolga 380-400
metrdan 1600-1900 metrgacha koʻtarilob
boruvchi lyoss va sariq tuproqli
qatlamdan iborat tekislik pasttekislik
tashkil qiladi. Sangzor daryosi xosil
qilgan bu tekislik Nurota togʻ etaklariga
borib taqaladi.
Tuman zamini turli hil foydali qazilmalar
– qoʻrgʻoshin, rux, oltin, volfram singari
yer osti maʼdanlarga nihoyatda boy.
Mahalliy axamiyatga ega boʻlgan qum,
shagʻal, ganch, granit, ohaktosh va
boshqa hil qurilish materiallari ham
mavjud. Tumanda shifobaxsh mineral
suv manbai bor. Iqlimi keskin kontinental,
yozi quriq, qishi sovuq.
1. "Gʻallaorol tumani" OʻzME. Gʻ-harfi
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Gʻallaorol haqida foto-planeta.com
saytida (rus)
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Havolalar
Aksi belgilanmagan kontent CC BY-SA 3.0 ostida
foydalanish mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=G allaorol_tumani&oldid=202
2462
" dan olindi
Last edited 3 months ago by Plane…
Do'stlaringiz bilan baham: |