Gimnastikaning tarixiy taraqqiyoti



Download 77 Kb.
bet1/2
Sana16.08.2021
Hajmi77 Kb.
#149317
  1   2
Bog'liq
1349966749 12017


www.arxiv.uz

Gimnastikaning tarixiy taraqqiyoti
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o`zgarishi bilan, odam haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek urush qilish usullarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan. bular gimnastikaning mazmunan o`zgarishiga, uning o`qitish metodikasi va hatto mashqlarni bajarish texnikasining o`zgarishiga ham muhim ta`sir ko`rsatgan.

XVIII-XIX asrlardagi gimnastika tizimisiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi rimda hamda bir qancha g`arbiy evropa mamlakatlaridagi o`rta asrlar-davridayoq harbiya-jismoniy tayyorgarlik ko`rishda qullanilgan edi. yog`och ot (yog`och kon`) da, narvon va raqib qal`alariga hujum qilishni o`rgatishda qullanadigan boshqa inshoatlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.

Uyg`onish davridagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar. gimnastika mashg`ulotlarini ular insonning sog`ligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar. xvi asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha ajratdi. sog`lomlashtirish gimnastikasini, ya`ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog`liq bo`lmagan gimnastikani u asosiy jismoniy tarbiya vositasi deb hisoblagan edi.

Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo`nalish ham rivojlanayotgan bo`lib, bu yo`nalish asosini shug`ullanuvchilarning chaqqonlikni egallab olishlari tashkil etgan. frantsuz gumanist yozuvchisi fransua rablening (1494-1553 yillar atrofida) «gargantyua va pantagryuel`» asarida tarbiyalanuvchilar turli mashqlar bilan, shu jumladan turnikda, yog`och konda mashq qilganliklari, arqonga tirmashib chiqqanliklari, akrobatik mashqlar qilganliklari haqida ma`lumot berilgan. shu sababli xv asrdayoq dvoryan yoshlar maktablarida ayrim gimnastika asboblari va mashqlaridan foydalanilgan va ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos bo`lgan, deb hisoblash o`rinlidir.

Ya.a. Komenskiyning asarlari va uning didaktik printsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari jan-jak russo (1712-1778 yillar) va ayniqsa pestalotstsi (1746-1827 yillar) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdi. russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.

Pestalotstsi bolalarda mavjud bo`lgan kuch va qobiliyatni mashq orqali rivojlantirishni jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi deb bilgan. u fikrlash va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni ham keyingi o`ringa qo`yish muhim, deb hisoblagan. buning uchun bug`inlardagi eng oddiy harakatlar, eng yaxshi mashqlar bo`ladi, chunki har qanday murakkab harakat ana shunday oddiy harakatlardan tarkib topadi, deb aytadi. bug`in gimnastikasini esa harakatli o`yinlar va qul mehnati tuldirib borishi kerak bo`ladi, deb ta`kidlaydi. albatta, bu bilan u bug`in mashqlarining ahamiyatiga haddan tashqari yuqori baho berib yuborgan edi, shunga qaramay u ishlab chiqqan analitik uslub usha zamon gimnastikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan va keng qo`llanilgan. pestalotstsi-gimnastika nazariyasi va metodikasi asoschilaridan biri, «bug`in harakatlari» esa-hozirgi erkin mashqlarning namunasidir.

Russo, pestalotstsi va boshqa usha zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g`oyalari g`arbiy evropa mamlakatlarining burjua intelligentsiyasi tomonidan qullab-quvvatlanar edi. bu sohada amaliy ishlar ilk bor germaniyada boshlandi. xviii asrning 70-yillarida, ayrim shaharlarda yangi tipdagi maktablar-filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.

Fit (1763-1836) va gust-mutslar (1759-1839 yillar) filantropinlardagi gimnastikaning eng mashhur rahbarlari edilar. ular ma`lum bo`lgan jismoniy mashqlarning hammasidan foydalardilar. fit uch tomlik asarida gimnastika haqidagi nazariy va amaliy ma`lumotlarni bayon qilib bergan. u mashg`ulotlardan maqsad-salomatlikni mustahkamlash, kuch va harakat tezligini rivojlantirish, qomatning chiroyli bo`lishiga erishish, aqliy rivojlanish va psixik faoliyatga ko`mak berishdir, deb hisoblardi. fit o`z asarida bir qancha qimmatli metodik ko`rsatmalar beradiki, ular hanuzgacha ahamiyatini yo`qotmagan (bular mashqlarning ketma-ketligi, engil mashqlardan asta-sekin qiyinlariga o`ta borish haqidagi, o`quvchilarning aktivligi, ularning mashg`ulotga qiziqishi, individual xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar to`g`risidagi ko`rsatmalardir).

Guts-muts ko`pgina gimnastika mashqlarining, jumladan gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarning texnikasini ishlab chiqdi. bu mashqlarda harakat shakliga katta ahamiyat beriladi. uning «o`smirlar uchun gimnastika» kitobi bir qancha mamlakatlarda, keng tarqalib, gimnastika taraqqiyotiga yordam berdi. unda turnik, bruslar, yakkachupda bajariladigan jungina mashqlar tasvirlangan edi. kitobda mashg`ulotlar vaqtida o`quvchilarning o`zaro musobaqalashuvi rag`batlantirilgan, harakatlar ijrosi aniq bo`lishiga quyiladigan talablar ishlab chiqilgan edi.

Binobarin, XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining nazariy asoslari ko`zga tashlana boshlaydi.

Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi xix asr boshlariga to`g`ri keladiki, bu ijtimoiy talablar oqibati edi. urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilardi. usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi. komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilardi. o`sha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi.

XIX asrning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo`nalish ko`zga tashlana boshladi:


Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish