Guruh talabasi Satipboyev Muxriddin 12-Amaliy ish Mavzu: Kiritish-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish



Download 2,15 Mb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#255694
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-amaliy ish


943-19 guruh talabasi

Satipboyev Muxriddin

12-Amaliy ish

Mavzu: Kiritish-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish

Kompyuterga kiritish/chiqarish qurilmalarini ulashning eng oddiy usuli shina orqali ulanish bo’lib, u rasmda ko’rsatilgan. Shinaga ulangan barcha qurilmalar o’zaro axborot almasha oladilar. Odatda shinalar uchta to’plamli liniyadan iborat bo’ladi: adres, ma’lumot va komanda uzatish to’plamlari. Har bir kiritish/chiqarish qurilmasiga alohida adres to’plami ajratiladi. MP adres liniyasiga aniq adresni joylaganda, shu adresli qurilma boshqaruv liniyasidan kelayotgan komandaga javob beradi (uni bajaradi). Kiritish/chiqarish qurilmalari va xotira bitta adres muhitidan foydalangan xolda kiritish/chiqarishni tashkil qilinishi kiritish/chiqarishni xotirada akslanishi deyiladi.



Kiritish/chiqarishni xotirada akslanishini ishlatganda xotiraga murojaat qiluvchi har qanday mashina komandasi kiritish/chiqarish qurilmalari bilan ma’lumot almashishda ishlatilishi mumkin. Masalan, DATAIN – kirish buferi adresi bo’lsa, Move DATAIN,R0 komandasi DATAIN dan ma’lumotlarni o’qiydi va R0 (R-nol) registrga joylashtiradi.

Xuddi shuningdek, Move R0,DATAOUT komandasi R0 reghistrdagi ma’lumotlarni DATAOUT adresiga (bu displey, printer va/yoki boshqa qurilma bo’lishgi mumkin) uzatadi.

Kiritish/chiqarishni xotirada akslanish texnologiyasi hamma kompyuter tizimlarida ishlatiladi. Ba’zi MP lar kiritish/chiqarish ni bajarish uchun maxsus In va Out komandalrini ishlatadilar. Masalan Intel protsessorlari maxsus kiritish/chiqarish komandalari va kiritish/chiqarish qurilmalari uchun alohida 16 razryadli adres maydoniga ega. Bu protsessor asosida kompyuter tizimini ishlab chiqishda qurilmalarni: 1) umumiy kiritish/chiqarish adres maydonidan foydalanadigan yoki 2) har birini adres maydonining bir qismi sifatida tizimga ulashi mumkin. Bunday, 2)-yondashuv dasturiy ta’minotni soddalashtirganligi sababli urfda keng qo’llaniladi. Bu yondashuvning ustunliklaridan biri qurilmalar kam sonli adres liniyalarini band qiladilar. Kiritish/chiqarishning alohida adres muhitiga egaligi, kiritish/chiqarish adres liniyalari xotiraning adres liniyalaridan alohidaligini bildirmaydi. MP dan uzatilgan signal kiritish/chiqarish tizimiga tegishli ekanligini shinadan uzatiluvchi maxsus signal aniqlaydi. Bu signalni olgan xotira uni inkor qiladi, kiritish/chiqarish qurilmalari esa shinadan kelgan adresning kichik razryadlarini analiz qilib, qaysi qurilmaga tegishliligini aniqlaydi.



Qurilmani shinaga ulash uchun talab qilinadigan elementlar slaydda kelritilgan. Adres liniyasida paydo bo’lgan qurilma adresini qurilma dekoder (deshifrato) yordamida aniqlaydi. Qurilma va MP almashadigan ma’lumotlar ma’lumotlar registrida joylashadi. Holat registri esa kiritish/chiqarish qurilmasining ishlash holati haqidagi axborotni saqlaydi. Holat reishtri va ma’lumotlar registri ma’lumotlar shinasi bilan bog’lanadi va ularga adres beriladi. Adres deshifratori, holat va ma’lumot registrlari, boshqaruvchi sxemalar – hammasi qurilmaning ulanish sxemasi yoki interfeysini tashkil qiladi.

Kiritish/chiqarish qurilmalarining ish tezligi MP ish tezligidan keskin farq qiladi. Misol uchun, foydalanuvchi klaviaturadan kiritadigan ketma-ket ikkita simvolning orasida o’tgan vaqt mobaynida MP millionlab amallarni bajaradi. Klaviaturadann simvolni o’qiydigan komanda faqatgina, komanda klaviatura interfeysining kirish buferida bo’lgandagina bajariladi. Klaviaturadan ma’lumot kiritganda registrning bir razryadida holat bayrog’i – SIN qo’shiladi. Klaviaturadan signal kiritilganda uning qiymati 1 teng, kiritilgan simvol MP tomonidan o’qilganda 0 ga teng. Shu tartibda, ya’ni SIN bayrog’ining holatini tekshirib, MP ma’lumotlarni o’qish amalini to’g’riligini ta’minlaydi. Buning uchun dasturiy sikl tashkil qilinadi. Sikl holat registrini SIN bayrog’i holatini tekshirib turadi. Bayroq 1 ga teng bo’lganini sezgan dastur kiruvchi ma’lumotlar registridan uni o’qiydi. Xuddi shu tartibda chiqarish amali hamm bajariladi, faqat bunda SOUT holat bayroqchasi ishlatiladi.


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish