Hujayra (lotincha: cellula „katakcha ) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi



Download 33,62 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi33,62 Kb.
#556890
  1   2
Bog'liq
Hujayra


Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Hooke 1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalgr. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribosomalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning hujayrastrukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer prinsipi)ni taʼminlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsipi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Masalan, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. Hujayra ichida ionlarning muayyan konsentratsiyasi saqlanadi. Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.
Oʻsimlik hujayrasi hujayra membranasi sirtidan qattiq qobiqbn qoplangan (qobiq jinsiy hujayrada boʻlmaydi). Hujayra qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni hujayra oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan hujayra qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi hujayralari ayniqsa juda pishiqHujayra devoriga ega boʻlib, hujayra halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik hujayrasining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, uglevodlar, organik kislotalar, alkaloidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.
Barcha eukariotlar hujayrasi bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular prokariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha hujayra membranasining funksiyasi ham oʻxshash. Hujayra tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqishidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi hujayra oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi hujayraning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Bir hujayralilar hujayrasining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin hujayra mitoxondriyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.
Bir organizmning barcha hujayralari genomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan hujayraga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda hujayra xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil hujayralar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli hujayra) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik hujayra koʻp funksiyali, masalan, jigar hujayrasi qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sintezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha hujayrada umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil hujayralar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-biridan farq qiluvchi belgilarga nisbatan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayra toʻqimalarni hosil qiladi.
Metabolitlar va ionlar — hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsatib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli hujayrada hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.
Hujayralarning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning hujayra faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar hujayraning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sunʼiy sharoitda hujayraning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.
Eukariot hujayra mitoz orqali oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Odam organizmidagi hujayra soni 1014. Ayrim toʻqimalarda hujayra soni hayot davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan hujayra boʻlinadi. Masalan, odam organizmida sutka davomida 70 milliard ga yaqin ichak epiteliysi hujayrasi, 2 milliard eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha toʻqimalarda hujayra toʻliq ixtisoslashgan holda hujayra sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz hujayra boʻlinmasdan xromosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi (qarang Poliploidiya) yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan hujayra yadrosi umuman hujayra sikliga kirishmaydi (masalan, neyronlar, skelet muskullari tolasi). Bunday hollarda hujayra hayoti organizm umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam hujayrasi oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha hujayralarda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos koʻp sonli hujayralardagi metabolitik va boshqaruv jarayonlarining oʻzaro bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini taʼminlaydi. Hujayrani sitologiya fani oʻrganadi. Yana q. Hujayra nazariyasi, Hujayra sikli.

,Toʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi. Odam va hayvonlar toʻqimasi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv toʻqimalariga boʻlinadi. Epiteliy toʻqimasi odam va hayvonlar tanasini qoplab turadi, ichki organlarda parda hosil qiladi, himoya funksiyasini; uning hosilalari, masalan, jigar va meʼda osti bezining serektor epiteliysi sekretor funksiyasini bajaradi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima va uning xreilalari (qarang Krn, Limfa, Togʻay, Suyak) himoya, tayanch va trofik funksiyani bajaradi. Mezenximadan rivojlanadi. Muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega. Shu tufayli organizm fazoda harakat qiladi va uning organlarida qisqarish harakati sodir boʻladi; silliq muskul toʻqimasi mezenximadan, koʻndalangtargʻil muskul toʻqimasi mezodermadan rivojlanadi. Nerv toʻqimasi ektodermadan hosil boʻlib, organizmning hayot faoliyatini boshqaradi, tashqi muhitdan signallar qabul qiladi va organizmning javob reaksiyasini belgilab beradi. Toʻqimaning xosil boʻlishi (gistogenez) embrionning rivojlanishi jarayonida dastlabki hujayraning ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Koʻpincha gistogenez voyaga yetgan organizmda ham sodir boʻladi. Toʻqimaning regeneratsiyalash, baʼzan oʻsishini taʼminlaydi. Har bir organizmning oʻziga xos funksiyasi, odatda, bitta toʻqima yoki bir qancha ixtisoslashgan hujayralar bilan bogʻliq. Barcha organlarda bir necha xil toʻqima boʻladi. Ular birgalikda organizm funksiyasini boshqarib turadi. Funksional jihatdan nerv va muskul toʻqimasi, ayniqsa, chambarchas bogʻlangan. Tuban koʻp hujayralilarda toʻqima kuchli ixtisoslashmagan. Bir xil tipdagi toʻqimaning tuzilishi organizmning har xil qismida va turli darajada tuzilgan organizmlarda bir xilda boʻlmaydi. T. evolyutsiya davomida hujayralarning funksional ixtisoslashuvi natijasida hosil boʻlgan.


Oʻsimliklarda toʻqima bir xil hujayralardan iborat boʻlsa — oddiy (mas., kollenxima), har xil hujayralardan iborat boʻlsa — murakkab toʻqima deyiladi. Oʻsimlikning hayoti davomida oʻsishini taʼminlovchi toʻqima meristema bilan bogʻliq. Ildiz va poyaning uchki qismidagi toʻqima birlamchi meristema deyiladi. Poya va ildiz diametrining oʻsishi ikkilamchi meristema — kambiy va fellogen bilan bogʻliq. Odatda, oʻsimliklarda 3 xil: qoplovchi, oʻtkazuvchi va asosiy toʻqima sistemasi ajratiladi. Qoplovchi sistema birlamchi toʻqima (epiderma, epiblema, yaʼni rizoderma, ekzo,derma)dan hamda himoya va soʻrish funksiyasini bajaradigan havo, baʼzan, tuproq (ildizlar) va ikkilamchi toʻqima (himoya funksiyasini bajaradigan) peridermadan iborat boʻlishi mumkin. Pust deb ataladigan uchlamchi qoplovchi toʻqima daraxtlar ildizi va poyasida sirtqi peridermaning nobud boʻlishi tufayli hosil boʻladi. Oʻtkazuvchi sistema 2 xil: birlamchi va ikkilamchi floema hamda birlamchi va ikkilamchi ksilemadan iborat. Asosiy sistema birlamchi parenxima toʻqimasi — xlorenxima, aerenxima hamda mexanik toʻqima — kollenxima va sklerenximani uz ichiga oladi. Bundan tashkari, ajratish, shamollatish funksiyasiga ega boʻlgan T. ham bor.

Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, Umumiy Anatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi, va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvon anatomiyasi, oʻsimlik anatomiyasi va odam anatomiyasi.



Anatomiya – ayrim a’zolar, si-stemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini oʻrganadigan fan; mor-fologiyaning bir qismi (qarang Hayvonlar morfologiyasi, Oʻsimliklar morfolo-giyasi). A. hayvonlar A.si (zootomiya) va oʻsimliklar anatomiyasi (fitotomiya)ga boʻlinadi. Hayvonlar A.sidan odam A.si (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini oʻrganadigan qiyosiy (solishtirma) A. ham bor. "A" termini koʻproq odam A.sini ifoda-lash uchun ishlatiladi. Odam A.siga inson organizmi faoliyati haqidagi fan – fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. A. har bir a’zoning kishi jinsi va yoshiga qarab oʻzgarish xususiyatlarini, atrof muhit hamda mehnat fao-liyatining a’zolar tuzilishi, vazifasiga ta’sirini ham oʻrganadi. Dastlab har bir a’zo alohida-alo-hida oʻrganilgan boʻlsa, keyinchalik a’zolarning oʻzaro munosabatlarini, ularning bir siste-maga birlashish qonuniyatlarini, orga-nizm bir butun boʻlib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bogʻliqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hisobga olgan holda oʻrganila boshlandi.A.ga oid dastlabki ma’lumotlar eng qadimgi xitoy va hind asarlarida, shuning-dek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya makta-bi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli "Tib qonunlari" asarida tib-biyotning barcha sohalariga, xususan A.ga oid mukammal ma’lumot berildi. Ita-lyan rassomi Leonardoda Vinchi mur-dani yorib tekshirib normal A.ning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hozirgi zamon A.si Uygʻonish davridan, ya’ni yev-ropalik anatom-olim A. Vezaliy mur-dalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining toʻliq, sistematik va aniq 470tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. A. umuman normal a’zo va toʻqimalarning shakli va tuzilishini oʻrgangani uchun normal A. deb ataladi. Normal A., or-ganizmning funksional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi ta’-limot – osteologiya, boʻgʻimlar haqidagi ta’limot – artrologiya, muskullar haqidagi ta’limot – miologiya, ichki a’zolar haqidagi ta’limot –splanx-nologiya, qon aylanish va limfa siste-masi haqidagi ta’limot – angiologiya, markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi ta’limot – nevrologiya, sezgi a’zolari haqidagi ta’limot – estezio-logiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi ta’limot – endokrinologiyatg boʻlinadi. A.dan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (a’zo va toʻqimalarning mi-kroskopik tuzilishini oʻrganadi); pato-logik A. (kasallik oqibatida oʻzgargan a’zo va toʻqimalarning shakli va tuzi-lishini oʻrganadi), topografik yoki ama-liy A. (xirurgik A. ham deyiladi, odam tanasida a’zo va toʻqimalarning joyla-nishini oʻrganadi). Bundan tashqari, va-zifasi tasviriy san’at (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi koʻrinishini tasvirlab berishdan iborat boʻlgan plastik A., a’zolarning shakllari va tuzilishini ularning fa-oliyati bilan bogʻliq holda oʻrganadigan funksional yoki nazariy A., yosh A.si va boshqa A.lar ham bor.Miyaning faoliyati bilan bogʻliq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa to-mirlarining nerv bilan ta’minlanishi, bir qismi ishdan chik,-qan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensatsiya) qobiliyati va boshqa masalalar ham A.ning tadqiqot mavzuidir.A.ning asosiy va eng qadimgi oʻrganish usulidan foydalanilgan, bora-bora ke-sib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qoʻllash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab koʻrish, perkussiya (barmoq yoki bolgʻacha bilan urib oʻrganish) yoki au-skultatsiya (eshitib koʻrish) usullari qoʻllanila boshlandi. Bundan tashqari, A. (proyeksion A.) hayvonlar va sogʻlom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan a’zolarning joylanishini tajriba yoʻli bilan aniqlaydi.Oʻzbekistonda A. fanining haqiqiy rivoji 1940–50 yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbek olimlaridan H. 3. Zohidov markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzili-shini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistema-sining qon bilan ta’minlanishini, qon to-mirlar A.sini, M. N. Xolqoʻziyev vegeta-tiv nerv sistemasi A. sini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining ta’sirini oʻrgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxoʻjayevlar ham A. rivojla-nishiga munosib hissa qoʻshdilar. Hozir A.ning dolzarb masalalari – jigar, to-mirlarning normal va regeneratsiya sha-roitidagi oʻzgarishlari hamda nervlarning tiklanishi va periferik qon ay-lanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda
Odam Anatomiyasi[tahrir 

Download 33,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish