I bob. Autsoring haqida tushuncha va bu xizmat turining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishining samarasi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsoring usulida ovqatlanishi tashkil etish bo’yicha tanlov o’tkazish Autsorser faoliyatini tashkil etish



Download 48,4 Kb.
bet6/9
Sana29.04.2022
Hajmi48,4 Kb.
#593169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshq va menej

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsoring usulida ovqatlanishi tashkil etish bo’yicha tanlov o’tkazish Autsorser faoliyatini tashkil etish
Komissiya qarori asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan autsorser o‘rtasidagi shartnoma bir yil muddatga tuziladi. Agar autsorser tomonidan tanlovdagi takliflariga ko‘ra belgilangan muddatlarda investitsiya mablag‘lari to‘liq kiritilganda, o‘z faoliyatida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirganda, kuzatuv kengashi va ota-onalar tomonidan e’tirozlar bo‘lmaganda, Komissiya tomonidan shartnoma muddati kelgusi yillarga uzaytirilishi mumkin.Bunda ota-onalar o‘rtasida xar chorakda bir marta o‘tkaziladigan so‘rovnomalar natijalari vazirlikda hisobi yuritilishi va yuzaga kelgan e’tirozlar mavjud holda vazirlik ishchi guruhi joyiga chiqib o‘rganilishi natijalari qat’iy hisobi yuritilib xulosa chiqariladi.
Autsorserlarga tashkilotlarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilanadi hamda ovqatlantirishni tashkil etish uchun iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati maktabgacha ta’lim tashkilotiga ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida qoplanadi.
Autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etiladigan tashkilotlarda bolalarni ovqatlantirishni moliyalashtirish ota-onalar to‘lov pullari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etilgan tashkilotdagi mavjud oshpaz, oshxona ishchilari shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartiriladi.
Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining taomnomaga muvofiqligi tashkilot direktori, hamshira, ota-onalar vakillaridan iborat Brakeraj komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi va nazorat yakunlari tashkilotning tayyor taomlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha yuritilgan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi brakeraj daftarida har kuni qayd qilib boriladi. Brakeraj komissiyasi autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining taomnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga bildirgi kiritadi. Autsorser faoliyatini o‘rganish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari bildirgi asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda taom tayyorlash bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilib, ishchi guruh tashkil qiladi, o‘rganadi va natijasini vazirlikka taqdim qiladi.Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va me’yorlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda kunlik sinamalar olish tashkilot tibbiyot xodimi zimmasiga yuklanadi.
Tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish guruhlarda tashkil etilganda, tayyor taomlar taomnomada belgilangan miqdorlarda va sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda bo‘lishini ta’minlashga tashkilot direktori mas’ul hisoblanadi.
Autsorser tomonidan sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi, oshxona xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishini nazorat qilish tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Taomnoma rejasi bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda, har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik o‘rtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda autsorser tomonidan bir kun oldin soat 16:00 gacha tuziladi.
Tashkilot direktori tomonidan joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ertalab soat 9:00 ga qadar tasdiqlangan buyurtmada ko‘rsatilgan bolalar soniga ko‘ra asosiy taomnoma autsorser tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda uch nusxada tuziladi. Autsorser har kuni asosiy taomnomaning bir nusxasini tashkilot rahbariga taqdim etadi (maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari kunlik taomnomalarni brakeraj komissiyasiga taqdim qilinishiga mas’ul) va bir nusxasini tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga har o‘n kunda hisobot bilan topshiradi.Taomnomada tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari ko‘rsatiladi. Tashkilotda tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari va 6-ilovaga muvofiq shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga keltirilgan xom oziq-ovqat mahsulotlari sifati haqidagi ma’lumotlarni qayd etish Brakeraj daftari tashkilot hamshirasi tomonidan yuritiladi.
Oshxona va oshxona jihozlarini ta’mirlash, xodimlar ish haqi, oshxona jihozlari, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va yuvish vositalari bilan ta’minlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
Autsorser har o‘n kunda tasdiqlangan taomnomalar nusxalari va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-faktura hujjatlarini, tashkilot direktori tomonidan tasdiqlangan buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi markazlashtirilgan buxgalteriyasiga taqdim etadi.
Bunda autsorser barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda, amaldagi o‘rtacha bozor narxlari bo‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqadi.
Amaldagi o‘rtacha bozor narxlari har oyda tuman va shahar hokimliklari tomonidan aniqlanib, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim qilingan narxlarni tahlil qilib, hokimlikning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi hamda tegishli hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasiga tasdiqlangan holda taqdim etadi.
Hisobotlar asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari autsorserga ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha tegishli mablag‘larni joriy oyning 25-kuniga qadar o‘tkazib berishni ta’minlaydi. Bunda joriy oyning qolgan kunlari uchun mablag‘lar keyingi oy kunlari uchun to‘lanadigan mablag‘larga qo‘shib o‘tkazib beriladi.
Tashkilot xodimlarining ushbu tashkilotda ovqatlanishini tashkil etish autsorser bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida amalga oshiriladi. Tashkilot xodimlarini ovqatlantirish alohida taomnoma asosida tashkil qilinadi. Ovqatlantirish narxlari ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan taomlar miqdori va qiymati orqali aniqlanadi va har bir xodimga to‘lov puli belgilanadi. Xodimlarning tashkilotda ovqatlanganligi uchun to‘lovlar xodimlar tomonidan joriy oyning 25-kunidan kechiktirmay autsorserga to‘lab beriladi. Xodimlarning tashkilotda ovqatlanganligi uchun to‘lovlar miqdorini hisoblashda xodimning faqat ishda bo‘lgan kunlari e’tiborga olinadi. Xodimning ishda bo‘lmagan kunlari uchun undirilgan to‘lovlar keyingi oy uchun to‘lov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.

Download 48,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish