Ilmiy tadqiqot metadologiyasi


misollar  yordamida  asoslang



Download 230,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi230,31 Kb.
#200175
1   2   3   4   5
misollar  yordamida  asoslang. 


      Muammo  –  bu  yechilishi  lozim  bo'lgan  masala  yoki  vazifa.  Muammoni  qo'yish  hali  anglab 

yetilmagan  

narsa  yoki  hodisaning  mavjudligini  anglatadi.  Ayni  vaqtda  bu  narsa  yoki  hodisa  muayyan  tarzda  

tavsiflangan, ajratilgan, ya'ni u haqda muayyan boshlang'ich bilim mavjud bo'lishi lozim. Shunday  qilib, 

muammoni bilish – bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir. Huquq sohasidagi tadqiqot 

faoliyatini  yurisprudentsiyaning  ma'lum  bir  sohasidagi  ilmiy  muammoni  tahlil  qilish  bilan  boshlash 

tavsiya  qilinadi.  Ilmiy  muammoni  muayyan  davr  mobaynida  ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  tartibga 

solish sohasida vujudga kelgan, qonunchilik va ilmiy  hamjamiyat tomonidan mutlaqo yangi strategiyani 

yaratishni  talab  etadigan  muammoli  vaziyat  deb  ta'riflash  mumkin.    Huquqiy  fanlarda  va  yuridik 

amaliyotda yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Muammoli 

vaziyat  aniqlangan  dalillarni  mavjud  bilim  doirasida  tushuntirish  mumkin  emasligini  ifodalovchi 

vaziyatdir. Ilmiy  kashfiyot sari yo'l  muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni  ta'riflashdan o'tadi 

va  bu  vaziyatning  yechimini  topish  bilan  yakunlanadi.  Muammoli  vaziyatni  belgilash  fikrlashga  doir 

harakatni,  amalni,  mulohazalarni  yoyishning  boshlang'ich  asosi  hisoblanadi.    O'rganilayotgan 

maqsadlarda  kerakli  axborotning  va  insonning  bilimlari  tegishli  ma'lumotlar  olishga  yetishmasligi 

vaziyatning  noaniqligini  kuchaytirib  yuboradi.  Oqibatda  esa,  izlanuvchi  o'z  maqsadiga  yetaklovchi 

ko'plab  muqobilliklarga  duch  keladi.  Bunda  u  mazkur  muqobil  g'oyalarning  ichidan  izlanayotgan 

maqsadlarga  olib  boruvchi  eng  adekvatrog'ini  tanlashi  kerak  bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  yangi 

g'oyalarning  muqobilini  tanlashga  doir  fikrlash  amallari  muammo  tushunchasining  funktsional 

vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining  o'ziga xos xossalaridan 

biri  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Muammoli  vaziyatning  paydo  bo'lishi  har  xil  omillar  bilan  belgilanadi. 

Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga ega bo'lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin 

bo'lmagan  holda  yuzaga  keladi.  Bu  yerda  muammoli  vaziyat  ko'p  jihatdan  bizga  hali  aniq  bo'lmagan 

ob'ektiv  mavjud  hodisalar  ta'sirida  yuzaga  keladi.  Biroq  muammoli  vaziyat  ba'zan  mavjud  nazariy 

dasturni  rivojlantirish  va  kengaytirish  bilan  ham  bog'liq  bo'lishi  mumkin.  Muammoli  vaziyat  shaklan 

sub'ektiv,  biroq  mazmuniga  ko'ra  ob'ektivdir.    Amalda  u  tadqiqotchi  oldida  kuzatishlar  va 

eksperimentlarning  empirik  bilimlar  –  dalillar  va  qonunlar  shaklida  ifodalanuvchi  yangi  natijalari  bilan 

o'z  tasdig'ini  topgan  nazariy  bilimlarning  birikuvi  ko'rinishida  yuzaga  keladi.  Ko'pincha  muammoli 

vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan o'zini namoyon etadi. Uni moddiy 

va  ma'naviy  madaniyatning  rivojlanish  jarayoni,  shu  jumladan  fan  nazariyasi  va  amaliyotining 

rivojlanishi, unga davlat va jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni yechishdan manfaatdorligi  

tayyorlaydi.  Muammoli  vaziyatning  aniqlanishi  va  hal  qilinishiga  ijtimoiy-tarixiy  muhit  sezilarli  ta'sir 

ko'rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to'sqinlik qilishi ham mumkin. 

Muammoli  vaziyatda  olimning  o'ziga  xos  xususiyatlari,  xususan  uning  kasbiy  tayyorgarlik  darajasi, 

muammoda mo'ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha qarashlardan uzoqlasha olishi, zehnining o'tkirligi va 

hokazolar  ayniqsa  yorqin  namoyon  bo'ladi.  Muammoli  vaziyatni  tahlil  qilishda  shaxsiy-psixologik 

tusdagi  masalalarni  ham  o'rganishga  to'g'ri  keladi,  chunki  bu  vaziyatni  olim  o'z  boshidan  kechiradi  va 

unda  olimning  intuitsiyasi,  tafakkur  uslubi  va  hokazolar  namoyon  bo'ladi.  Muammoli  vaziyatning 

pirovard  negizi  amaliyot  hisoblanadi.  Bizning  ob'ekt  haqidagi  bilimlarimiz  yetarli  emasligi  ayon  bo'lib, 

«salbiy»  natijalar  olinadi,  amaliyot  yangi  muammolarning  yuzaga  kelishiga  sabab  bo'ladi.  Bunda  fan 

nisbatan mustaqillikka, o'z rivojlanishining ichki mantiqiga, o'z ichki qarama-qarshiliklariga ega ekanligi, 

bu  omillar  ham  muammoli  vaziyatlarni  yuzaga  keltirishini  unutmaslik  lozim.Ilmiy  faoliyat  ba'zida  juda 

keskin diskussiyalar bilan yanada rivojlanadi. Chunki har bir olim o'zining ilmiy tadqiqot sohasidan kelib 

chiqqan holda hamkasblari bilan o'zaro bahs olib boradi. Bunda ularning qarashlarini qabul qilishi ham, 

ularni  rad  etishi  ham  mumkin.  Ayni  shuning  uchun  ham  biz  o'zining  uzoq  davom  etgan  taraqqiyoti 

jarayonida  fan  o'z  muammolarini  asoslash,  tizimlashtirishga  erishdi,  deb  ayta  olamiz.  Fanda 

muammoning  qo'yilishi  va  yechilishi  bilish  ob'ektivligi  mezoniga  mos  keladi.  Bunday  mezonga  rioya 

qilgan holda olimlar o'zlari o'rganayotgan soha haqida maksimal ob'ektiv bilim olishga intiladilar. Ilmiy 

bilimning ob'ektivligi bu bilimga inson shaxsi omili tomonidan hech qanday buzilishlar kiritilmasligini  



talab  qiladi.  Holbuki,  shaxsiy  omillarining  o'zi  voqelikning  bir  qismi  sifatida  o'rganilayotgan 

hodisalarning omillari bo'lgan joyida o'z-o'zicha hisobga olinadi. Mazkur holat muammoli vaziyat  

bilan  chambarchas  bog'liq.Ilmiy  muammoni  qo'yish  muammoli  vaziyat  tahliliga  tayanadi,  lekin  bunday 

tahlilning  o'zi  bilangina  belgilanmaydi.  Muammoli  vaziyatga  tushib  qolgach,  muammoni  qo'ya  bilish 

lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy ta'riflanishi ham muhim. Buning uchun uni sub'ektiv,  

individual,  ruhiy  jihatlardan  mumkin  qadar  tozalash  va  fan  tilida  ifodalash  zarur.  Huquqiy  sohaning 

muayyan muammolari amaliyot va fanning rivojlanish tendentsiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu 

ulkan  ahamiyat  kasb  etadi  hamda  ilmiy  tadqiqot  dasturlarini  belgilab  beradi.  Shu  bilan  birga, 

huquqshunoslik  fanlarining  rivojlanishini  bir  necha  yillarga  va  hatto  o'n  yilliklarga  belgilab  berishi 

mumkin. Magistrant  muammoni baholashi va u shug'ullanishga arziydimi?, degan savolga  javob berishi 

juda  muhimdir.  Predmetli bilimdan  farqli  o'laroq,  muammolar  haqiqiy  ham,  soxta  ham  bo'lishi  mumkin 

emas.  Ammo  ularni  boshqa  mezonlar  –  muhimlik,  dolzarblik,  yechish  mumkinligi  (tadqiqotchilarni 

odatda muammoni  mazkur vositalar bilan va  mazkur  muddatda yechish mumkin yoki  mumkin emasligi 

to'g'risidagi  masala  juda  qiziqtiradi)  nuqtai  nazaridan  baholaydilar.  Ijtimoiy  madaniy  hayotda  ijtimoiy 

(kundalik, shaxsiy, kasbga doir, ilmiy), iqtisodiy (ishlab chiqarish sohasi) va siyosiy (xalqaro darajadagi,  

mintaqaviy)  muammo  shakllari  farqlanadi.    Muammo  ilmiy  tadqiqotning  dolzarbligiga  tayanadi.  O'z 

navbatida  muammo  ilmiy,  ilmiy-uslubiy,  ilmiy-metodologik  jihatdan tadqiq etiladigan  masaladan iborat 

bo'lishi  ham  mumkin.  Ilmiy  izlanishda  muammo  shunday  jarayonki,  u  mavzu  dolzarbligi  va  ishchi 

gipoteza  asosida  ifodalanadi  va  to  oxirgi  yechimga  yetib  bormaguncha  u  haqda  to'liq  bilimga  ega  bo'la 

olmaymiz,  ammo  shuni  bilamizki,  u  ilm-fan  rivoji  va  jamiyat  talabi  bilan  paydo  bo'ladi.  Demak,  ilmiy 

muammo  sababsiz  paydo  bo'lmaydi,  ular  doimo  mavjud  ilmiy  salohiyat  va  ilmiy  ishlanmalar  asosida 

paydo bo'ladi hamda ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi. Muammoni to'g'ri qo'yish 

va unga  mos tadqiqot maqsadini aniqlash har qanday ilmiy tadqiqotning  dastlabki bosqichi hisoblanadi. 

Ammo  muammo  qo'yilganidan  so'ng  uni  yechish  metodlarini  topish  talab  etiladi.  Muammo  qo'yilishida 

mavjud  bilimlar  asosida  maqsadga  erisha  olmaslik  haqidagi  bilimga  ega  bo'lib,  unga  ilgarigi  bilimlar 

asosida  tubdan  yangicha  yondashish,  ya'ni  yangi  qonuniyatni  ochish  imkoni  bilan  bog'liq  ishchi  farazni 

to'g'ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi 

faraz qilinadi.  



Download 230,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish