Innovatsion tadbirkorlikaga xatar soluvchi omillar qaysilar?



Download 125,97 Kb.
Sana25.10.2022
Hajmi125,97 Kb.
#856184
Bog'liq
Toshtenirov Jamshid MMT-82

Innovatsion tadbirkorlikaga xatar soluvchi omillar qaysilar?

Toshtemirov Jamshid MMT-82

  • Bozor iqtisodoyoti rivojlaniyotgan bir vaqtda tashkilot uchun innovatsiyalar yaratish va ularni rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. Lekin innovatsiyalar bir yo‘nalishda rivojlanishmaydi, ularga turli xil tashqi va ichki omillar o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Ko‘pgina olimlar, jumladan I. Adams va S.Axmed tashkilotdagi innovatsiyalar rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir etishini o‘rganishgan. Bu omillar quyidagilar: - tashkilot o‘sishiga ta‘sir. Har bir tashkilot o‘zining uzoq va qisqa muddatga mo‘ljallangan rejalar tuzadi. Biznesda aytishlaricha qisqa muddatli reja tuzgan va 59 qisqa muddatli daromad olish niyatida bo‘gan tashkilot uzoq muddatli investitsilarga qiziqmaydi, masalan innovatsiyalarga qilingan investitsiyalar.
  • I

Innovatsiyalarga investitsiyalar 1yildan ko‘p vaqt oladi va katta miqdordagi mablag‘ni talab qiladi. Shuning uchun ham uzoq muddatli reja tuzuvchi tashkilotlar innovatsion mahsulot ishlab chiqarishga qiziqishadi. -innovatsiyalar sohasidagi tajriba. Agar tashkilot oldin ham yangiliklar bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ishchilar innovatsiya sohasida tajribaga ega hisoblanadi. Tajriba deb innovatsion menejment sohasida yeg‘ilgan tajriba va mahoratlar, izlanish tajribasi, biznes – reja tuzish tajribasi tushuniladi. -tashqi tahlikalarga ahamiyat bermoq.Biz globalizatsiya vaqtida yashayapmiz, ya‘ni davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yuvilib ketmoqda, chet el tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda, dunyo bozoriga chiqish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Shunga qaramay biznes turli xil tashqi tahlikalarga duch kelmoqda masalan, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, texnologik va huquqiy. Nafaqat yangi mahsulot bilan shug‘ullaanib balki tashqi tahlikalarni inobatga oluvchi tashkilot xatarlarni kamaytira oladi.
Anchadan beri texnologiyalar va ularning saviyasi innovatsiyalar sohasida asosiy omil hisoblanadi. Masalan, agar tashkilot yangi innovatsion fikrga, ishchilarga ega bo‘lsa ammo texnologiyalar saviyasi pas bo‘lsa, bunday tashkilot o‘z fikrini hatto ishlab chiqarishga olib chiqolmaydi. Bundan hulosa kelib chiqadiki internet va texnologiyalar davrida tashkilot ko‘proq yangi va zamonaviy jihozlar sotib olishi lozim. -turli xil bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlik. Innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni ko‘pincha izlanish va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan bog‘lashadi, lekin tashkilot yangi mahsulot ishlab chiqariyotgan guruhni turli xil tarzda tuzishi mumkin. Masalan ba‘zi tashkilotlar har xil bo‘lim ishchilaridan iborat, ya‘ni marketolog, moliyachi va boshqa bo‘lim ishchilaridan, guruhlar tuzadi. Ikkinchi usul bu yangi mahsulotni yaratishni bitta hodimga topshirish, u hodim esa o‘zi birga ishlash uchun guruh yeg‘adi. Asosiysi qanday usuldan foydalanib bo‘lsa ham 60 har bir hodimni imkoniyatlarini inobatga olib tuzulgan guruhlar muvaffaqiyatli hisoblanishadi
Innovatsiya yaratish uchun yangi va noyob fikr kerak, bunday fikrlarni yaratish bilan esa menedjer shug‘ullanadi. Bunday menedjer va uning bo‘limi ―Qanday qilib insonlar ehtiyojlarini qondirish? Qanday qilib mijozlarni hayron qoldirish mumkin?‖ degan savolga javob izlashadi. Bu savolga javob sifatida yangi mahsulot ishlab chiqarish va undan tushadigan katta daromad bo‘lishi mumkin. - innovatsiyalar strategiyasi.Innovatsiya yaratish uzoq vaqtni oladi, ya‘ni bir yildan bir necha yilgacha. Menejment sohasida uzoq vaqtga tuzilgan reja strategic deb ataladi, bunday maqsadlar bilan yuqori malakali menedjerlar shug‘ullanishadi. Strategic rejalashtirishga ahamiyat beruvchi tashkilotlar xatardan xoli bo‘ishadi va daromadini oashira olishadi. 39 Innovatsiyalar rivojlanishi tashkilotlarga katta mablag‘ olib keladi. Shuning uchun ham innovatsiyalar rivojlanoshiga ta‘sir etuvchi omillarni e‘tiborsiz qoldirish kerak emas

Glossariy


Kommunikatsiya – axborot almashuvi. Kommunikatsiya tarmoqlari – suhbatlashuvchilar o‘rtasidagi aloqa o‘rnatish vositalari. Menejmentning funksiyalari - innovatsiyalarni amalga oshirishda hal qilinadigan umumiy vazifalar tarkibi. Qaror – bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Strategiya -- tashkilot tomonidan maqsadga yetish uchun uzun vaqtga tuzilgan reja.

Xulosa:

Asosiy qarorlar menejerning innovatsion menejmentning vazifalari ichidagi huquqlari, vakolatlari doirasida qabul qilinadi. Masalan, Innovatsion loyihani rejalashtirish vazifasi o‘z ichiga yangilikning taklif qilinayotgan loyihasini tahlil qilish va baholash, loyihani mavzuli rejaga kiritish, loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishning jadvali va tarkibini va tarkibini, loyiha bo‘yicha xarajatlar, loyihaning jamoasi va pudratchilar, yetkazib beruvchilarning tarkibini tasdiqlash va h.k, loyihani ta‘minlash uchun moliyaviy oqimlarni, sarmoyadorni qidirib topish, loyihani amalga oshirish rejasini qabul qilishni oladi.


Download 125,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish