Inson haq-huquqlarini himoya qilish Reja



Download 38,87 Kb.
bet1/8
Sana06.12.2022
Hajmi38,87 Kb.
#880051
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson haq-huquqlarini himoya qilish


Inson haq-huquqlarini himoya qilish
Reja:

  1. Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz

  2. Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha tashabbuslar davlatimizning milliy manfaatlariga xizmat qiladi.

  3. Inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmi



Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan.
Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabrь kuni Markaz tashkil etilganligiga 18 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida mazkur Markaz o‘z oldidagi o‘ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.
Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Bugun mamlakatimizda jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar ro'y bermoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezidentning Xalq va Virtual qabulxonalari faoliyatining yo'lga qo'yilishi bu borada muhim qadam bo'ldi. Bu chora-tadbirlar “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan insonparvarlik tamoyilini to'la ro'yobga chiqarishda muhim omil bo'lmoqda.
Ayni paytda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi saksondan ortiq xalqaro hujjat me'yorlarini milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jamiyatimizda bu borada ro'y berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy yangiliklardan xalqimizni o'z vaqtida xabardor etish maqsadida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta'lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya etish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta'minlashga keng jalb etilgan.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan investitsiya loyihalari yangi ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz aholisining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va sog'lig'ini muhofazalash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ekologik muhitni barqarorlashtirish, gender tenglikni ta'minlash yuzasidan muhim loyihalar hayotga tat­biq etilayotir. Bu ishlarning natijalari xalqaro reytinglarda alohida e'tirof etilayotgani quvonarlidir. Xususan, BMT tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarning 2020 yilgi natijalariga ko'ra, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) global reytingida O'zbekiston 71,02 foiz natija bilan 190 dan ortiq mamlakat orasida 66-o'rinni ­egalladi.
Ayni paytda bu yo'nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida 2030 yilgacha kambag'allikni qisqartirish kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Hammaning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligi ta'minlanishi ham bevosita inson huquqlari ustuvorligiga xizmat qilmoqda. SHu tufayli fuqarolarning siyosiy huquqlari, fikr, so'z va vijdon erkinligi kafolatlanmoqda. Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham qator amaliy ishlar qilindi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik yanada mustahkamlanmoqda.
O'zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlari ham takomillashib bormoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo'­yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birga Bola huquqlari bo'yicha vakil va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil kabi yangi lavozimlar joriy etildi.
Kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo'yicha ishlar tubdan qayta ko'rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo'yicha kontseptsiya qabul qilinib, oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari yaratildi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarining huquqiy asoslari mus­tahkamlandi. Xususan, davlat xotin-qizlar va erkak­larga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishda, sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya yo'nalishlarida, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanishini o'z kafolatiga oldi.
Inson huquqlarining eng muhim sharti bo'lgan shaxs­ning fuqaroligini tiklash bo'yicha ham salmoqli qadamlar qo'yildi. Ko'p yillar davomida yurtimizda yashab kelayotgan bo'lsa-da, fuqarolik ololmay yurgan, bu yuksak maqomni uzoq vaqt intiqib kutgan 50 mingdan ziyod kishiga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
O'zbekiston xalqaro maydonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida ham tashabbus ko'rsatmoqda. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida kurrai zaminimizdagi ikki milliarddan ortiq yigit va qizning haq-huquqlarini ta'minlash maqsadida YOshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish to'g'risidagi taklifi jahon hamjamiyati tomonidan yakdillik bilan qo'llab-quvvatlandi. BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida esa davlatimiz tashabbusi bilan Ma'rifat va diniy bag'rikenglik to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
SHu yil avgust oyida bo'lib o'tgan, eng nufuzli xalqaro, mintaqaviy va nodavlat notijorat tashkilotlarning 1000 nafardan ko'proq vakillari ishtirok etgan “YOshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” mavzusidagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand onlayn forumi yakunlari bo'yicha qabul qilingan rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etildi.
Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida esa barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlar rolini oshirish to'g'risida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.
Bu yo'nalishdagi keng ko'lamli ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilindi. Milliy strategiyada O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanishi belgilab qo'yildi.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan munosib e'tirof etilmoqda. Bu O'zbekiston tarixda birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga o'z guruhidagi davlatlar orasida eng ko'p ovoz bilan saylanishida yaqqol isbotini topdi. O'zbekistonning bu nufuzli organga saylanishi uning inson huquqlari sohasidagi barqaror sa'y-harakatlari e'tirofi, xalqaro miqyosda tan olinishidir.
BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili ­Helena Freyzerning ta'kidlashicha, “O'zbekistonning BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga saylanishi katta sharaf. Bu O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilishda boshqa mamlakatlarga andoza bo'lishini ang­latadi”.
Holbuki, bundan bir necha yillar avval O'zbekis­tonda inson huquqlari masalasida mavjud ko'p­lab muammolar jamiyat rivojiga jiddiy ta'sir etardi, bu holat turli xalqaro minbarlarda qattiq tanqid qilinardi.
BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi inson huquqlari sohasida eng obro'li xalqaro tashkilotdir. Uning tarkibiga 47 davlat saylanadi. Kengash dunyoda umuminsoniy huquqlar yuzasidan barcha masalalarni va vaziyatlarni muhokama qilish vakolatiga ega tuzilmadir.

Download 38,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish