Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan yakuniy nazorat ishi



Download 18,95 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi18,95 Kb.
#643786
  1   2
Bog'liq
mikro makro 1-oraliq


JUMANOV BEXRUZ ERKINJON O’G’LI
BILM– 50 GURUHI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT”
FANIDAN
YAKUNIY NAZORAT ISHI

9– VARIANT

  1. Daromad, resurslar va mahsulotlar doiraviy aylanish modeli

  2. Tashqi samara oqibatlariga davlatning ta’sir etish usullari

  3. Narx bo’yicha talab elastikligi va uni mikroiqtisodiyotda qo’llanilishi


JAVOBLAR
1
Bu mavzuda jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini asosini tashkil etuvchi iqtisodiy tizimlarni o`rganamiz. Ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlariga javob bermasa iqtisodiy tizimlar almashinuvi ro`y beradi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va doiraviy aylanishlar modellari mazmuni ochib beriladi.
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi. Makroiqtisodiy doiraviy aylanishlarning birinchi ancha mashhur tarixiy modeli «Kene jadvali» hisoblanadi. Unda F.Kene milliy iqtisodiyotning faoliyat qilishini uchta sinf (yer egalari, dehqonlar va hunarmandlar) o‘rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarayoni orqali ko‘rsatib beradi. Bunda milliy mahsulotni takror ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlari doiraviy aylanishi sifatida aks ettiriladi. XX asrning 60-yillarigacha makroiqtisodiy doiraviy aylanishlar modelini takomillashtirish va boyitishga bir qator iqtisodchilar salmoqli hissa qo‘shib, o‘z yondashuvlarini ishlab chiqdi. Jumladan U. Mitchell kon’yukturali sikllarni tadqiq qilgan bo‘lsa, R.Stoun va Dj. Mid S.Kuznets MHT asoslarini takomillashtirib, uni uy xo‘jaliklari, tijorat korxonalar, davlat va chet elliklardan iborat to‘rt sektorlarga ajratadi.
Ilmiy prognozlar va xalq xo‘jaligini boshqarish usullarini ishlab chiqish maqsadida N.D.Kondratev rahbarligida mashhur iqtisodchilar (A.L.Vaynshteyin, A.A.Konyus, M.V.Ignatev, E.E.Slutskiy) tomonidan sobiq Sovet Rossiyasi va etakchi kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini har tomonlama tadqiq qilish asosida olingan ilmiy natijalari o‘z vaqtida xalqaro darajada tan olindi.
O‘ziga xos makroiqtisodiy muammolar doirasini aniq ajratish, ularni tahlil qilish uslubiyati va usullariga asos solish hamda bozor xo‘jaligining faoliyat qilish tavsifi to‘g‘risidagi tasavvurda inqilob yaratish Dj.M.Keynsga tegishli bo‘ldi.
Neoklassik yo‘nalishdagi iqtisodchilar (A.Menger, U.Djevons, L.Valras, V.Poreto, A.Marshall) marjinal tahlil va iqtisodiy sub’ektlar xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish qoidalari yordamida bozor iqtisodiyotiga ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq va samarali foydalanganda tabiiy barqaror umumiy muvozanatlik xos bo‘lishini tasdiqladi.
Ayrim iqtisodchilar ta’kidlaganidek iqtisodiy taraqqiyotdagi institutsionalizm oqimlari (konvergensiya konsepsiyasi, postindustrial jamiyat, jahonshumul muammolar iqtisodi) marjinal va muvozanatli usullarni inkor qilib evolyusion-sotsiologik usullarga ustuvorlik beradi.
Hozirgi zamon g‘arb iqtisodiy adabiyotlarida doiraviy aylanishlar modeliga uy xo‘jaliklari va korxona (firma)lar o‘rtasida bozor vositalarida amalga oshiriladigan iqtisodiy bitimlar (resurslar, mahsulotlar va pul daromadlari oqimi) sifatida qaraladi . Bunda doiraviy aylanishlar modeli yopiq va ochiq iqtisodiyot uchun alohida tahlil qilinadi. Ularning yopiq iqtisodiyot uchun sodda va nisbat murakkab (davlat ishtirokidagi) turlari ajratiladi.

Dastlab makroiqtisodiy doiraviy aylanishlarning yopiq iqtisodiyot uchun nisbatan murakkab va birmuncha takomillashtirilgan modelini qarab chiqamiz. U tashqi iqtisodiy faoliyat va moliya – kredit tizimi orqali ro‘y beradigan pul mablag‘lari harakatini aks ettirmaydi. Biroq shu holida ham mazkur model takror ishlab chiqarishning klassiklar (K.Marks) tomonidan ilgari surilgan shartlari va tarmoqlararo balans modeli bilan bir qator umumiy jihatlarga ega. Doiraviy aylanishlarning grafik va jadval tasviridan mantiqan o‘zaro uzviy bog‘langan ikkita blokni ya’ni, ishlab chiqarish va iste’mol blokini hamda to‘rtta bo‘g‘inni ajratish mumkin. Bunda «A» bo‘g‘in resurs salohiyatini, «B» bo‘g‘in ishlab chiqarish imkoniyatini, «V» bo‘g‘in sotishga chiqarilgan tovarlar miqdorini va «G» bo‘g‘in iste’mol hajmini aks ettiradi. SHu asosda ulardan turli sub’ektlar tasarrufidagi resurslar, mahsulotlar hamda pul mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat (xususiy muvozanatlik)lar va umumiy makroiqtisodiy muvozanatlikning asosiy shartlarini keltirib chiqarish mumkin.


I. Bu bosqichda iqtisodiy resurslarning uy xo‘jaliklaridan resurslar bozori tomon harakati ro‘y beradi va natijada resurs egalarining omilli daromadlari (ish haqi, foiz, renta, me’yoridagi foyda) shakllanadi.
Uy xo‘jaliklarining resurslar salohiyati (kapital, er, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati) taklifi resurslar bozoridagi jami talabidan ortiqcha bo‘lishi kerak, ya’ni bu quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
a) iqtisodiyotning samarali va me’yorida amal qilishi resurslar bozorida «tabiiy darajada»gi bo‘sh iqtisodiy resurslar, shu jumladan, ishchi kuchi mavjud bo‘lishini taqozo qiladi;
b) ishlab chiqarishni kengaytirib borish talabi ham resurslarning bozor talabidan iqtisodiy resurslar taklifi nisbatan ortiqcha bo‘lishini zarur qilib qo‘yadi.
Doiraviy aylanishlarning mazkur bosqichida uy xo‘jaliklari tegishli resurs bozorlaridan o‘zlari taqdim qilgan iqtisodiy resurslar uchun omilli daromadlarni foiz, renta, ish haqi, me’yorlaridagi foydani o‘zlashtiradi. Bu daromadlar resurslar bozorida talab va taklif ta’sirida shakllanib, alohida olingan resurslar narxi sifatida chiqadi.
II. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi o‘z miqdori va tarkibi bo‘yicha resurslar bozoridagi ularning taklifi ga mos kelishi kerak. Doiraviy aylanishlar modelining bu bosqichida korxona (firma)lar talab bildirgan resurslari evaziga tegishli sarf-xarajat larni amalga oshiradi. Iqtisodiy resurslar aynan shu bosqichda ishlab chiqarish omillariga yoki unumli kapitalga aylanadi.
Daromad modeli dinamik bozor iqtisodiyoti pul, resurs va tovarlardan doimiy va tarkoriy foydalanishni taqozo etadi.


2
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:



  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari;

  • tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi:


1) ishlab chiqarish vositalari egalariga ‘ul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;


2) davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni bar’o etish;
3) davlat tomonidan xususiy kor’orastiyalarning akstiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.

Hozirda so’nggi uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda.


Davlat xilma-xil shakldagi ka’italga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy ka’italning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri tartibga solish ko’zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin:


a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – trans’ort, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma’lum doirada amal qilib, ko’’incha texnologiya sharoiti xususiy ka’ital uchun qulay bo’lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqt o’tishi bilan samarasiz bo’lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’ektiga aylantiriladi.
Res’ublikada «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funkstiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash»93 hisoblanadi;


b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyastion tadbirlari hisoblanib, inflyastiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyastion tadbirlar orqali inflyastiya darajasini ‘asayishi investistiyalarga rag’bat beradi;
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko’radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko’rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (mono’oliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar). Masalan, Ўzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari tўg’risida» gi 4455-sonli Farmoni orқali mamlakatda tadbirkorlik faoliyatni yanada kengroқ rivojlanishiga turtki berildi. Farmonning mazmun mohiyati қuyidagicha:
Ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati, biznesni yuritish shart-sharoitlari erkin bozor iқtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum қabul қilingan xalқaro mehyor va standartlarga hali tўliқ darajada mos kelmayotganligi, byurokratik tўsiқ va g’ovlarga barham berilmayotganligi Farmonda қayd etildi.

Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo’nalishda o’zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan ‘ul miqdorini o’zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo’llar bilan o’zgartiradi.



Download 18,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish