Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan yakuniy nazorat ishi



Download 18,95 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2022
Hajmi18,95 Kb.
#643786
1   2
Bog'liq
mikro makro 1-oraliq

Birinchidan, davlat markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag’larining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan ‘ul miqdori o’zgaradi, ya’ni uning taklifi oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investistiya faolligi orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.
Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga ‘ast foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi.
Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o’z obligastiyalarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan ‘ul miqdori o’zgarib, bu foizga ta’sir etadi. Davlatning ‘ulga bo’lgan talab va taklifini o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qo’lash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo’jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko’rsatishda xam keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to’lashda berilgan imtiyozlarga bog’liq bo’ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi.
Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo’ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy ka’italga hisoblanadigan jadallashgan amortizastiya ajratmalari alohida rol o’ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg’arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni rag’batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy stikli va bandlikka ta’sir ko’rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ka’ital qo’yilmalari muhim rol o’ynaydi. Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg’unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy ka’ital qo’yilmalar qisqaradi, davlat investistiyalari esa odatda o’sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o’sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
Davlat ka’ital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlarda ham sezilarli o’ringa ega bo’ladi, masalan, davlat xususiy ka’italining oqib kelishi etarli bo’lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob’ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Bulardan tashqari davlat ka’ital qo’yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga ka’ital chiqarishda ham katta rol o’ynaydi.
Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:



  • davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

  • ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;

  • investistiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish;

  • ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish;

  • qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kom’leks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o’rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo’lishi mumkin. O’rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig’iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyastiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo’ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo’nalishlari bo’lishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko’rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, ka’ital va fan-texnika yutuqlari eks’ortini rag’batlantirish tadbirlari, eks’ortni kreditlash, chet ellardan investistiyalar va eks’ort kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el ka’italini jalb qilish yoki cheklash bo’yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

3
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo‘lganda narx o‘zgarishiga javob berishini o‘lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o‘zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o‘zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o‘lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko‘radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko‘rib chiqamiz.
O‘rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O‘rin bosuvchi tovarlar ko‘proq elastik bo‘ladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o‘tish ancha oson. Masalan, saryog‘ va margarin oson o‘rin almasha oladi. Saryog‘ narxining kichik miqdorda o‘sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog‘ miqdorining kamayishiga sababchi bo‘ladi.
Teskari ravishda, tuxumning o‘rin bosuvchisi bo‘lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog‘nikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Qulay hayot kechirishga teskari muhimlik. Qulay hayot kechirishda elastik talab bo‘lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor ko‘rigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin bo‘lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorini kamaytirishga olib keladi.
Bunga sabab ko‘pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bog‘liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo‘ladi.
Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’siring o‘lchovi.
Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini o‘lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o‘zgarish foizi narxning o‘zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Tovar narxining pasayishi unga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx o‘zgarganda talab qanday o‘zgarishini ifodalaydi. Biror mahsulotga bo‘lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o‘zgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo‘lgan talab noelastik bo‘ladi, agar talab miqdori narxdagi o‘zgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi o‘sha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.
Yaqin o‘rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O‘rnini bosuvchisi bor bo‘lgan tovarlar ko‘proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o‘rniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog` va margarin bir-birini o‘rnini bemalol bosadi. Margarin narxi o‘zgarmaganda saryog` narxining biroz ko‘tarilishi saryog`ning sotilish miqdori tushushiga sabab bo‘ladi. Bunga zid holda, tuxumning o‘rnini bosadigan tovar bo‘lmagani uchun tuxumga bo‘lgan talab saryog`ga nisbatan kamroq elastik bo‘ladi.
Umumiy daromad va talabning narx elastikligi

Bozordagi talab va taklif o‘zgarishlarini o‘rganayotganda, biz o‘rganishni xohlaydigan bir o‘zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to‘lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) ko‘paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko‘rishimiz mumkin.


Talab egri chizig`i ostidagi to‘rtburchakning balandligi P, eni esa Q. To‘rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 2-chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$.
Talab egri chizig`i bo‘ylab narx yoki miqdor ko‘chsa, umumiy daromad qanday o‘zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog`liq. Agar talab noelastik bo‘lsa(3-chizma, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko‘tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab bo‘ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o‘sishga nisbatan kichikroq bo‘ladi.
Agar talab elastik bo‘lsa, biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning ko‘tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 3-chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan ko‘proq o‘zgargan.
Bu chizmadagi misollar ekstremal bo‘lishiga qaramasdan, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi:
• Talab noelastik bo‘lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo‘nalishda harakatlanadi.
• Talab elastik bo‘lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
• Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng bo‘lsa, narx o‘zgarganda umumiy daromad o‘zgarishsiz qoladi.


TOSHKENT - 2020
Download 18,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish