Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish operatsiyalari ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi


 Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari



Download 101,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.07.2021
Hajmi101,78 Kb.
#118590
1   2   3
Bog'liq
Ma'ruza matni

3. Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari 

Texnologik  jarayonning  asosiy  qismi  operatsiyadir.  Operatsiya 

deganda,  muayyan  mehnat  predmeti  ustida  bir  yoki  bir  necha  xodimlar 

(brigada)  tomonidan  bir  ish  joyida  jihozlarni  qayta  sozlamay  hamda 

ishlanadigan  buyumlar  joyini  o‘zgartirmasdan  amalga  oshiriladigan 

ishlab  chiqarish  jarayonining  bir  qismi  tushuniladi.  Demak,  operatsiya 

mehnat predmeti, ish joyi va ijrochi doimiy, o‘zgarmasligi, shuningdek, 

mahsulot,  xizmat  yoki  jarayon  bosqichining  tugallanganligi  bilan 

xarakterlidir. Masalan, tokar jihozini qayta rostlamay va ish joyini qayta 

o‘zgartirmay  qismlarga  ishlov  berish,  qismlarni  shtampovka  qilishi, 

ekskavator temir yo‘l vagonlariga, avtomashinalarga foydali qazilmalarni 

ortishi, marten pechlarida po‘lat eritish va h.k. 

Buni  misol  bilan  tushuntiramiz.  Tokarlik  jihozida  detallar  avval 

xomaki, keyin toza qilib ishlanadi, bu ikkala ish bitta jihozda, bitta ijrochi 

tomonidan  bajariladi.  Bu  ishlov  berish  bitta  operatsiyani  ifoda  qiladi. 

Agar xomaki ish bilan toza ish o‘rtasida metallga termik ishlov berilsa 

yoki  bu  ishlarni  turli  ishchilar  bajarsa,  bu  ish  uch  operatsiyadan  iborat 

bo‘ladi.  




Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil qilganligi 

uchun  mehnat  predmetidagi,  unga  ta’sir  ko‘rsatadigan  xodimning 

harakatlaridagi  va  u  xizmat  qiladigan  jihozlardagi  o‘zgarishlarni  birga 

qo‘shib  o‘rganish  kerak.  Demak,  mehnatni  tashkil  etish  va  normalash 

uchun operatsiyaning asosini tashkil qiluvchi bu o‘zgarishlarni bir-biridan 

ajratib,  alohida-alohida  o‘rganilganda,  mehnatni  tashkil  etish  va 

normalashda ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 

Operatsiya 

texnologik 

jarayonlarni 

rejalashtirishning, 

tuzib 


chiqishning  va  mehnatni  normalashning  asosini  tashkil  qiladi.  Chunki 

jihozlarning  butun  imkoniyatlaridan  to‘liq  foydalanish,  ularning 

to‘xtovsiz ishlashiga erishmoq va bu jihozlarda ishlashga qancha ishchi 

kerakligini bilish uchun operatsiyani bajarishga ketadigan vaqt miqdorini 

hisoblab chiqish kerak. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  quyidagi  operatsiyalar:  qo‘l  bilan, 

mexanizatsiyalashtirilgan,  avtomatlashtirilgan  operatsiyalar  bo‘lishi 

mumkin. 


Odatda,  xodim  bir  ish  kuni  (smena)  davomida  birkitilgan  ish 

usullarini  bajarish,  bir  ish  joyidan  ikkinchisiga  o‘tish  va  jihozlar 

(mashinalar) ishlashini faol kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni 

bajaradi. 

O‘z  navbatida,  jihozlar  ishlashini  kuzatish  ham  faol,  ham  passiv 

bo‘lishi mumkin. 

Faol  kuzatish  –  jihozlarni  ishlash  jarayonida  sodir  bo‘ladigan 

buzilishlarini yoki jihozlarning pasportida berilgan parametrlardan chetga 

chiqishni bartaraf qilish yoki uning oldini olish maqsadidagi kuzatishdir 

(masalan,  pilik  uzilganda  xom  ashyo  nobud  bo‘lishiga yo‘l  qo‘ymaslik 

uchun pilikchi mashinani kuzatishi).  

Passiv  kuzatish  esa,  bu  jihozlarga  xizmat  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  ishlar  bo‘lmasa  ham,  ish  joyini  tashlab  ketishi  mumkin 

bo‘lmagandagi  kuzatish  (masalan,  ko‘p  jihozlarga  xizmat  ko‘rsatuvchi 

xodim  ixtiyoridagi  hamma  jihozlar  ishlab  turib,  xizmat  ko‘rsatishga 

ehtiyoj bo‘lmaganda). 

Operatsiyalarning  mehnatga  nisbatan  yoki  mehnat  jihatidan  mayda 

elementlarga  bo‘linishi  bir  qancha  maqsadlarga  erishish  uchun  amalga 

oshiriladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardan iborat:  

birinchidan,  har  bir  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  ko‘rsatish  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  operatsiyada  mavjud  bo‘lgan  elemetlarning  haqiqiy 

miqdorini aniqlash uchun, odatda, bir xil operatsiyani, bir xil malakali bir 




nechta  xodim  ijro  etsa  ham,  ular  tomonidan  sodir  etilgan  elementlar 

miqdori bir xil emas, har xil bo‘ladi;  

ikkinchidan,  har  bir  operatsiyani  bajarishda  uchraydigan  ortiqcha 

elementlarni  aniqlab, ularni  yo‘qotish, hech  iloji bo‘lmasa, kamaytirish 

yo‘l va imkoniyatlarini topish uchun;  

uchinchidan,  operatsiyani  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  elementlar 

miqdorini aniqlash uchun;  

to‘rtinchidan,  ishlab  chiqarish  ilg‘orlari  tomonidan  operatsiyani 

bajarishda qo‘llanadigan usul va uslublarni topish, har tomonlama tahlil 

etish, o‘rganish va ularni hayotga tatbiq etish uchun;  

beshinchidan,  operatsiyani  bajarish  davomida  xodimning  ikkala  – 

o‘ng  va  chap  qo‘li,  balki  ikkala  oyog‘i  bilan  bajarish  imkoniyatlari 

bo‘lgan  usullar  majmui,  usullar,  harakatlar  va  qimirlashlar  kabi 

elementlarini topish, ularni bajarish tartiblari va yo‘llarini aniqlash hamda 

ishlab chiqarishga keng joriy etish;  

oltinchidan, zarur deb tanlangan elementlarni (yuqorida qayd etilgan 

usullar  majmui,  usullar,  harakatlar  va  qimirlashlarni)  mantiqiy  ketma-

ketlikda bajarilish tartibini, yo‘lini aniqlash va loyihalashtirish uchun

ettinchidan,  mantiqiy  ketma-ketlik  bajarilish  tartibi  va  yo‘li  bilan 

to‘g‘ri  deb  topilgan  elementlardan  iborat  bo‘lgan  operatsiyani  nisbatan 

ilg‘or  bo‘lgan  (o‘ta  ilg‘or  xodimlar  emas)  tomonidan  amaliyotda 

bajartirib  ko‘rish  uchun  va  loyihalashtirish  operatsiyaga  tegishli 

o‘zgartirishlar kiritish uchun;  

sakkizinchidan,  amaliyotda  sinab  ko‘rish  natijasida  operatsiyaning 

ayrim elementlar bir vaqtning o‘zida (birdaniga ayni zamonda, bir yo‘la) 

qimirlashlar ni bajarish tartiblarini izlab topish evaziga loyihalashtirilgan 

operatsiyaga, 

uning 


tarkibiga 

va 


bajarilish 

tartibiga 

tegishli 

o‘zgaritirishlar uchun;  

to‘qqizinchidan,  to‘g‘riligini  isbotlangan  birin-ketin  bajarilish 

tartibiga  yanada  saqlab  borish  natijasida  unga  haqiqiy  sarflanish  kerak 

bo‘lgan va har tomonlama asoslangan vaqt normasini hisoblash uchun.  

Operatsiyalarni mehnat jihatidan bunday uzviy elementlarga bo‘lish 

ishlab  chiqarish  jarayonini  tahlil  qilish  va  undagi  elementlar  tarkibini 

yaxshilash uchun keng imkon yaratadi, shu bilan birga, ishlab chiqarish 

ilg‘orlarining  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  ko‘rsatish  sohasidagi 

maqsadga muvofiq va bajarish uslublarini o‘rganish uchun xizmat qiladi. 

Ish  kuni  davomida  xodimning  mehnati  minglab  harakatlar  va  o‘n 

minglab  qimirlashlarni  o‘z  ichiga  olgan  harakatlardan  va  ularning 

majmuidan tashkil topadi.  



Operatsiyaning  har  bir  elementini  bajarishning  maqsadga  muvofiq 

yo‘llarini topish, o‘z navbatida, ish vaqti sarfini qisqartirishga, binobarin, 

mehnat samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. 

Shunday  qilib,  ishlab  chiqarish  jarayonining  bir  qismi  yoki  bo‘lagi 

bo‘lgan  har  bir  operatsiyani  bu  xilda  texnologik  va  mehnat  jihatidan 

tarkibiy qismlarga bo‘lib qarash xodimlar mehnatini tashkil etish sohasida 

olib boriladigan ishlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.  

 

 



Download 101,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish