Birlamchi tabiat moddalari ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda eng birinchi moddiy manba bo`lib xizmat qiladi. Biroq, ishlab chiqarish rivojlana borishi bilan kishilar tabiat moddalariga bir marta ishlov berish bilan kifoyalanmasdan, ularga qayta va qayta ishlov beradilar. Ishlab chiqarishning tabiat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlariga qo`shimcha ravishda kishilar mehnati bilan ham ishlab chiqarishning yanada mukammalroq moddiy shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Uni ta`riflash uchun hozirgi zamon nazariyachilari ishlab chiqarish vositalari tushunchasidan foydalanadilar (ko`p hollarda “kapital” atamasi ham qo`llaniladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |