Ix-xii asrlarda o'zbek davlatchiligi. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi



Download 22,5 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi22,5 Kb.
#57228
Bog'liq
5-topshiriq


IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi

.VIII asr oxiri va XI asr boshida arab xalifaligi og’ir siyosiy vaziyatni o’z boshidan kechirdi. Xalifalik hududida mahalliy xalqlarning hukmron ma’murlar zulmiga qarshi qo’zg’olonlar avj oldi, ayniqsa uning boshqaruv markazida ichki nizolar tinimsiz davom etmoqda edi. Bu vaziyat o’z navbatida joylarda, xususan O’rta Osiyoda ham mustaqil davlatlarning tashkil topishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda edi. Dastlabki bunday davlatlar arablar istilo qilib ulgurmagan O’rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida shakllandi. Ulardan birinchisi qarluqlar davlati bo’lsa, ikkinchisi O’g’uzlar davlati edi.

O’g’uzlar esa VII asrga qadar qarluqlar singari Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan. Ular tarixda to’quz o’g’uz nomi bilan tilga olinadi. Turk xoqonligi yemirilgach, o’g’uzlarning katta bir qismi g’o’z yoki o’g’uz nomi bilan Sirdaryo havzasi va Orol dengizi atroflarida o’rnashib, IX asr oxiri X asr boshida Turklarning yana bir birlashmasi sifatida – O’g’uzlar davlatiga asos soldilar.

Oloy daryosining g’arbida, Irtish daryosining o’rta oqimida istiqomat qilgan qarluqlar qadimdan turkiy elatlar bo’lib, VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibida bo’lganlar.X asrda qoraxoniylar davlati shakllanganidan keyin qarluqlar uning tarkibiga singishib ketgan.

X asr o’rtalarida Yettisuv va Qashqarda yashovchi Qarluq, chig’il va yag’mo qabilalari birlashib,Yag’mo urug’idan chiqqan, o’z qavmi bilan islomni qabul qilgan Sotuq Abdul – Karim Qoraxon (Bug’raxon) 942 yili Bolasog’un hokimini mag’lub etib, o’zini xoqon deb atadi. Demak, Qoraxon davlati Yettisuv hududida Qarluq davlati o’rnida tashkil topdi. Bu davlatning vujudga kelishida chigillar, tuxsilar, arg’ular, yag’molar, turgashlar, Qipchoqlar, yabaqular, qaylar, o’g’uzlar, qirg’izlar singari urug’-qabilalar muhim rol o’ynagan.

995-yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg‘ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvo￾niga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa afrig‘iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar hukmronligi boshlandi. Ko‘hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma’muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shahar va qishloq (qal’a)larga ajratilib boshqarildi.

VIII asrning boshlariga kelib mamlakatimizda Arab xali￾faligi o‘rnatildi. O‘lkamizga arab madaniyatining ta’siri ku￾chaydi. Xalifalik hukmronligidan keyingi asrlarda ilm-ma’ri￾fatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi. Yurtimizdan jahon ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al￾Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar yetishib chiqdi. O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxshariy, Ahmad YassaviyNajmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va Xoja Ahror Valiy singari mashhur ulamolarning Islom dini va ta’limotiga oid asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.Hattoki, arab xalifasi Ma’mun O’rta Osiyo olimlarini xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bog’dod akademiyasining ko’rki bo’lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixdan ma’lum. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Javhariy, Ibn Mansur Marvarudiy kabi olimlar shular jumlasidan. O’rta Osiyoning buyuk o’g’lonlari nomi dunyo madaniyati sahifasida oltin satrlar bilan yozib qoldirilgan. Sosial utopiya shu davrda shakllandi. Forobiy asarlaridagi yetuk, yuksak jamoa va komil inson haqidagi fikr–xayollar shu davr mahsulidir.

Abu Ali Ibn Sino (960-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’idagi turkiy oilada tavallud topgan. U tinimsiz ilmiy izlanish natijasida falsafa, mantiq, biologiya, geologiya, mineralogiya, fizika, matematika, tibbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalarida 450 dan ortiq asarlar yozgan. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyat va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa fanlarga tegishli bo’lgan.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048) tibbiyot, riyoziyot, astronomiya, astrologiya, geografiya, geodeziya, meterologiya, etnografiya, tarix, falsafa va filologiya kabi fanlarga oid 150 ga yaqin asarlar yozgan. Beruniyning «Hindiston», «Geodeziya», «Farmokologiya», «Minerologiya», «Mas’ud qonuni», «O’tmish avlodlar xotiralari» kabi asarlari muhim manba bo‘lib xizmat qildi.

IX asrda musulmon o’lkalarida hadisshunoslik, hadis to’plash, uni o’rganib tartibga solish muhim sohaga aylandi. Ularning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida 6 muhandis (hadis to’plovchi) mashhur bo’ldi. Shulardan 3 tasi Markaziy Osiyolikdir. Muhandislar ichida eng obro’lisi va mashhuri Imom Buxoriydir (810-870). Uning dinshunoslikka oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum: «Al Jome’ as-Sahih», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix-as-Sag’ir» va boshqalar.



XII asr o’rtalarigacha bo’lgan besh asrlik davr vatanimiz xalqlari ma’naviy–madaniy hayotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda madaniyat, uning deyarli barcha sohalari yuksak darajada rivoj topdi va O’rta Osiyoning dunyo madaniyati tarixiga qo’shgan hissasini belgilab berdi. Biz ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosni IX-XII asrlarda mamlakatimiz hududida yuz bergan chuqur ijobiy o’zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishini o’rganar ekanmiz, ularning yaratilishida o’zlarining buyuk hissalarini qo’shgan buyuk allomalar, olimu fuzalolarining jahon sivilizasiyasi rivojlanishiga qo’shgan ulushlarini alohida ta"kidlaymiz
Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish