Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonun 203-guruh Nosirov Nodirjon



Download 23,87 Kb.
Sana12.01.2021
Hajmi23,87 Kb.
#55384
Bog'liq
j.t va s qonun 2015


Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonun

203-guruh Nosirov Nodirjon

Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonun 2015 yil 4 –sentabrda qabul qilingan.Quyida ushbu qonunni har bir bandini tahlil qilishga harakat qilamiz:

1-bandda sport qonunchiligi ushbu qonun asnosida faoliyat ko’rsatishi ko’zda tutilgan.

2-band.Bu bandda har bir fuqaro(chet el fuqarosi ham) jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug’ullanishi va ularning hammasi teng huquqga ega ekanligi ta’kidlangan.

3-band.Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy va muhim prinsiplar(insonparvarlik,demokratizm jismoniy tarbiya uzluksizligi,boshqaruv yaxlitligi)keltitilgan.Bu prinsiplar ustuvorligi ta’minlanmasa natijaga erishish yoki aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish imkonsiz vazifaga aylanadi.

5-band.Bu bandda sport qo’mitasining amalga oshirishi kerak bo’lgan vazifalar keltirib o’tilgan.Bular quyidagilar:maqsadli dasturlar ishlab chiqish va amalga joriy etish;terma jamoa tarkibini tasdiqlash va ularga zarur sharoitlarni yaratish;aholini sog’lomlashtirish maqsadida har xil normativlar ishlab chiqish;malakali hodimlar tayyorlash va ularning zaxirasini shakllantirish;sportchi va kadrlar tayyorlash uchun ta’lim markazlarini yaratish;muammolar yechimiga qaratilga turli xil adabiyotlarni shakllantirish;sportda axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida axborot tizimini yaratish va hokazo.

6-band.Bu bandda sportni davlat organlari tomonidan boshqarish mexanizmlari va ularni qay tarzda amalga oshirish borasida qilinishi kerak bo’lgan ishlar yoritilgan.

7-band.Bu bandda jismoniy tarbiya va sport birlashmalari(olimpiya qo’mitasi,federatsiyalar,jamg’armalar)to’g’risida bayon qilingan.Ularni jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishi,sportchilar zahirasini shakllantirishi zarurligi va ularni sport sohasida nechog’li ahamiyat kasb etishi keltirib o’tilgan.

8-band.Bu bandda Olimpiya harakati va undagi O’zbekiston Olimpiya qo’mitasining o’rni va u amalga oshirishi zarur bo’lgan bir qator vazifalar berilgan.Olimpiya qo’mitasining sport rivoji yo’lidagi ahamiyati va o’rni juda beqiyos hisoblanadi agar faoliyat samarali yo’lga qo’yilsa bu yuksak natijalar keltirishi mumkin.

9-band.Bu bandda sog’lom turmush tarzini targ’ib etish borasida so’z boradi.Zero sog’lik inson uchun eng birlamchi hisoblanadi.Zo’ravonlik,kamsitishga aslo o’rin yo’qligi va bu to’liq nazoratga olinishi borasida fikrlar bildirilgan.

10-band.Bu bandda ta’lim muassasalarida yoshlarni jismoniy tarbiyalash,ularni ham ma’nan ham jismonan kamolikka eltish va darslarni qay tarzda tashkillashtirish borasida aniq mulohazalar bildirilgan.

11-band.Bu bandda jismoniy tarbiya va sportni davlat organlari bilan birgalikdagi amalga oshirishi kerak bo’lgan dasturlari ijrosini ta’minlash borasida fikr yuritilgan ya’ni korxona,tashkilotlardagi aholi qatlamini sportga qiziqtirish,ularning jismoniy holatini bir me’yorda ushlab turish zarurligi ta’kidlab o’tilgan.

12-band.Bu bandda sanatoriya,dam olish uylari va boshqa bir qator shunga o’xshash maskanlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish zarurligi ta’kidlangan ya’ni u yerda dam olayotgan aholining salomatligini yaxshilash va yanada mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya va sport inshootlaridan maksimal foydalanish va mashg’ulotlarini muntazam ravishda olib borish nazarda tutilgan.

13-band.Bu band nogironlarni sportga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va ular uchun zarur barcha jismoniy tarbiya va sport sharoitlarini yaratishni ko’zda tutadi.

14-band.Bu band sog’liqni saqlash organlarini sportdagi ishtirokiga bag’ishlanadi.Ular sport orqali insonlarni davolash;aholi jismoniy holatini muntazam kuzatib borish kabi vazifalarni bajaradi.Shu bilan birga ular sportchilarni tibbiy holati nazorati ustida ish olib boradi va eng muhimi sport tibbiyoti bo’yicha kadrlarni tayyorlashni o’z zimmasiga oladi.

15-band.Bu band jismoniy tarbiya va sport tadbirlari,musobaqalar davomida o’rnatilgan zarur xavfsizlik,texnik,sanitarik me’yorlarni saqlash tog’risidadir.Tomoshabinlar uchun barcha sharoitlar yaratiladi va musobaqalarda ularning shaxsiyati,sog’ligiga xavf solinishiga yo’l qo’yilmaydi.

16-band.Bu band ta’qiqlangan moddalar iste’moli va tarqatilishi to’g’risida.Dopin iste’moli va tarqatilishiga yo’l qo’yilmaydi agar shu hol kuzatilsa usha shaxs qonun va Antidoping tashkiloti qoidalari asosida javobgarlikka tortiladi va sportdan chetlatiladi.

17-band.Fuqarolar sport bilan xavaskor yoki professional ravishda shug’ullanishlariga monelik qilinmaydi va ularga barcha zaruriy sharoitlar yaratiladi.

18-band.Bu bandda jahon darajasidagi sportchilarni tayyorlash va bunga qaysi muassalar ma’sulligi ko’rsatib o’tilgan(O’ZDJTI,OZk,OMM va hokazo)va shu bilan birga jismoniy tarbiya va sportni asosiy moliyalashtiruvchisi davlat ekanligi(haligacha,sportni xususiy sektorlar vakolati doirasiga o’tkazish sport rivoji uchun katta qadam) va qator manbalarni sportni moliyalashtirishga safarbar etilishi ko’zda tutilgan.Bularga tadbirkorlar mablag’i,xizmat ko’rsatish orqali tushgan mablag’lar,xorijiy investitsiya mablag’larini kiritish mumkin.

19-band.Bu bandda jismoniy tarbiya va sport inshootlarini davlat tasarufidan xususiy sektorga bosqichma-bosqich

yo’naltirish chora tadbirlari to’g’risida so’z boradi.Davlat boshqaruv organlari sport inshootlari ustidan qonunga muvofiq tarzda nazoratni amalga oshiradi

20-band.Jismoniy tarbiya va sportda pedagogik faoliyatni olib borishga tegishli ma’lumotli shaxslargagina ruxsat beriladi.

21-band.Bu bandda Pullik xizmatlarni amalga oshirish faqat maxsus tayyorgarlikdan o’tgan jismoniy shaxslar uchun etib belgilanganligi aytib o’tilgan

22-band.6 yoshgacha bolalar, invalidlar,urush ishtirokchilari(1941-45) jismoniy tarbiya va sport xizmatlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.Bu imtiyozlar yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan mehrni oshishiga,yoshlarni sportga,sog’lom turmush tarziga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshishiga xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

23-band.Sportchilar sport jamoat birlashmalari tomonidan muhofazaga olingan bo’lib,ular ijtimoiy-maishiy sharoitlardan foydalanishlari va hattoki moliyaviy ko’mak olishlari ham mumkin.



Qisqacha tahlil

Ushbu qonunda Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qator amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar ko’zda tutilgan.Unda oddiy fuqarolardan tortib sportchilargacha taaluqli bo’lgan huquq va majburiyatlar keltirilgan.Jismoniy tarbiya va sportni qay tarzda tashkil etish,aholi salomatligini mustahkamlash,yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish,ularni yod g’oyalardan asrash,jismonan baquvvat ma’nan yetuk sportchi va kadrlarni tayyorlash borasidagi vazifa va ko’rsatmalar kelajakda mening ham ish faoliyatim davomida as qotadi deb umid qilaman va albatta yurtimizda sport rivoji yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo’lishga harakat qilaman,zero “Hech bir soha mamlakatni sportchalik tezda dunyoga tanita olmaydi” I.A.Karimov
Download 23,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish