Konstitutsiya- farovon hayot poydevori



Download 95,5 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi95,5 Kb.
#698045

"Konstitutsiya- farovon hayot poydevori"
Reja;
I Kirish; Konstitutsiya-baxtimiz qomusi
II.Asosiy qism
1.Qonun ustuvorligi -taraqqiyot asosi
2.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi
III Xulosa.Konstitutsiyamizning hayotbaxsh va insonparvarligi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, islohotlarning ilk davri , albatta Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan boshlandi.Haqiqiy demokratik ,fuqarolik jamiyatida adolatli eng muhimi insonlarning ijtimoiy iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qiladigan insonparvar qonunlar hukmron boʻlmogʻi lozim.Yurtimiz mustaqillikka erishgach inson erki va ozodligi oʻz qoʻlida boʻldi deyishimiz mumkin.Bundan tashqari inson huquqlari boʻyicha Ombudsman, inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, amaldagi qonun hujjatlari monitoring institutlarining tashkil etilganligi, milliy qonunchiligimiz va tajribamizni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam boʻldi.
Faxr va gʻurur bilan aytish mumkinki, yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar bevosita qonun ustuvorligi tamoyiliga asoslangan . Jamiyatida tenglik va adolatga yoʻl ochildi deyishimiz mumkin.Qonun xalq hokimiyatini amalga oshirish ,va jamiyatni boshqarish , davlat va fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita hisoblanadi.Shunaday ekan huquqiy davlatning quroli ham ,qalqoni ham uning qonuni hisoblanadi.Yoshlarning huquqiy onggini oʻstirish , ularning huquqiy madaniyatini shakllantirish orqali bunday yuksak maqsadga erishish mumkin.Zero Prezidentimiz ta'kidlaganidek "Barkamol avlod Oʻzbekiston yuksak taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas , balki bilimdon ma'naviy jihatdan farzandlari bilan ham jahonni qoyil qoldirishi lozim". Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish sari dadil harakatlarni qonun chiqaruvchi organ ( parlament) faoliyatini takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan ishlar misolida koʻrish mumkin.
Bosh qomusimiz boʻlmish Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi haqida soʻz yuritishdan oldin " Konstitutsiyasi nima? " degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.Konsitutsiya ( lotincha "Constitution - tuzilish ,tuzuk ) davlatning asosiy qonuni hisoblanadi.U davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi , saylov tizimi , fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari ,davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini belgilab beradi.
"Konstitutsiya" atamasi Qadimgi Rimdayoq ma'lum boʻlgan ( imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun ).Amir Temur " Temur tuzuklari" Sharq va Osiyo mamlakatlari silvizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan.U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga ham kuchli taʼsir oʻtkazgan.
Asosiy qomusimiz yaratilishning murakkab va muhim, ayni chogʻda sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz , hech shubhasiz Oʻzbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yoʻldagi izlanishlari natijasi ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Avvalambor konstitutsiyaviy " bino" ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan.Bugungi Oʻzbekiston qadimgi Xorazm va Soʻgʻdiyona, Qoraxoniylar , Xorazmshohlar va Amir Temur va Temuriylar , oʻzbek xonliklari ma'rifatparvar ajdodlarimiz , xalqimizning tarixiy anʼanalari va uning mustaqil davlat haqidagi koʻp asrli orzusini mujassam etgan hisoblanadi. Qolaversa maanfatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda , asosiy qomusimizni yaratishda ,sharq va gʻarb ,janub va shimolning 97 ta mamlakatlari toʻplagan ilgʻor konstitutsiyaviy tajribasi inobatga olgan holda yaratildi.
Shu oʻrinda Suveren Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash , muhokama etish , qabul qilish va uning amal qilishi yoʻlidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab oʻtish lozim.Zotan Konstitutsiyasini yaratish tarixi - bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Konstitutsiyasini yaratish yoʻlidagi birinchi huquqiy qadam - oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishidir.Bu haqda gap borganda avvalambor ,1989- yilning 21- oktabr kuni qizgʻin bahs va tortishuvlardan soʻng , siyosiy- ma'naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilganligi - milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri boʻlgan ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.
"Oʻz ona tilini bilmagan odam oʻzining shajarasini oʻzining ildizini bilmaydi,kelajagi yoʻq odam ,kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi" deb juda toʻgʻri aytishadi ."Har qaysi millat , katta yo kichikligidan qatʼiy nazar ,oʻz ona tilini hurmat qiladi"
Birinchi Prezidentimizning "Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida " ," Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch " asarlarida mustaqillik arafasida oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizgʻin ,ba'zida keskin va murosasiz bahslar boʻlib oʻtgani alohida eslab oʻtilganligi bejiz emas.Oʻshanday qaltis va murakkab vaziyatda ,Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek :" ogʻir - vazminlik bilan ish tutib , har tomonlama oʻylab ,mulohaza qilib , barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan , eng muhimi xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona toʻgʻri yoʻlni topishga erishdik"
Shunday qilib dastavval , " Davlat tili toʻgʻrisida"gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4- moddasida quyidagicha muhrlab qoʻyiladi:
"Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi".
Konstitutsiyasini yaratish yoʻlidagi ikkinchi huquqiy qadam- Prezidentlik institutining ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash boʻyicha komissiya tuzilishi bilan bogʻliq.Yurtimiz hayotidagi bu muhim va hayajonli voqealar 1990-yilning mart oyida boʻlib oʻtganini eslash joiz.Oʻshanda ya'ni Mustaqilligimiz e'lon qilinishidan oldin ,12- chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib bu borada maxsus komissiya tuzildi Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor ana shu sessiyasida ilgari suriladi.Konsitutsiya yaratish yoʻlidagi uchinchi qadam " Mustaqillik deklaratsiyasi"ning e'lon qilinishi boʻldi.Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990- yil 20- iyunida e'lon qilingan "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning 8- bandida Oʻzbekiston " oʻzining taraqqiyot yoʻlini ,oʻz nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb , bayroq , madhiya )oʻzi ta'sis etadi" degan qoida bilan mustahkamlangan.Deklaratsiyaning 12- bandida ushbu hujjat respublikaning " yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos " boʻlishi qayd qilindi.Oʻshanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi boʻlib Oʻzbekistonda qabul qilingan edi.Konsitutsiya yaratish yoʻlidagi toʻrtinchi huquqiy qadam- Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi.
Oliy Kengash qarori bilan 1990- yil 21- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari , deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a'zoni oʻzida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlab chiqildi.Birinchi Prezidentimiz bevosita komissiyaga rahbarlik qildi.Konsitutsiya yaratish yoʻlidagi beshinchi huquqiy qadam - Birinchi Prezidentimizning Hindistonga qilgan 1991- yilgi tashrifi bilan chambarchas bogʻliq.Aytish kerakki , Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991- yilning 17-19- avgust kunlari " Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi Oʻzbekiston Prezidentining xorijga qilgan birinchi mustaqil tashrifi edi.
Konstitutsiyani yaratish yoʻlidagi oltinchi huquqiy qadam- Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi boʻldi.Mamlakatimiz rahbarining 1991-yil 31- avgustda ,oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida soʻzlagan nutqi ,ayniqsa oʻsha nutqidagi : " Men shu bugundan e'tiboran 1- sentyabrni respublikamizda Mustaqillik kuni , umumxalq bayrami deb eʼlon qilishni taklif etaman " degan otashin soʻzlari Vatanimiz tarixidan oltin harflar bilan manguga muhrlandi.Birinchi Prezidentimiz oradan 17 yil oʻtgandan soʻng oʻzining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"asarida ana shu hayajonli voqeaga :" 1991-yil 31- avgust sanasida alfabet kiritilgan milliy mustaqillik - XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma'naviy jasorat namunasi desak , ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz" deya yuksak baho berdi.Xuddi oʻsha Oliy Kengash Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida bayonot qabul qildi.Bayonotda ta'kidlandiki " Bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak- shubhasiz ustun deb eʼtirof etiladi".
Shu kuni " Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.Undan boʻlajak Konstitutsiyaning pzak qoidalarini oʻzida aks ettirgan bir qator muhim moddalar joy oldi . Jumladan , mazkur Qonunga muvofiq :
Oʻzbekiston Respublikasi toʻla davlat hokimiyatiga, oʻzining milliy- davlat va maʼmuriy hududiy tuzilishini , hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi"( 3- modda )
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat idoralarning tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi , ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish
tartibi asosida quriladi"( 5- modda).
Bu Konstitutsiyaviy qonun Asosiy Qonunimiz qabul qilinguniga qadar , ya'ni 1992- yil 8- dekabrgacha biz uchun kichik Konstitutsiya vazifasini bajarib turdi.
Konstitutsiya yaratish yoʻlidagi yettinchi huquqiy qadam-1991-yil 29- dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendumning oʻtkazilishiga talluqli deyish mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Respublika davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendum 1991-yil 29- dekabrda boʻlib oʻtdi.Xalq davlat mustaqilligi qoʻllab ovoz berdi va Prezidentni sayladi.1992- yil 4- yanvar kuni Oliy Kengashning ana shu saylov va referendum yakunlariga bagʻishlangan toʻqqizinchi sessiyasi ochildi.Soʻngra Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.Ushbu sessiyasida shuningdek Oʻzbekistonning amalda boʻlgan Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish toʻgʻrisida qonun loyihasi qabul qilindi.Konstutsiyani yaratish yoʻlidagi sakkizinchi huquqiy qadam- birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishi edi.Konstitsiyaviy komissiya bajarilgan ishni. ma'qulladi va 1992- yil 8- sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilishga qaror qildi.Ushbu yigʻilishda loyihani oxiriga yetkazish va tahlil qilish uchun ishchi guruh tuzildi.Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992- yil 26- sentyabr kuni tayyor boʻldi va oʻsha kunning oʻzida matbuotda chop etildi.Loyiha e'lon qilingach , uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi.Bu ochiq-oshkora muhokamalar 1992- yilning sentyabr oyi oxiridan dekabr oyi boshlarigacha fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy koʻtarinkligi ruhda boʻlib oʻtdi, hamda Oʻzbekistonda demokratiya rivojining samarali va amaliy maktabi boʻldi.
Muhokamada mamlakatimiz katta yoshdagi aholisining deyarli hammasi ishtirok etdi.Matbuotda, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarda qizgʻin bahs-munozalar boʻlib oʻtdi.Koʻplab uchrashuvlar tashkil etildi, Konstitutsiya loyihasiga doir masalalar boʻyicha suhbatlar va anjumanlar tashkil qilindi.Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr- mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi . Respublika matbuotining oʻzida Konstitutsiya loyihasiga bagʻishlangan yuzdan ortiq materiallar e'lon qilindi.Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan oshib ketdi.Konstitutsiya yaratish yoʻlidagi toʻqqizinchi huquqiy qadam- Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marotaba matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishi boʻldi.Konstitutsiya loyihasi oʻtkazilgan muhokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida ancha tuzatildi va qayta ishlab chiqildi.Soʻngra 1992- yil 21- noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marotaba gazetalarda chop etildi.Shunday qilib , huquqiy pretsedent - ikki bosqichli umumxalq muhokamasi yuz berdi.Ushbu holat , bir tomondan muhokama ishtirokchilarini faollashtirish uchun qudratli ragʻbat vazifasini bajargan boʻlsa , ikkinchi tomondan Asosiy Qonunimizning xalqchilligini ta'minlaydi.Konstitutsiya loyihasining oʻzi keng jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazildi.
Konstitutsiya yaratish yoʻlidagi oʻninchi huquqiy qadam- Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishi boʻldi.
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992- yil 6- dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama qilindi .Bunda jahon konstitutsiyaviy tajribasining bir qator ilgʻor jihatlari hisobga olindi.Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik kengashi ,kabi nufuzli tashkilotlar va AQSH , Buyuk Britaniya Germaniya va Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarning ekspertizasidan oʻtkazildi.Ayniqsa Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi Oʻzbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda juda boy material toʻplash imkonini berdi.Ushbu materiallar chuqur va har tomonlama oʻrganilib chiqildi, umumlashtirildi va xalqning umumiy irodasi shaklida oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning oʻn birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.Birinchi Prezidentimiz sessiyasida Konstitutsiyani " Xalqchil qomus" deb atab ,uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlaganligi , ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan oʻtganligi va shu vaqt mobaynida xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganini , sayqal topganini ta'kidladi.Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin oʻzgarish va qoʻshimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi.Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib , unda yana bir qator oʻzgarishlar kiritilgach, 1992- yil 8- dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi .Shu kundan eʼtiboran 8- dekabr - umumxalq bayrami sifatida nishonlanashi belgilandi.
Shunday qilib Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan boshlab dunyo sahnida yangi suveren davlat qaror topgan boʻlsa , birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tugʻildi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qoʻyildi.Mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek , Konstitutsiyamiz - Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz Oʻzbekiston kelajagini , yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni , ma'no va mohiyatini , siyosiy- huquqiy , ijtimoiy , iqtisodiy , gumanitar va maʼnaviy taraqqiyotning yurtimiz qiyofasini uning xalqaro hamjamiyatdagi oʻrni va nufuzini tubdan oʻzgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq- ravshan belgilab oldik.Konstitutsiya qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalarida munosabatlarni , milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdi.Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga muvofiq 8 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks , 600 dan ziyod qonun qabul qilindi.Shuningdek 200 dan ortiq
koʻp tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi va shu tariqa Asosiy Qonunimizni amalga oshirishning yaxlit huquqiy mexanizmi yaratildi .Uning samaradorligini vaqt oʻzi koʻrsatib turibdi va bu bugun jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilmoqda.
Bosh qomusimiz hozirgi zamon konstitutsiyalardagi umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro huquqlarning eng muhim me'yorlari mujassamlashgan .Unda ayniqsa insonni uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatlar sifatida eʼtirof etilganligi e'tiborga loyiqdir.Bizning oʻzbekona milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizdan kelib chiqqan holda Konstitutsiyaning alohida XIV bobi oila masalasiga bagʻishlangandir.Bosh qomusimizning "Oila "bobi 64- moddasida quyidagicha soʻzlar yozilgan: " Ota- onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar".Mamlakatimizda dunyoga kelgan har bir farzand ,toki oʻsib-ulgʻayguncha , albatta ota-ona bagʻrida oʻsib kamolga yetishi lozim.Konstitutsiyamizning hayotbaxsh va insonparvarligi shundaki ,ne- ne orzu- niyatlar bilan farzand tarbiyalayotgan insonlarning yashashi , ishlashini kafolatlash bilan birgalikda , ularning zimmasidagi eng asosiy vazifa- farzandlarning haq-huquqlari davlat muhofazasida ekanligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki "Konstitutsiya - davlatni davlat,, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan "Qomusnoma " boʻlganligini ,u xalqimizning irodasini ruhiyatini , ijtimoiy onggi va madaniyatini aks ettirishi , uning " xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli ekani haqidagi hikmatli xulosalar toʻgʻri va asosga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi adolat, insonparvarlik gʻoyalari ufurib turgan Bosh qomusimizdir.U Vatan taraqqiyoti xalq farovonligi yoʻlida ishlab chiqilayotgan qonunlar , farmon va qarorlarning asosiy negizi hisoblanadi.Shu bois Konstitutsiya baxtimiz qomusi , deya ta'riflanadi.Uni puxta oʻrganish orqali oʻz huquq va burchlarimizni anglab yetamiz.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar , keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yoʻlida erishayotgan barcha yutuqlarimiz hamda xalqimiz turmush farovonligi ortib borayotganligi zamirida Bosh qomusimizda belgilab berilgan haq- huquqlarning oʻrni beqiyos.Buyuk sarkarda - Sohibqiron Amir Temur asos solgan muazzam davlat adolat tamoyillariga asoslanganligi bilan yetti iqlimga dongʻi ketgan boʻlsa ,oradan olti asr oʻtib haq va gʻoyalar bilan sugʻorilgan Konstitutsiyamiz yangi davlatimizning mustahkam poydevoriga aylandi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yiliga bagʻishlangan tantanali marosimdagi " Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi " nomli maʼruzasida " Biz Adolat - qonun ustuvorligida " degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat , huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni davom ettiramiz.Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida eʼtibor qaratiladi.Buning uchun avvalo , mahalla imkoniyatlardan keng foydalanish , profilaktika inspektorlarining ishi samarasi va ma' sulyatini oshirish ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini koʻrishimiz darkor" deya taʼkidlagan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 M.Abdusalomov, O.Husanov va boshqalar " Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi qonunda sharhlar " "Oʻzbekiston" 2007
2. Islom Karimov " Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"
3 . " Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish " maxsus kurs qoʻllanmasi " "Sharq" 2002
4 W.W.W Ziyo.net sayti.
Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish