Laboratoriya ishi №3 mavzu: Dvigatelning silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmiga xizmat ko`rsatish ishlari texnologiyasi



Download 321,72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.06.2021
Hajmi321,72 Kb.
#102795
Bog'liq
Laboratoriya ishi-3 ATES



Laboratoriya ishi № 3 

MAVZU: Dvigatelning silindr-porshen guruhi va gaz 

taqsimlash 

mexanizmiga xizmat ko`rsatish ishlari texnologiyasi. 

I. Ishdаn mаqsаd: 

Dvigatel silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmini tartibli 

ketma-ketlikga asoslanib, texnik talablarga rioya qilib to‘g‘ri qismlarga 

ajratish va yig‘ish, hamda xizmat ko`rsatish ishlarini o‘rganish. 



II. Ishning mаzmuni: 

Lаbоrаtоriya ishi kаfedrаning lаbоrаtоriya bаzаsidа yoki ilg`оr АTK 

lаrning biridа o`tkаzilаdi. Bundа tаlаbаlаr avtomobil mexanizmlarini 

nаzоrаtdiagnostika 

qilish, tizimning nоsоzliklаrini аniqlаsh vа ulаrni bаrtаrаf qilish 

ishlаri bilаn tаnishаdilаr. 



III. Jihоzlаr vа аsbоblаr: 

1. Kalitlar to`plami, moslama va jihozlar; 

2. Chilаngаrning аsbоblаr mаjmuаsining elektron variayti; 

3. Dinamometrik kalit, shchup, porshrn xalqasini yechish moslamasi, 

silindr blokidan gilzani sug`urib oluvchi yechgich va silindr blokiga gilzani 

presslash moslamasi; 

4. Internetdan olingan video lavhalar to`plami; 

IV. Ishni bаjаrish tаrtibi: 

1. Dvigatel silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmida 

ishdan chiqish va nosozliklarni o`rganish; 

2. Dvigatel silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmiga 

TXK ishlarini o`rganish; 

V. Umumiy mа’lumоt: 

Dvigatelni ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy va tezkor 

yeyilishi hamda to`satdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yo`qotishi 

natijasida silindr-porshen guruhi, KSHM va GTM yordamchi birikma va 

agregatlarda turli nosozliklar paydo bo`ladi. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, 

yengil avtomobillarning ekspluatatsiyada bu nosozliklarning 20% ga yaqini 

dvigatel va uning tizimlariga to`gri keladi. 

Asosiy ishdan chiqish va nosozliklar quyidagilardan iborat: 

KSHMda ichqo`ymalarning yeyilishi va yopishib qolishi, silindr, 

porshen, porshen barmoqlarining yeyilishi, porshen xalqalarining yemirilishi, 

porshen yubkasining deformatsiyalanishi, yubka va silindr yuzasining 

o`yilishi; blok yoki silindrning darz ketishi va yorilishi; muvozanatlash vali 

podshipnigining yeyilishi, qadalib qolishi va sochilib ketishi; porshen 

barmog`ining chegaralovchi halqasi tushib qolishi. 

KSHM nosozliklarining alomatlariga dvigatel silindrlaridagi 

kompressiyaning yo`qolishi va uning shovqin bilan ishlashi, karterga ko`p 




miqdorda gaz o`tib ketishi va moy quyish bo`g`zidan quyuq tutun chiqishi 

misol bo`la oladi. 

Gaz taqsimlash mexanizmining asosiy nosozliklariga itargich va uning 

vtulkalarini, klapan tarelkalari va o`rindiqlarini, shesterniyalarini, gaz 

taqsimlash vali tayanch bo`yinlarini va kulachoklarini yeyilishi, klapan va 

koromisla orasidagi tirqishning buzilishi, klapan o`rindiqining yorilishi, 

gidroitargichlarning siqilib qolishi, gaz taqsimlash vali yuritmasi zanjiri 

(tasmasi) va yulduzchasi (shkivi)ning yeyilishi, gaz taqsimlash 

shesterniyasining sinishi va klapanlarning kuyishi, darz ketishi, yorilishi va 

o`yilishi misol bo`ladi. 

Silindr kallagi bolt va gaykalarini tortish dinamometrik kalit yordamida 

bajariladi, tortish moment esa ekspluatatsiya bo`yicha yo`riqnomada 

ko`rsatiladi. 

 

3.1-rasm. Boltlar rasmda ko`rsatilgan ketma-ketlikda bo`shatiladi. 




 

3.2-rasm. Metall asbest qistirma yangisiga almashtirilsin. Boltlar rasmda 

ko‘rsatilgan ketma-ketlikda 6,5 ÷ 7,0 kg.m burovchi moment bilan tortib 

mahkamlansin. 



Xulosa. 

Biz bu labaratoriya ishida dvigatelning silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash 

mexanizmidagi uchrashi mumkin bo`lgan nosozliklar bilan tanishib chiqqan holda 

ularni bartaraf qilishni ko`rib chiqdik. Bunda, biz dvigatelning silindr-porshen 

guruhi va gaz taqsimlash mexanizmiga texnik xizmat ko`rsatishni o`rgandik. Bu 

jarayon yetarlicha murakkab bo`lib, bunda hattoki boltlarni qaysi ketma-ketlikda 

bo`shatob-qotirish ham muhim ahamiyatga ega ekan. 

Bu labaratoriya mashg`ulotida olgan bilimlarimiz kelajakdagi ish faoliyatimizda 

juda qo`l kelishi turgan gap. Zero avtomobil dvigateli uning eng muhim qismi 

bo`lib, undagi arzimasdek tuyulgan nosozlik ham jiddiy ko`ngilsizliklar keltirib 

chiqarishi mumkin. 

Internet ma`lumotlari. 

Quyida dvigatelning qismlarga ajratilgan holati: 




 

 

 



Download 321,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish