Madrimov b. X


TEMURIYLAR DAVRI MUSIQA MADANIYATI



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#269550
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Ўзбек мусика тарихи.Мадримов

TEMURIYLAR DAVRI MUSIQA MADANIYATI
Amir Temur davrida madaniyat va san’atning yuksalishi
Tayanch so'zlar: damtt va zarbli cholg'u,  k o ‘s,  tabira,  al-tabra, 
bir tomonli nog “ora,  chindoul, doul-paz, katta nog'ora,
Chingizxon  boshliq  mo‘g ‘il  istilochilarining  bosqini  natijasida 
butun Movaraunnahr parokandalikka uchradi. Bu davrda ilm-fan va 
san’at  ahllarining  ko'pchiligi  nobud  bo'ldi.  Tirik  qolganlari  tinch 
bo‘Igan o‘lkalarga ko'chib ketishdi. San’at inqirozga yuz tutdi.
Amir  Temur  zamoniga  kelib  uning  harbiy  yurishlari  natijasida 
turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonanda-yu 
sozandalar shahar madaniyatining o'sishiga katta hissa qo'shdilar va 
sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o‘z hunarlarini o'rgatdilar.
Bu  davrdagi  nc^‘oraxona  va  u  yerdagi  bosh  nog'orachining 
vazifasi  kun  chiqishi,  tushlik  va  kun  botish  paytida  kuylar  cha- 
lish, keyinchalik kun davomida har soatiga mo'ljallab ijod qilingan 
maqom,  sho‘ba  va  ovozalami  ijro  qilish,  ayniqsa,  ro ‘zayi  rama­
zón oylarida ro'zadorlarni  saharlikka uyg'otadigan kuylar chalish 
iog‘oraxonalarda amalga oshirilgan.
Amir Temur tomonidan otda chopish, kurash, nayzabozlik, qilich- 
iozlik,  chavandozlik  va  boshqa  harbiy  o'yin  musobaqalari  hamda 
:o‘pkarilaming har tomonlama taqdirlanishi harbiy musiqa, ayniqsa, 
chiq havoda ijro qilinadigan damli  va zarbli cholg'uiaming ahami- 
atini oshirdi. Mahoratli sozandalaming yetishib chiqishiga keng yo‘l 
;hib berdi.  Mehtarlik guruhlari  yanada rivojlanib,  ulaming dastur- 
rida  “Askariy”,  “Mehtariy”,  “Iig'oriy”,  “Sarbozcha”,  “Duchava”, 
Jashqarcha”, “Sharqiya”, “Usmoniya” va boshqa kuylar ijro qilingan. 
Bunday katta tantanalar Hirotda, Samarqand va boshqa yirik sha- 
rlarda  “tomoshagoh”,  “sayilgoh”  kabi  maydonlarda  o’tkazilgan. 
mosha yoki  sayil  boshlanishidan oldin mehtarlar guruhi ijrosida 
lomon yig‘ar”, “Shodiyona”, “Bahri tobil” va shularga o ‘xshash 
>lini yig‘inga chorlovchi kuylar chalingan.
26


0
‘zbek  harbiy  zodagonlarining  yuksak  ma’rifatli  vakili  boigan 
Amir Temur musiqa san’atining muhim estetik ahamiyatini ma’naviy 
omil sifatida harbiy musiqa turlarini qo‘shinlaming jangovarlik ruhi- 
yatini oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivoji- 
ga katta e ’tibor bergan. U tarixda birinchi boiib, askarlami jangovar 
bayroqlar va musiqa cholg'u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy 
udumga kiritadi: “Amr qildimki, -  deb yozadi “Tuzuklar”ida,- qay- 
si  bir amir biron mamlakatni fath etsa yo g‘anim lashkarini yengsa, 
uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar — faxrli xitob, tug‘  va nog'ora 
berib, uni bahodir deb atasinlar”2.
Shunisi e ’tiborliki, Amir Temur lashkarida musiqa cholg'ulari 
faqatgina m a’naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko‘proq hol- 
larda  asosan  harbiy  matonat,  shijoat  nishoni, jangchilaming  ta- 
baqa va martabalarini ko'rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglat- 
gan.  Bu  borada  “Tuzuklar”da  shunday  deyiladi:  “Amr  qildimki, 
o‘n  ikki  katta  amirlaming  har biriga bitta bayroq  va bir nog'ora 
berilsin.  Amir  ul  umaroga  bayroq  va  nog'ora,  tuman  tug‘i  va 
chortug' taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug' va karnay ber- 
sinlar.  Yuzboshi  va  o'nboshiga  bittadan  katta  nog'ora  bersinlar. 
Aymoqlaming amirlariga b o ‘Isa bittadan burg'u taqdim  etsinlar. 
T o'rt  beglarbegining  har  biriga  bittadan  bayroq,  nog'ora,  chor­
tug' va burg'u bersinlar”3.
Amir Temuming  musiqa  san’atini  yuqori  darajada baholashi, 
cholg'ulardan  harbiy  nishon, jasorat  ramzi  sifatida  foydalanishi 
jahon muhoraba san’ati tarixida m islsiz voqeadir.
Amir  Temur  armiyasining  harbiy  orkestri  -   damli  va  zarb- 
li  cholg'ulam ing  xilma-xil  turlaridan  tashkil  topgan.  Ularning 
ko'pchiligi  Turk  hoqonligi,  somoniylar,  qoraxoniylar  va  xo- 
razmshohlar davrlarida mashhur bo'lgan.  Bunda azaldan Marka- 
ziy  Osiyoda  yaxshi  tanish  bo'lgan  nog'ora  turlari  ko's,  tabira, 
al-tabra,  bir  tomonli  nog'ora,  chindoul,  doul-paz,  katta  nog'ora 
kabilardan  foydalanilgan.  O 'rta  asr  miniaturalaridagi  tasvirlar-
2 Temur tuzuklari. -T ., «SHARQ» NMAK bosh tahririyati, 2005-y.
3 Temur tuzuklari. -T ., «SHARQ» NMAK bosh tahririyati, 2005-y.
27


ga  qaraganda,  qo‘sh  nog'oralar  sipohiy  sozandalar  tomonidan 
otning  ustida,  egam ing  ikki  tarafiga  joylanib  chalingan.  Katta 
ko‘s  nog‘ora  esa  aksariyat  m iniaturalarda  tuyaning  o‘rkachiga 
o ‘m atilgan  holda  tasvirlangan.  Dovul  cholg‘usi  o‘sha  paytda 
duhul nomi bilan mashhur b o ig a n .
Bir qal’ani zabt etish manzarasini tasvirlay turib, Ali Yazdiy yo- 
zadi:  “Unda  (ya’ni  qal’ada)  300  erkak  duhul va  surnaylami  cha- 
lish bilan tamoman m ashg'ul edi”.  Bu davrda, shuningdek, musul- 
mon Sharqida azaldan mashhur b o ig a n  tabla va misdan yasalgan 
jaras (lappak-tarelka) urma cholg‘ularidan keng foydalanilgan.
Qadimgi  davrdan  hozirgi  kungacha  mashhur  b o ig a n   sumay- 
lar  qatorida  temuriylar  mehtarligida  yangi  turkiy  an’analar  bilan 
b o g iiq  “Chabchig4”  va “Shon” cholg‘ulari ham keng qoilaniladi. 
Hoja  Abdulqodir  M arogiyning  m aium otlariga  qaraganda,  chab- 
chig‘  ko‘p  qamishli  “nfcisiqor”  (Ovro‘padagi  Pan  fleytasiga 
o ‘xshash)  asbobining bir turi b o iib , mohir sozandalar ularga yor- 
damchi parda teshikchalami qo‘shishgan.
Damli va zarbli cholg‘ulaming harbiy yurishlardagi ahamiyati- 
ni barcha sarkarda va lashkarboshilar yaxshi bilganlar. Dushmanni 
faqat lovu lashkar, nayza, qilich, yoy bilan emas, balki uning yura- 
giga  q u lo g i  orqali  tovush-sas  bilan  dahshat  va  g ‘ulg‘ula  solish 
y o ii bilan urushda g‘olib chiqishda kam ay va nog‘oralaming o ‘z 
o‘rni borligini tan olganlar.
Ammo  inson  hayotida  harbiy  yurishlardan  ko‘ra  to‘y,  bayram 
va sayillar ko‘proq b oigan, “Navro‘z”, “Mehrjon”, “Mina”, “Qizil 
gui”  kabi  bayram  va  sayillaridagi  ommaviy  teatrlashgan  raqs 
o'yinlarida ochiq havoda chalinadigan damli cholg‘ular  ularga jo ‘r 
boiganligini, bunday marosimlarda xalqni yig‘ish, ularga hush kay- 
fiyat  bag‘ishlash,  ruhini  ko‘tarish  kabi  ezgu  amallami  bajarishda 
q o i kelganligini e’tirof etish mumkin.
28



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish